Buxgalteriya hisobi fanidan majburiyatlar hisobi


Download 22.13 Kb.
bet1/4
Sana08.02.2023
Hajmi22.13 Kb.
#1178030
  1   2   3   4
Bog'liq
BUXGALTERIYA M44



DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BO SHQARUV FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO`NALISHI
8-BH-20-GURUH TALABASI SULTONOV BAKIRNING
BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN
MAJBURIYATLAR HISOBI
MAVZUSIDA
MUSTAQIL ISHI
REJA:
1.MAJBURIYAT TUSHUNCHASI VA UNI BAHOLASH
2.TO’LOVLAR BO’YICHA XODIMLAR BILAN HISOB-KITOBNI HISOBGA OLISH
3.KREDITORLIK QARZLARINI HISOBGA OLISH
4.DEBITORLIK QARZLARINI HISOBGA OLISH

Majburiyat (huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabati. Unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish (mol-mulkni topshirish, ishni bajarish va h. k.)ga yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa qarzdordan oʻzining Majburiyatini bajarishni talab qilish huquqiga ega. Majburiyatning kelib chiqish asoslari, javobgarlik shartlari va shakllariga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: shartnomaga asoslangan Majburiyat, shartnomaga asoslanmagan (delikt) Majburiyat. Shartnomaga asoslangan Majburiyatning turlari, predmeti, yaʼni qaysi maqsadga erishishga qaratilgan boʻlishi, taraflari va ularning huquq-burchlari, Majburiyatni bajarmaslikning oqibatlari va boshqa jihatlari OʻzR Fuqarolik kodeksida bayon qilingan (29— 56-boblar.). Shartnomaga asoslanmagan, yaʼni zarar yetkazishdan kelib chiqadigan Majburiyatga kodeksning 57—58-boblari bagʻishlanadi. Ularda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan Majburiyatga xos umumiy qoidalar; fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash Majburiyati; tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash Majburiyati koʻrsatib berilgan. Shartnomaga asoslangan Majburiyat taraflarning erkiga asosan va kelishuvi bilan vujudga keladi, bunday Majburiyatning taraflari va uning predmeti, qanday maqsadga qaratilishi oldindan maʼlum va aniq belgilangan boʻladi, Majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikni belgilashda taraflarning aybi hisobga olinadi. 

Download 22.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling