F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Bola hayoti xavfsizligini ta’minlash- o


Download 1.35 Mb.
bet26/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Bola hayoti xavfsizligini ta’minlash- o‘zini himoya qilish, shikastlanishni oldini olish (daraxtlarga chiqmaslik, zinaning panjarasini ushlab tushish, qaychi va boshqa predmetlardan extiyotkorlik bilan foydalanish) kabi vazifalar yoritilgan.
Dasturda harakat ko‘nikmalarini oylik va yillik rejalashtirish mazmuni, xarakatli o‘yinlar ro‘yxati, egallanish lozim ko‘nikma-malakalar me’yori aks ettiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘ligini mustaxkamlash, uni muxofaza qilishda bu yo‘nalishning axamiyati beqiyosdir.
Ijtimoiy-xissiy yo‘nalish.

  • Ijtimoiy


  • Xissiy bosqichlar orqali amalga oshiriladi


Ijtimoiy rivojlanish - kattalar bilan muloqot va tengdoshlari bilan muloqotga bo‘linadi.


  • Kattalar bilan muloqot bo‘linmasida


Bolaninig kattalar va tengdoshlari bilan muloqot qilish, o‘z fikrini


mazmunini bayon eta olish, o‘z fikri bilan o‘rtoqlashish, kelishib, xayrixoxlik bildira olish, o‘z ismi, familiyasi, turar joyi, oila a’zolari va mamlakatini bilishi, boshqalarning xoxishini xurmat qilish, o‘z fadr-qimmatini bilish, o‘zini tanqidiy baxolash, milliy an’analar va madaniy qadriyatlarni bilish va ular bilan faxrlanish tuyg‘usi, bolalarda saxiylik, yaxshilik, raxmdillik ko‘rsatish, o‘zi va boshqalarning kayfiyatini tushunish kabi sifatlarni tarbiyalash muhim o‘rin egallagan. Qabul qilingan ijtimoiy muloqot qoidalarini tushunish va unga amal qilish xissini tarbiyalash.
Shuningdek, jamoada o‘zini tuta olish, o‘zgalarning kayfiyatini sezish
qobiliyatini shakllantirish. Yuqoridagi talablarni amalga oshirishda tarbiyachi;

  • Bolalarda bir-biriga nisbatan qiziqish uyg‘ota bilish, ularni jamoaga


birlashtirishga yordam berish


  • Bolalarning bir-biriga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lishlariga


intilish


  • Bolalarni o‘z fikrlari va xissiyotlarini so‘z bilan ifodalashini qo‘llab-quvvatlash


  • Bolalarda do‘stona munosabatlarni tarbiyalash, do‘stini qo‘llab-quvvatlash xissini tarbiyalash


  • Ijobiy xis-tuyg‘ular orqali o‘rtadagi nizolarni yengishga o‘rgatishi lozim


Dasturda, o‘ziga ishonmaydigan bolalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni to‘laqonli yoritib berilgan.


Xissiy rivojlanish bo‘linmasida – ilk yosh guruxdan boshlab tayyorlov guruhiga qadar bolalar xissiy holatlarning asosiy hususiyatlari yoritilgan bo‘lib, bunda “Men” konsepsiyasi yoki o‘z-o‘zini anglash tushunchasi. Kattalar yordamida o‘z kamchiliklarini bartaraf qilish, jamoada o‘zini tuta bilish, o‘zini, o‘z mavqeini va kamchiligini anglashga intilish, o‘zlarini kattalarning baholashi bilan solishtirish, o‘zining shaxsiy ahloqiy sifatlarini baholay va anglay olish, qaysi shaharda yashaydi, o‘zi to‘g‘risida, boshqa bolalar to‘g‘risidagi ma’lumot bilan almasha olish. O‘zini hurmat qilish, o‘z qadr-qimmatini bilish, o‘zini tanqidiy baholash, o‘z milliy an’analarini va madaniy qadriyatlarini bilish, ular bilan mag‘rurlana olish, ularni hurmat qilish xissini shakllantirishi yoritilgan.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling