F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish


Download 1.35 Mb.
bet168/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti

Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.



Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi

Maktabgacha ta’lim muassasasi binolarini loyihalashtirish.
Maktabgacha ta’lim muassasasi maxsus loyiha bo‘yicha qurilgan yoki moslashgan sanitariya-gigiena me’yorlariga, yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-havo sharoitini, ekologik vaziyatini, tarkib topgan milliy an’analarni hisobga oladigan binoda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining sig‘imi, odatda 320 o‘rinli bo‘lishi kerak. Umumiy yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 140-160 o‘rinni, maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 90-120 o‘rinli muvofiq deb hisoblash zarur.
Maktabgacha ta’lim muassasasi amaldagi me’yortivlarga muvofiq yumshoq va qattiq sport jihozlari, tibbiy yordam apparati, ta’limning texnik vositalari, o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar hamda o‘yinchoqlar bilan ta’minlanadi maktabgacha ta’lim muassasasini jihozlash ro‘yxatiga milliy anjomlar ham kiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ish tartibi ijroiya
ko‘mita xalq ta’limi boshqarmasi yoki qaramog‘ida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan korkabinet, muassasa, tashkilot tavsiyasiga muvofiq xalq ta’limi kengashi, maktabgacha ta’lim muassasasi kengashi bilan kelishilgan xolda xalq deputatlari maxalliy Kengashlari qarori bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari yoki uning ayrim guruhlari haftasiga 5, 6 va 7 kun kunduzgi va bolalar sutka mobaynida bo‘ladigan, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan, shuningdek, xodimlarga sirg‘aluvchi grafik bo‘yicha dam olish kuni beriladigan kun tartibida ishlashlari mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida kuni uzaytirilgan kun, shuningdek, shanba, yakshanba va bayram kunlari kun tartibiida ertalab va kechki vaqtda ishlovchi navbatchi guruhlar ochilishi mumkin.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyat kun tartibii zarur to‘g‘rilash-tarbiyaviy ishlar olib borishni hisobga olgan xolda belgilanadi.
O‘zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’lim muassasalarini hal etish maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlarini tashkil etilgan ham aloqadordir. Ular tilga ko‘ra (o‘zbek, qozoq, rus, tatar, koreys va shu kabilar) farqlanishi va bu muassasalarda ta’lim-tarbiyaning milliy an’analarga asoslanib ko‘rilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasalari bolaning muassasada bo‘lishiga qarab bir necha soatni, bir necha kunni;
Tarbiya vazifalariga ko‘ra esa ijodiy, yordamchi, umumiy, ijtimoiy moslashtirilgan bo‘ladi.
Mablag‘ bilan ta’minlanishiga qarab: davlat, idora, xususiy va hokazo.
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim muassasalari qishloqlari muassasasida 40-100, shahar muassasasida 140-170 o‘rindan oshmasligi ko‘zda tutiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota-onalarning ehtiejini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u ertalabki 6.30 dan barvaqt bo‘lmasligi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ota-onalar arizasi bo‘yicha xalq deputatlari kengashi qarori bilan, shu jumladan, lozimnoma va xo‘jalik hisobi asosida ish 6 soatdan kam davom etilgan qisqa muddatli guruhlar; ota-onalar bolalarini 1-2 soatga qoldiradigan guruhlar; sayr guruhlari; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish guruhlari; musiqa-estetik va badiiy tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun xo‘jalik hisobi asosida ishlaydigan guruhlar ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktabgacha ta’lim muassasasiga muntazam qatnaydigan bolalarning manfaatlari kamsitilmasligi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim tili O‘zbekiston respublikasining davlat tili haqidagi qonunga muvofiq belgilanadi.
Ota-onalar o‘z bolalarini maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarini ilgaridan ogohlantirilgan xolda o‘zlari uchun qulay paytda olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Shu bilan birga, ota-onalar maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar hayotining fiziologik asoslangan kun tartibiga rioya qilishlari va o‘quv-tarbiya jarayonini buzmasliklari lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni ovqatlantirish uning ish kuni dovomiyligini hisobga olgan holda va belgalangan pul hamda tabiiy me’yorlarga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar 6 va undan kam soat mobaynida bo‘ladigan guruhlarda ovqatlanishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Bu guruhlarda ovqatlantirish uchun pul me’yorlari xalq deputatlari kengashlari va qaramog‘ida ushbu maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan korkabinet, muassasa, tashkilot, xo‘jalik hisobi asosida tashkil qilingan guruhlarda ota-onalar tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi:

  • o‘z Ustavida nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilmaganligi;


  • ta’lim dasturining to‘liq hajmda bajarilmaganligi, amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlarining sifati;


  • ta’lim jarayonini tashkil etishning qo‘llanilayotgan shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, qobiliyatiga, layoqatiga, qiziqishlariga va ehtiyojlariga nomuvofiqligi;


  • muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim jarayoni vaqtida hayoti va sog‘lig‘i uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.






Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling