F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi


Download 1.35 Mb.
bet162/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
  • maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim-tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta’minlash;


  • korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;


  • bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiya muhitini yaratish;


-bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish




Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari ularning ixtisoslashuviga (yo‘nalishiga) ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
I tur: Nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
II tur: Eshitishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
III tur: Ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
IV tur: Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
V tur: Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi;
VI tur: Tayanch-harakatlanish a’zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi.
12. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining muayyan turi bo‘yicha bolalar soni guruh tashkil etish uchun etarli bo‘lmagan hollarda quyidagi turlarni birlashtirish orqali ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi mumkin:
I va II turlar, I va IV turlar, I va VI turlar;
II va III turlar;
IV va V turlar, IV va VI turlar;
V va VI turlar.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etishda ularning har bir turi bo‘yicha alohida guruhlarda korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish majburiy shart hisoblanadi.
13. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
24 soatli;
12 soatli;
10, 5 soatli.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.






Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling