F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Download 1.35 Mb.
bet172/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Malaka talablari:

a) o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo‘yicha kurslarni tugatganlik;

b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich boskichini va axborot-kommunikatsiyatexnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

v) besh yildan kam bo‘lmagan ish staji.


Jamoadagi to‘g‘ri, o‘zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomligiga rioya qilishni ta’minlaydi.
Rahbarlik mavqei mudira o‘z g‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy, huquqiy saviyasini va mutaxasislik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta’lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashaga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim oldida to‘rgan vazifalarni bilishga, o‘z bilimlaridan amaliy faoliyatiga foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik instruktiv, me’yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yetuk va kamchiliklarini darxol bartaraf qilish choralarini ko‘rish lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri Xalq ta’limini boshqarish organlari tomonidan oliy ma’lumotga va 3 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kadrlarii tanlash, joy-joyiga qo‘yish tarbiyalash bo‘yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta’lim muassasasi kengashining faollari ishtiroqida ma’muriyat amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazam o‘stirib borishiga g‘amho‘rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan xolda va maktabgacha ta’lim muassasasi manfatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o‘z vaqtida joydan-joyga ko‘chirib turilishini ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida kadrlar zahirasi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib boriladi.


Mudira –ma’naviy, siyosiy, huquqiy ahloqiy yetuklik-saviya, ong ma’rifatchilik, madaniyatlilik, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, vijdonlilik, tanqidga chidamli bo‘lish, mehnatsevarlik istiqbolni oldindan ko‘ra olish kabi xususiyatlar mavjud bo‘lishi kerak.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling