Buxgalteriya hisobi fanidan majburiyatlar hisobi
Buxgalteriya hisobi standartlari bilan aloqadorlik
Download 22.13 Kb.
|
BUXGALTERIYA M44
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiyatlarni baholash tartibi
- Qayta hisoblangan qiymat usuli
Buxgalteriya hisobi standartlari bilan aloqadorlik
Biznes qiymatini aniqlashda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosiy axborot manbai hisoblanadi va baholash taomillari, yondashuvlari va usullarini tanlashga, shuningdek yakuniy qiymat haqidagi xulosaga jiddiy ta’sir ko‘rsatishga qodir. Buxgalteriya hisobi milliy standartlari va mulkni baholash milliy standartlari ko‘zlaydigan maqsadlardagi tushunchalar apparatida, qiymatni aniqlash va aktivlar hisobini yuritishning turli xil usullarida ifodalanadigan farqlar buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ulardan kelgusida biznes qiymatini aniqlashda foydalanish uchun tuzatishlar kiritish zaruriyatini belgilaydi. Baholovchi buxgalteriya hisobi atamalaridan foydalanganda, ularning mazmunini baholash to‘g‘risidagi hisobotda yoritib berishi lozim. Majburiyatlarni baholash tartibi Majburiyatlar moliyaviy hisobotda baholashning turli usullarida aks ettirilishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: Haqiqiy qiymat usuli- bunda majburiyat summasi hisobot davrida haqi- katda e’tirof etilgan qarzdorlik summasiga teng bo’ladi. Masalan, 13 % yagona soliq to’lovchisi bo’lib hisoblangan korxona hisobot davrida 500000 so’mlik mahsulotini sotishga erishdi. Shunga ko’ra korxona ushbu sotish hajmiga to’g’ri keluvchi 65000 (500000 x 13 %) so’mlik yagona soliq summasi hisoblab byudjet oldidagi majburiyatni tan oladi. Qayta hisoblangan qiymat usuli - bu usulda majburiyatlar hisobot tuzish sanasida qayta tiklanib boriladi. Masalan, «XYZ» korxonasi xorijiy firmadan hisobot yilining 25 sentyabrida 10000 AQSh dollariga teng miqdorda xom ashyo sotib oldi. Shu kunda davlat kursiga ko’ra bir AQSh dollari 890 so’mga teng edi. Shunga ko’ra «XYZ» korxonasi o’zining buxgalteriya hisobida xorijiy firma oldi-dagi majburiyatni 8900 ming so’m miqdorida tan oladi. Dt «Хom ashyo» 8900000 Kt «Хorijiy firma oldidagi majburiyat» 8900000 Hisobot yilining 31 dekabriga kelib 1 AQSh dollari 925 so’mga teng bo’lib koldi. Bu holat «XYZ» korxonasiga xorijiy firma oldidagi majburiyatini qayta hisoblashni taqozo etadi. Balans tuzish sanasidagi kursga ko’ra korxonaning xorijiy firma oldidagi majburiyati ( $10000 x 925 so’m) 9250 ming so’mni tashkil qiladi yoki (9250 ming so’m – 8900 ming so’m) 350 ming so’mga ortadi. Bu o’zgarish buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi va hisobotida ko’rsatadi. Download 22.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling