F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan
Kattalarda davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash
9.4. Kattalarda davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash
O‘rta yoshdagi va yoshi katta odamlar uchun davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash. Bu yoshdagi aholi a’zolarida yoshga 50 munosib o‘zgarishlar yuzaga kelishi va avjga chiqishi natijasida, turli xil patologik jarayonlar va kasalliklar uchraydi. Bu yoshdagi insonlar, asosan, kasb egalari bo‘lib, birmuncha vaqt u yoki bu sohada ishlash natijasida professional kasalliklarga chalingan bo‘lishlari mumkin. Masalan, fotograflar – ko‘z kasalliklariga, teri allergik kasalliklariga, kimyoviy moddalar bilan, changli joylarda ishlovchilar – bronxial astma, allergik kasalliklarga, o‘qituvchilar esa asab va yurak-qon tomir kasalliklariga duchor bo‘lishadi. Shuningdek, oshpazlarda kelib chiqqan o‘zgarishlar, sartaroshlarda tomirlarning varikoz kengayib ketishi kasalligi tez-tez uchraydi va h.k. Qariyalarda ham yoshga mansub o‘zgarishlar, patologik holatlar yuzaga keladi. Qarilik muammolarini gerontologiya sohasi o‘rganadi. Qariyalar shifokori esa gerontolog deb ataladi. Yoshi katta insonlarda qon tomirlar devori qalinlashib, elastikligi yo‘qoladi, natijada qon bosimi oshib boradi va gipertoniya kasalligiga, yurakning ozuqalanishi va qon aylanishi buzilishiga olib keladi. Buning asorati bo‘lib, yurakning ishemik kasalligi, stenokardiya va miokard infarkti yuzaga kelishi mumkin. Qariyalar avval boshdan kechirgan xastaliklari, yuqumli kasalliklar, bo‘g‘imlar yallig‘lanish kasalliklari (revmatik va norevmatik artritlar), keyinchalik, suyaklar va bo‘g‘imlar deformatsiyasiga, jigar va me’da- ichak kasalliklariga, suyaklar mo‘rt va sinuvchan bo‘lib qolishiga (osteoporoz) olib keladi. Miya qon tomirlari torayishi, miyaning qon bilan yaxshi ta’minlanmasligiga va xotira pasayishiga, hatto psixofizik (ruhiy jismoniy) o‘zgarishlarga olib keladi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyati sustlashadi, moddalar almashinuvi sekinlashib boradi. Siydik chiqaruv yo‘llari devorining tonusi pasayadi va bemor iydik ushlab turishga qiynaladi. Bunday o‘zgarishlar juda ko‘p va individual ravishda rivojlanadi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling