F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Download 1.35 Mb.
bet29/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Tayanch tushunchalar:

Milliy model – Kadrlar tayyorlashning milliy modeli (KTMM)ning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: shaxs; davlat va jamiyat; uzluksiz ta’lim; fan; ishlab chiqarish; ta’lim-tarbiyaning uzviy bog‘liqligini ta’minlash va bu jarayon har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligidadir.

Uzluksiz ta’lim – Milliy modelning tarkibiy qismi bo‘lib, quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, DTSni o‘z ichiga oladi.

Ilmiy daraja – muayyan fan sohasidagi mutaxassisning ilmiy malakasi darajasi

Nazorat uchun savollar:
  1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi va vazifasini tushuntiring.


  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi nechta bosqichni o‘z ichiga oladi.


  3. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning asosiy komponentlari


  4. Tarbiyachi – pedagoglik kasbi qanday kasb va bunga sizning munosabatingiz?


  5. Maktabgacha ta’lim konsepsiyasing maqsad va vazifalarini izohlang?


  6. Bolajon dasturining asosiy g’oyasini yoritib bering?


  7. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablaring maqsad va vazifalarini nimalarga asoslangan?




Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari ning asosiy yonalishlari necha bo‘limdan iborat?
a) 8 bo‘lim
b) 10 bo‘lim
v) 5 bo‘lim
g) 4 bo’lim
2.“Bolajon” dasturi qaysi xujjat asosida ishlab chiqilgan?
a)maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablar
b) kadrlar tayyorlash milliy dasturi
v) Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidaNIZOM
g)”Ta’lim” to’g’risidagi qonun;
3. Bolajon dasturining maqsadi ....
a) maktabga jismonan sog’lom, aqlan va manan yetuk;
b) jamiyatning turli a’zolari bilan muloqatda bo’la oladigon
v) bolani maktab ta’limiga tayyorlash; xayotga ijtimoiy jihatdan moslashtirish;
g) xamma javoblar to’g’ri
4. Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari qaysi qonunda belgilab berilgan?
a) Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunda
b) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
v) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
g) Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda
5.Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning 18-moddasi qaysi ta’limga bag‘ishlangan?
a) O‘rta maxsus, kasb-hunar tizimiga
b) Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
v) Maktabdan tashqari ta’lim
g) Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling