F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Download 1.35 Mb.
bet25/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Tayanch dasturining maqsadi maktabgacha yoshdagi har bir bolani maktab ta’limiga sifatli tayyorlash: odobli, aqlli, xushmuomala, o‘ziga ishongan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirishga intiladigan, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umummilliy qadriyatlarni qadrlaydigan, jismonan sog‘lom bolani tarbiyalashdan iborat.

Dasturning vazifasi bolani jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va sog‘lig‘ini muhofaza qilish; erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil inson qilib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:
  • maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;


  • maktabgacha ta’limning demokratikligi;


  • bola shaxsiga yo‘naltirilganligi;


  • bolani sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;


  • bolaning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;


  • maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatining etakchiligi;


  • maktabgacha ta’limning insonparvarligi;


  • maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;


maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.


Dastur quydagi tamoillarga tayanadi:

  • maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;


  • maktabgacha ta’limning demokratikligi;


  • bola shaxsiga yo‘naltirilganligi;


  • bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;


  • bolalarning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;


  • maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatining yetakchiligi;


  • maktabgacha ta’limning insonparvarligi;


  • maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;


  • maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.




Dastur asosida bolalarda quydagi shaxsiy sifatlar:
  • ijodkorlik, tasavvur, zukkolik;


  • mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish;


  • muammolarni aniqlash va ularni hal etish yo‘llarini topish;


  • jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq qaramaslik – shakllantirilishi lozim.




Dastur quyidagi omillarga asoslanadi:
  • davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga bo‘lgan munosabatning kuchayganligi;


  • erkin fuqaro ma’naviyatining shakllanishi;


  • milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, o‘zlikni anglash tuyg‘usi rivojlanayotganligi;


  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllanayotganligi




Mazkur dasturda maktabgacha yoshdagi davr quydagi bosqichlardan tashkil topadi:
  • go‘daklik (1 yoshgacha), bu o‘z navbatida tug‘ilgandan 0-6 oylikkacha va 6-12 oy bo‘lgan yosh davrlaridan iborat


  • ilk yosh davri ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-2 yosh va 2-3 yosh davrlari;


  • kichik yosh (3-4 yosh);


  • o‘rta yosh (4-5 yosh);


  • katta yosh (5-6 yosh);


  • maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).


Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlashning quydagi yo‘nalishlari metodologik asos bo‘lib hisoblanadi, bular:


  • bolalarni jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena;


  • bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;


  • bolalarning nutqi, o‘qish va savodga tayyorgarligi;


  • bolalarning bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lishi va uni anglash kabi ta’lim tarbiyaviy vazifalar kiritilgan;


  1. Dasturning bolalarni jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena yo‘nalishi bo‘lishi;


  • Bolarning rivojlanish hususiyatlari yosh davrlar bo‘yicha


(tug‘ilgandan-7 yoshgacha); yoritilib, har yosh davrga ta’rif beriladi, bolalarni jismoniy rivojlantirishning asosiy shartlari yoritilgan.


Jismoniy rivojlanish jarayoniquydagi bosqichlarga bo‘linadi;

  1. Yirik motorikani rivojlantirish


  2. Mayda motorikani rivojlantirish


  3. Sensomotorikani rivojlantirish




Yirik motorikani rivojlantirishga – asosiy harakatlarni mashq
qildirish, yurish-yugurish, tashlash-ilb olish va irg‘itish, emaklash va emaklab yurish, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash, dumalatish, sakrash umumrivojlantiruvchi mashqlardan – qo‘llar va yelka kamari, oyoqlar, gavda uchun, saflanish va katta saflanish, suzish, velosipedda uchish, o‘z tana a’zolarini boshqarishga o‘rganadi.


Mayda motorikani rivojlantirish – bunda bola biron-bir faoliyatni
yanada aniqroq bajarish (ushlash, ochish, yonish, qirqish, bo‘lish) uchun o‘z qo‘llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo‘ladi.


Sensomotorikani rivojlantirish – uncha katta bo‘lmagan tekislikda
koptokni dumalatish, uni oldingga, yuqoriga irg‘itish, o‘z xatti-harakatlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko‘rish, eshitish, qo‘l bilan xis etish, xid bilish) foydalaniladi.
Shuningdek chiniqtirish va sog‘lomlashtirish
  • Ertalabki gigienik badan tarbiya mashqlari


  • Chiniqtirish tadbirlari


  • Ochiq xavodagi sport o‘yinlari


  • Sakrab o‘ynaladigan, irg‘itib ilib olish, osqichdan o‘tish va tirmashib chiqish, ermak, o‘zbek xalq harakatli o‘yinlari kiritilgan.


Gigiena: shaxsiy gigiena, uxlash, ovqatlanish gigienalarga bo‘linadi.


Madaniy-gigienik ko‘nikmalarni egallash va o‘ziga-o‘zi xizmat qilish qoida va talablari,



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling