F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mudira faoliyatining mazmuni: a) mudiraning ma’muriy xo‘jalik ishlari.
Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi:
- Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik; - Jamiyat baxt-saodati yo‘lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko‘paytirish haqida g‘amxo‘rlik qilish; - Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat’iy rioya qilish; - Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shavqatsiz bo‘lish; - Huquqiy, moddiy va ma’naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish; - Ko‘p fikirlikka ochiq ko‘ngillik bo‘lish va uni hurmat qilish. Har qanday holatda ham qaysi bo‘g‘inda rahbar bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zining asosiy unutmasligi kerak.majburiyati, ya’ni qo‘l ostidagilarni mazkur talablar negizida ish olib borishni Mudira faoliyatining mazmuni: a) mudiraning ma’muriy xo‘jalik ishlari. Mudira maktabgacha ta’lim muassasalarning butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo‘yicha harajatlarni to‘g‘ri taqsimlash, muassasasini boy oziq-ovqat moddalari bilan ta’minlash, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, reja bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarni bolalar bilan to‘ldirish, ta’lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi sog‘lomlashtirish ishlari, taomnoma sifatini vitaminga boy bo‘lgan moddalar bilan ta’minlashi (kamida haftada 2marta), xamir ovqatlari (bulochka, pechene), pedagogik va hizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularni malakasini oshirish ishlari bo‘yicha bosh rahbardir. Mudira bolalar hayotini saqlash, muxofaza qilishi uchun maktabgacha ta’lim muassasasida to‘g‘ri kun tartibi jarayonlari, lozim-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigienik qoidalarning bajarilishiga, yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tqazadi. Qishga boy oziq-ovqat va mahsulotlarini g‘amlaydi. Vitaminga boy bo‘lgan mevali o‘simliklarni o‘stiradi. maktabgacha ta’lim muassasalar xodimlari o‘z vaqtida oylik maosh bilan ta’minlanadi. Ishchilarning mehnat intizomiga qatiy rioya qilishlarini nazorat qiladi. Ish yuritishni qattiq nazorat qiladi. Bo‘sh guruhlarni xodimlar bilan o‘z vaqtida ta’minlaydi. Faol xodimlarni rag‘batlantiradi. maktabgacha ta’lim muassasalarda o‘tqaziladigan joriy, kapital ta’mirlashga bosh rahbardir. Moliyaviy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha javobgar shaxs, oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha javobgar shaxs, kir yuvuvchi, bog‘bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, xaydovchi bilan yakkama-yakka suhbat o‘tqazadi. Ularning ishlari ustidan qattiy nazorat tashkil etadi. Mudira muassasani kerakli texnikaviy va xo‘jalik materiallari bilan muntazam ravishda ta’minlab turish, binoni jihozlash bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlash, binoni o‘z vaqtida ta’mirlash va o‘quv-ko‘rgazmali qurollari bilan to‘ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dastur - metodik hujjatlarda tavsiya etilgan. Ularning fiziologik, akliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan taminlash, bolalar maydonchasini to‘g‘ri rejali jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar bilan ishlash tajribasiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy yordam ishlarini nazorati va bolalarni tizimili tibbiy yordam ko‘rigidan o‘tqazish ishlari kiradi. Moliyaviy-xo‘jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy, ma’naviy-ruxiy muhit yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling