Referat mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchisining metodik ishlarga rahbarligi
Download 94.92 Kb.
|
METODISTNING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “BOSHQARUV VA MENEJMENT” fanidan |
|
Bajardi: 402-guruh talabasi M.Y.Shovqiyeva |
|
Tekshirdi: M.T.Hamdamova |
Toshkent-2023 yil
Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchisining metodik
ishlarga rahbarligi
REJA:
1. Uslubchining metodik ishlarga rahbarligi
2. Maktabgacha ta’lim muassasalari uslubchi lavozimining malaka tavsiflari
3. Uslubchining liderlik va boshqaruv jihatlari
1. Uslubchining metodik ishlarga rahbarligi
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko'rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo'llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi. Pedagogik kengash Maktabgacha ta’lim vazirligi, maktabgacha ta'lim bo'yicha buyruq, yo'l-yo'riq, nizom va boshqa me'yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta'lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo'yicha «Ilk qadam» dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg'or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi. Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning kengligini, dolzarbligini ta'minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo'ladi
Pedagogik kengash tarkibiga: uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim muassasasiga xizmat ko'rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, otaonalar qo'mitasining raisi hamda vasiylik kengash raislari kiradi. Pedagogik kengash yig'ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar o'qituvchilari, maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo'yicha ishlaydilar. Maktabgacha ta'lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan Pedagogik kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta'limda davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta'limtarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Pedagogik kengash maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko'rsatadigan organ hisoblanadi. Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: - ta'lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojiantirish, "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari”ning bajarilishini ta'minlash; - ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qilish; - pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish; - pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish; - pedagogik jamoaning ma’lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish; - ilg'or pedagoglarning ish tajribalarini o'rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko'rsatish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash;
- "Ustoz-shogird" an'analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; - tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy hislarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish; - ta’lim oluvchilarni ma'naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruhda, o'z vatani, xalqini ardoqlovchi shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.
Download 94.92 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling