F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
Tayanch tushunchalar:
Komplektlash – maktabgacha ta’lim muassasasini bolalar bilan to‘ldirish, muassasalar. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalar – aqliy va jismoniy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladi. Muassasa filiali – muassasa bo‘linmasi. Etika me’yorlari – axloq-odob me’yorlari. Ufq tomon – quyosh toqisi. Kun tartibi – kun tartibi. Nazorat uchun savollar: Maktabgacha ta’lim muassasalari qanday maqsadlarda tashkil etiladi? Binolarni loyihalashtirishda nimalarga ahamiyat beriladi? Davlat instruktiv hujjatlarga qaysi hujjatlar kiradi? Ota-onalar qo‘mitasining asosiy vazifalari nimadan iborat? Maktabgacha ta’lim va ta’lim dasturi mazmunini yoritib bering. Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi nizomning maqsad va vazifalarini izohlab bering? Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: 1. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim turlarini aniqlang. a) Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus ta’lim, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash b) Maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich, kasb-hunar, litsey, oliy ta’lim, malaka oshirish v) Maktab, muassasa, kollej, oliy ta’lim g) Maktabgacha ta’lim, maktab kollej, oliy ta’lim 2. Ta’lim jarayonining qatnashchilari va ularning huquq va burchlari qaysi qonun hujjatda belgilangan? a) Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunda b) Maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi Nizomda v) Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasida) g) Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida 3. Maktabgacha ta’limning turlari va yo‘nalishlarini aniqlang. a) Maktabgacha ta’lim muassasasi, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim massasalari maktab, nodavlat bolalar majmuasi, umumiy yo‘nalishdagimaktabgacha ta’lim muassasalari b) Maktab-muassasa majmuasi, sanatoriya maktabgacha ta’lim muassasalari, logopedik maktabgacha ta’lim muassasalari v) Aralash turdagi bolalr muassasalari, xodadon maktabgacha ta’lim muassasalari g) Til o‘rgatish, ruhiy va jismoniy rivojlanishdan kamchiligi bor bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari 4. Qisqa muddatli guruhlarning turlari qaysi bandda to‘g‘ri yoritilgan? a) “Aralash guruhlar”, “Kelajak o‘quvchi”, “Muammoli bola” b) “Kelajak o‘quvchi”, “Integrallashgan guruh”, “Muammoli bola” v) “Integrallashgan bola”, “Jadallashtirilgan guruh”, “Aralash guruh” g) “Namunaviy guruh”, “Aralash guruh”, “Integrallashgan guruh”, 5. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini muassislari kimlar hisoblanadi? a) Yuridik va jismoniy shaxslar; b) Korkabinet va fermerchilik, davlat xo‘jaliklari; v) Mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik tashkilotlari; g) Akkreditatsiya qilish vakolatli organlar; Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling