b) tashkiliy pedagogik ishlarga rahbarligi.
Mudiraning tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarligi.
Tashkiliy-pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi:
1) Bayram ertaklarini o‘tqazish va rahbarlik qilish.
2) Ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va tahlil qilish (masalan, ochiq mashg‘uloti sayrlarni kuzatish).
3) Xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi vabolalarni ko‘rik-tanlovlarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, san’at va sport bayramlarini o‘tqazish.
v) ta’lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik.
Mudiraning ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagilar:
a) har bir guruhdagi ta’lim-tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va tahlil qilish, tarbiyachining ish hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish, guruhning ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o‘tqazilgan ishlarning hisobotidir.
b) guruhning jihozlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib boradi.
Mudira ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar ko‘mitaning raisi olib boradi yoki yordam beradi. Mudira xaftada 2 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba’zi bir muammo, kamchiliklar bilan birga bolalar tarbiyasiga oid muammolar xal etiladi.
Mudira tomonidan ta’lim-tarbiya ishlarini kuzatish, nazorat qilish usul va uslublari.
“Bolajon” Dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasining quyidagi vazifalari belgilandi:
a) mehnat faoliyati zaminlarini tarbiyalash;
b) mehnat malakalarini shakllantirish
v) bolalar mehnat faoliyati mazmunini asta-sekin kengaytira borib, ularni takomillashtirish;
g) shaxsning muxim sifatlari: mehnatga intilish odatini, ma’suliyat, g‘amxo‘rlik, tejamkorlik, mehnatsevarlik, mehnatda qatnashishga tayyorgarlik, qat’iylikni zarurat tug‘ulganda mehnatga qo‘shila bilshni tarbiyalash;
d) topshiriqni bajarishning boshlanishi va pirovard natija o‘rtasida bog‘liqni aniqlashni o‘rgatish, mehnatning ahamiyatni tushuntirish, mexnat natijalariga tejamkorlik bilan yondoshishni tarbiyalash;
ye) topshiriqlarga ma’suliyatli munosabat, ishni oxirigacha yetkazish ko‘nikmasi ishtiyoqi, uni sifatli bajarishga intilish asoslarini shakllantirish;
j) mexnat madaniyatini tarkib toptirish; o‘zining ishini va umumishni rejalashtirish va uyushtirishning elementar malakalarini, uning izchilligini taqsimlash, ish uchun kerakli hamma narsani hozirlash, jihozlardan to‘g‘ri foydalanish, mehnat jarayoni tugagach, hamma narsani joy-joyida olib borib, qiyin malakalarni tayyorlash.
z) o‘z harakatlarini o‘rtoqlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirish, yordam zarurligini ko‘ra bilish, yordamni o‘z tashabbusi bilan ko‘rsatishni o‘rgatish.
Bolalarning mexnat faoliyatlari turli yosh guruhlarda tegishli shakllar yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |