F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari


Download 1.35 Mb.
bet18/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari.

Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari – O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Xalq ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha normativ huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqildi.

Davlat talablari – maktabgacha ta’lim tizimida shuningdek har bir oilada 7 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalash, rivojlantirish, maktabga samarali tayyorlash hamda unga ta’lim berishda qo‘llanilishi majburiydir.
Davlat talablari asosida:

  • Bolaning bilim, ko‘nikma va malaka mezonlari hamda ularning o‘sish dinamikasi va rivojlanish holatlari aniqlanadi;


  • Bolalarning rivojlanganligi va yutuqlari baholab beriladi;


  • Bolaning individual rivojlanish ta’minlanadi;


  • Kadrlar tayyorlash sifati ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi;


  • Ota-onalarning bola rivojlanishiga oid ko‘nikma va malakalari belgilanadi.


O‘zbekiston Respublikasida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalari:


  • Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;


  • Maktabgacha ta’lim yoshidagi guruhlar mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari;


  • Xalq ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi sho‘balari;


  • Kasb-hunar kollejlari;


  • Oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi fakultetlari;


  • Maktabgacha va boslang‘ich ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar – bu Davlat talablarini qo‘llashlari shart.




Davlat talablarining asosiy maqsadi:
  • Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan-texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlari asosida maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;


  • Sifatli ta’lim xizmatlari ko‘tsatilishini ta’minlash;


  • Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va Davlat manfaatlarini himoya qilish;


  • Sifatli kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;


  • Bola shaxsi asoslarini shakllantirish hamda uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish;


  • Bolaning intelektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;


  • Bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;


  • Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash.





Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling