Maktabgacha ta’lim muassasasini shakllantirish.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar 3 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha tuman (shahar)lar hokimliklarining qarorlari bilan tashkil etilgan xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan tegishli tibbiyot xulosasi hisobga olingan holda qabul qilinida. Qabul komissiyasining faoliyat ko‘rsatish tartibi belgilangantartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Muassislar mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish komissiyasining qaroriga binoan xalq ta’limi bo‘limlarining yo‘l lanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa organlar bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni xalq ta’limi bo‘limlarining yo‘lllanmalari bo‘yicha lozimnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi muassis tomonidan belgilanadi: Quyidagi bolalar:
- I va II guruh nogironlari;
- ko‘p bolali oilalarning bolalari;
- xarbiy xizatchilarning bolalari;
- tinglovchilar va pedagoglarning bolalari Maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar.
Qabul komissiyasi shuningdek, ota-onalari maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda yordam bergan bolalarni istesno tariqasida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha ta’lim muassasasi rejadagi quvvati umumiy sonining 20 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasasida guruhlar soni muassasaning quvvatidan va guruhlarning rejali to‘ldirilishidan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.
Umumiy yo‘nalishi:
Ixtisoslashtirilashtirilgan yo‘nalishi:
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog‘lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |