F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ) mudiraning xalq ta’limi bo‘limlari, ota-onalar, jamoat oldidagi hisobdorligi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri:
- Maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; - maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi; - ishonchnomalar beradi; - bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi; - maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, rag‘batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko‘radi va ular bilan tuzilgan mehnat lozimnomalarini to‘xtatadi; - o‘z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi; - maktabgacha ta’lim muassasasining ishini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun xalq ta’limini boshqarish yuqori organiga kiritadi; - bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o‘quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo‘jalik faoliyati axvoli, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘z-o‘zini boshqaruv asosida bolalarni tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir bo‘lgan turg‘un mehnat jamoasini shakllantiradi; kadrlarni o‘zini muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va hizmat ko‘rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruxida tarbiyalaydi, o‘z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy talim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazam o‘stirib borishga g‘amxo‘rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan xolda va maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o‘z vaqtida joydan-joyga ko‘chirib turilishini ta’minlaydi. By maqsadlar uchun ma’muriyat ruxiy-pedagogik o‘quvchining huquqiy va iqtisodiy o‘quv bilan organik uyg‘unlanishini ta’minlaydi; xodimlar malakasini bevosita maktabgacha ta’lim muassasasida oshirish uchun lozim-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa aralash fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi. Ma’muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tqazish uchun optimal lozim-sharoitlarni ta’minlaydi, ularga o‘z vaqtida zarur metodik yordam ko‘rsatadi. e) mudiraning xalq ta’limi bo‘limlari, ota-onalar, jamoat oldidagi hisobdorligi. Maktabgacha ta’lim muassasasining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi pedagog xodimlari va ma’muriyatini, ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuviga chek qo‘yuvchi zarur choralar ko‘radi. Shuningdek jamoaga nisbatan ma’muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo‘yadi, shu masalalar bo‘yicha tegishli organlarga murojaat qiladi. Mudira ishonch qog‘ozisiz maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korkabinetlari, muassasalar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; lozimnomalar tuzadi, ishonch qog‘ozlarini beradi, banklarda va boshqa hisoblarini ochadi; maktabgacha ta’lim muassasasi uchun zarur bo‘lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korkabinetlardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul o‘tqazish yo‘li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega. Mudira maktabgacha ta’lim muassasasi huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko‘rsatma beradi. Bu buyruq va ko‘rsatmalar maktabgacha ta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-uslubchi, katta tibbiy yordam xamshirasi, xo‘jalik mudirining o‘z huquqlari doirasida bergan ko‘rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir. Maktabgacha ta’lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Ma’muriy guruh (mudir, tarbiyachi-uslubchi, xo‘jilik mudiri, katta tibbiy yordam xamshirasi), pedagogika, tibbiy yordam, hizmat ko‘rsatish tarmoqlari xodimlari. Maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig‘ilishidir. Maktabgacha ta’lim muassasasining umumiy yig‘ilishi: maktabgacha ta’lim muassasasining Ustavini ko‘rib chiqadi va qabul qiladi; maktabgacha ta’lim muassasasi kengashini tuzish zarurini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi; yillik va istiqbol rejalarni muhokama qiladi, tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma’muriyat hisobotini eshitadi, pedagogik va hizmat ko‘rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilaydi; Jamoa lozimnomasini muhokama qiladi va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga taqdim etadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling