F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Download 1.35 Mb.
bet16/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Qayta shakllantirish – ta’lim texnologiyasini o‘qitishning ustuvorligi texnologiyasini didaktika va metodika pozitsiyasi tamoyilidan ko‘rib chiqish lozim.

O‘qitishning metodik jihatdan ko‘rib chiqilganda, maktabgacha yoshdagi bolaning nutqiy rivojlanish metodikasi (F.R. Qodirova) muhim o‘rin egallaydi.


Ta’lim psixologiyasining didaktik modeli sifatida:

  1. Didaktik tamoyillar:


  • Faollik tamoyili bolaning xususiyatlarini xisobga olgan xolda anglash faoliyati subyektiga tayanadi.


  • Ko‘rgazmalilik tamoyili – bolalar tomonidan o‘rab turgan olamni qabul qilish xususiyatlariga asoslanadi.


  • Oson erishuvchanlik tamoyili – bolalarning anglash faoliyatini rivojlantirishning muvofiqligi xisobi bilan bog‘liq.


  • Yetkazish tamoyili - o‘qitish jarayonida bolalarning aloxida (yakka tartibdagi) xususiyatlarini xisobga oladi.


  • Tizimlilik tamoyili - bolaning atrof-olamni anglash orqali muloqotga kirishishi darajasini xisobga olish bilan bog‘liq.


  1. Ta’lim vositalari- o‘qitish yo‘llari: nutqli faoliyatli, qo‘llanmali, psixik


  2. Ta’lim bosqichlari: tanishish, differensiatsiya, integratsiya.


  3. O‘zaro munosabat turlari: 4 turdan tashkil topadi.


1– tur – hissiy-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifa – hissiy-shaxsiy munosabatlar bo‘yicha almashuvi va keyingi hamkorlikdagi faoliyat uchun motiv (xohish-istak), hissiy kayfiyatni yuzaga keltirish.


2 – tur - ijodiy faoliyat tajribasining ustuvorligi. Bu turdan maqsad o‘zaro munosabatlar o‘qitishning anglash aspektini ta’lim maqsadini ishlab chiqadi va bolaning alohida xususiyatlarini ochishga yo‘naltiriladi.
3– tur- o‘quv vazifasini hal etishning mavjud imkoniyatlarini mustahkamlash uchun faoliyat turlarini egallashi tajriba almashishi. Ushbu o‘zaro ta’sir etuvchi tur o‘qitishning psixologik aspektiga asoslanadi, rivojlantiruvchi maqsadni tadbiq etadi, bola shaxsining rivojlanishiga omil bo‘ladi.
4 – tur- akmeologik sohasini tadbiq etish. Bunda pedagog mazmunan turli vaziyatlar yaratadi va bu vaziyatlar bolaga egallagan faoliyat turlarini qo‘llash va notanish sharoitda ham harakatlanishi imkoniyatini beradi. Ushbu o‘zaro ta’sir etuvchi turning vazifasi – bu bola tomonidan mazmun va munosabatlarni o‘rganish jarayonida tizimli bilmlarni egallash, bola shaxsining mazmuniy sohasida “Dunyo tasavvuri”ning shakllanishidir.
O‘zaro ta’sirning bu turida pedagog nafaqat bolaning hamkorlikdagi faoliyatining xarakteri va turlarini, balki bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ham aniqlaydi. Bu esa shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim metodida asosiysi hisoblanadi.
Biz yuqorida katta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasining didaktika modelini ko‘rib chiqdik, bular o‘qitishning nazariy negizi bo‘lib hisoblanadi.
Katta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasining uslubiy modeli ta’lim jarayonining yaxlit subyekti sifatida pedagog va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar va mazmun-mohiyatni shakllantirishni boshqarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Uslubiy modelning asosiy komplekslari bo‘lib quyidagilar:

  • Uslubiy tamoyillar;


  • Ta’lim vositalari;


  • Ta’lim bosqichlari;


  • Ta’limning usul va uslublari hisoblanadi.


Uslubiy tamoyillar:


- o‘qitish maqsadlarining o‘zaro qaramlik va bog‘liqlik tamoyili;
- qayta shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta’lim tamoyili;
- ta’limning syujetli vaziyatli bog‘liqlik tamoyili.
Ta’lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tadbiq etishda quyidagi ta’lim maqsadlari muhim hisoblanadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling