F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


B./ B. /B texnologiyasini qo‘llash qoidalari


Download 1.35 Mb.
bet153/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

B./ B. /B texnologiyasini qo‘llash qoidalari


Mavzuga oid savollar


Bilaman

Bilib
Oldim

Bilishni


xohlayman


1.

Xalq xo‘jaligini rejalashti- rish tamoyillari







2.

Maktabgacha ta’lim muassasa- sini rejalashtirish tamoyil- lari







3.

Byudjet qisobining mohiyati







4.



Jamg‘armalar turlari








REJALASHTIRISHNING ASOSIY
BOSQICH VA TURLARI

Rejalashtirishda istiqbolli va joriy turlar farqlanadi.


Istitsbolli reja bu — Xalq ta’limi vazirligi, vi- loyat boshqarmalari, tuman va shahar moliya-iqtisod bo‘limlari tomonidan uzoq muddatga (5-10 yilga) mo‘ljallab tuziladigan rejalar tushuniladi.

Joriy rejalashtirish — har yili amalga oshiriladigan moliyaviy-xo‘jalik ishlari rejasidir. Ta’lim tizimi yuqori boshqaruv organlari qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar beradi, muassasa o‘z faoliyatida qonunchilikka qanchalik rioya qilayotgani, ijtimoiy mulkni qay darajada tasarruf etayotgani ishlab chiqarish va moliyaviy xo‘jalik faoliyatini nazorat etadi, zarur hollarda boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb qilib, bir yilda bir marta kompleks tekshiruvni amalga oshiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining xarajat smetalari ularning ijtimoiy-tarbiyaviy va moliyaviy xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larning qanday maqsadlarga sarflanishi va choraklar bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Ana shu smetaga asoslanib, byud- jetda maktabgacha ta’lim muassasasining moliyaviy ehtiyojlari uchun mablag‘ ko‘zda tutiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda muassasa hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari vazirliklar, idoralar, xalq deputatlari mahalliy kengashlari qaroriga binoan, respublika, viloyat, shahar va tumanlar xalq xo‘jaligi rejasida belgilab berilgan bolalar kontingenti doirasida tuziladi.
Ta’kidlash joizki, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni moliyalashtirish tizimi uzluksiz takomillashtirib boriladi, jumladan, uning ko‘p variantlik (byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etilib, ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish borasida sa’y-harakatlari rag‘batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to‘lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta’lim kreditlari berish mexanizmini shakllantirishga, uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda donorlik va homiylar mavqeini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. SHuningdek, ta’lim sohasida pullik xizmatlar ko‘rsatish, tadbirkorlik, maslahatlar berish, ekspertiza ishlari, noshirlik, ish- lab chiqarish hamda muassasa nizomida belgilab qo‘yilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat yo‘nalishlari rivojlantirilib, shu asosda ta’lim muassasalari da- romadlarini ko‘paytirish ta’minlanadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling