F. Vyoller qaysi olimga yozgan xatida (1835): Organik kimyo hozir har qanday
Download 86.87 Kb.
|
Kimyo. 9-11 sinf test
10-Sinf. F.Vyoller qaysi olimga yozgan xatida (1835): “Organik kimyo hozir har qanday kishini ham aqldan ozdirishi mumkin. U, mening nazarimda, hayratda qoldiradigan narsalarga to`la, zich o‘rmonga, kirishga kishi jur’at eta olmaydigan va kirib qolgan odam chiqa olmaydigan cheksiz changalzorga o‘xshaydi” deb yozgan edi? A.Berselius B. Vyoller C. Butlerov D. Bertlo Qaysi olim 1824- yili o‘simlik a’zosida uchraydigan oksalat kislotani disiandan sintez qilgan? A.Berselius B. Vyoller C. Butlerov D. Bertlo Organik kimyoga berilgan to’gri ta’rifni tanlang Organik kimyo-uglevodorodlar olinish usullari, xossalari, amaliy foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Organik kimyo--kimyoning katta va mustaqil bo‘limi bo‘lib, bu fan uglevodorodlar va ularning hosilalarining tuzilishi imkoniyatlarini o‘rganadi. Organik birikmalar tarkibida uglerodning borligi va uning boshqa elementlar bilan hamda boshqa uglerod atomlari bilan kovalent bog‘lar orqali birikishi natijasida uzun uglerod zanjirini hosil qila olishini o’rganadi; Organik kimyo-kimyoning katta va mustaqil bo‘limi bo‘lib, bu fan uglevodorodlar va ularning hosilalarining tuzilishi, olinish usullari, xossalari, amaliy foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Pastda izohlangan a va b maxsulotlarning biri natriy xlorid anorganik mahsulot biri esa aseton organik mahsulot qaysi xususiyat qaysi moddaga tegishli ekanligini aniqlang. 1.qaynash harorati past. 2. Qaynash harorati yuqori. 3. Uchuvchan modda 4. Qattiq modda. 5. Elektr tokini yaxshi o’tkazadi. 6. Eritmada oson reaksiyaga kirishadi. 7. Reaksiyaga kirishishi uchun qizdirish kerak reaksiya juda sekin boradi 8. Elektr tokini yomon o’tkazadi a-1,3,6,8, b-2,4,5,7 B. a-2,4,5,6 b- 1,3,7,8 C. a-2,4, 7,8 b-1,3, 5,6 D. a-1,3,5,8, b-2,4,6,7 Organik birikmalarning tarkibida uglerod va vodorod borligi uchun,ular yonganda……… Is gazi va suv hosil bo‘ladi; C. karbonat angidrid va suv hosil bo‘ladi; Uglerod va suv hosil bo’ladi; D. korbonat angidrit va vodorod hosil bo’ladi. Organik moddalarning suyuqlanish va parchalanish harorati anorganik birikmalarga nisbatan ancha past; berilgan ta’rif uy ro’zg’orda ishlatiladigan qaysi moddaga mos keladi? Osh tuzi B. ichimlik sodasi C. shakar D. suv To’g’ri fikrni tanlang. Organik birikmalarda azot atomi IV, vodorod atomi I, kislorod atomi II valentliklarni namoyon qiladi. Organik birikmalarda uglerod atomi IV, vodorod hamda kislorod atomi II valentliklarni namoyon qiladi. Organik birikmalarda uglerod atomi IV, vodorod atomi I, kislorod atomi II valentliklarni namoyon qiladi. Organik birikmalarda uglerod atomi V, vodorod atomi I, kislorod atomi II valentliklarni namoyon qiladi. Izomeriya tushunchasi kimyo faniga XIX asrning 30-yillarida qaysi olim tomonidan kiritilgan? A.Berselius B. Vyoller C. Butlerov D. Bertlo Oziq ovqat sanoatida ishlatiladigan sirka kislotaning uchuvchan ekanligini qanday tushuntirish mumkin? Ion bog’ga ega B. atomli panjaraga ega C. kovalent bog’ga ega D. suyuq bo’lganligi uchun Tibbioyotda ishlatiladigan etil spirit suyuqlik, qayn.t. 78° C dimetil efir esa gaz, suyuq. t.23,6° C ushbu modalar umumiy formula(C2H6O)ga ega. Bu hodisa qanday nomlanadi? Allotropiya B. Diffuziya C. Izomeriya D. Sublimatsiya Uglevodorodlar keltirilgan javobni aniqlang. CH4 ,C2H2 B. CH3OH ,C2H2 C. Etil spirti va sirka kislota D. CH4 va NH3 Uch atomli spirt (glitserin) ni yuqori yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efiri qanday nomlanadi Yog’lar B. Spirtlar C.Uglevodlar D. Efirlar Metan rangsiz , hidsiz gaz bo’lib tabiiy gazga hid berish uchun unga etan qo’shiladi. Tarkibida hajmiy jihatdan 5% etan qolgani metan bo’lgan 5 litr tabiiy gaz yonishi natijasida qancha hajm CO2 hosil bo’ladi? 10 B. 6,25 C. 5,25 D. 7,75 Tarkibida 1 ta to’rtlamchi, 1 ta uchlamchi qolgan barcha uglerodlari birlamchi bo’lgan alkan sistematik nomenklatura bo’yicha qanday nomlanadi? 2,3,4 trimetil butan B. 2,2,3 trimetil pentan C. 2,2,3 trimetil butan D. 2,2 dimetil butan. Gomologlar bir biridan nimasi bilan farq qiladi? Gibridlanish turi bilan; B. CH2 guruh bilan; C. Izomerlar soni bilan; D. Elementlar soni bilan Rasional nomlangan Trimetil metanni sistematik nomenklatura bo’yicha nomlang. Metil butan B. metil propan C. Butan D. Geksan Metil yodid, etil yodid, propil yodid natriy metali bilan tasirlashsa necha xil organik modda hosil bo’ladi? 3 xil B. 4 xil C.6 xil D. 5 xil Etil xlorid tibbiyotda ayrim joyni og‘riq sezmaydigan qilish uchun ishlatiladi. Agar unga natriy metali ta’sir ettirilsa qaysi modda hosil bo’ladi? Geksan B. Propan C. Etan D. Butan Metan yuqori temperaturada (1500oC) qizdirilsa asetilen va vodorod gazlari hosil bo’ladi. Agar ushbu reaksiya yopiq idishda o’tkazilsa idishdagi bosim qanday o’zgaradi? 2 marta kamayadi B. 3 marta kamayadi C. 2 marta ortadi D. 3 marta ortadi Umumiy formulasi bir xil bo‘lib, tuzilishi (fizik va kimyoviy xossalari) har xil bo‘lgan moddalar …….. deyiladi. Izomerlar B. Allotroplar C. Izotoplar D. Izobarlar Qaysi alkenda geometrik izomeriya uchraydi? Etilen B. Propilen C. Butilen-2 D. Butilen-1 C4H8 tarkibli uglevodorod qaysi sinfga mansub? Alkan yoki alkin B. alken yoki sikloalkan C. alken yoki alkin D. alkan Turmushda ishlatiladigan polietilenning o’rtacha massasi 140 bo’lsa polimerlanish darajasini aniqlang. 5 B. 6 C. 10 D. 0.5 14 gr etilen to’la gidrogenlansa massasi necha grammga oshadi? 2 gr B. 3gr C. 4 gr D. 1 gr Qaysi dixlor alkan rux metalli bilan ta’sirlashsa metilsiklopropan hosil bo’ladi? 1,3 dixlor propan B. 1,4 dixlor butan C. 1,2 dixlor 2 metil butan D. 1,3 dixlor butan. Alkadiyenlar qaysi sinf uglevodorodlari bilan isomer hisoblanadi? Alkan B. Alken C. Alkin D. Aromatik uglevodorodlar Tarkibida 10 ta vodorod atomi bo’lgan alkadiyenning formulasini aniqlang C6H10 B. C5H10 C. C8H10 Lebedev usuli bilan 5,4 gramm butadiyen 1,3 olish uchun qancha etil spirit kerak bo’ladi? 36 gr B. 6,4 gr C. 9,2gr D. 4,6 gr 0,2 mol noma’lum alkadiyen yonganda 1mol uglerod 4 oksidi hosil bo’ldi alkadiyen tarkibini aniqlang. C5H10 B. C5H12 C. C5H12 D. C6H10 Alkadienlarning umumiy yonish reaksiyasi tenglamasidagi kislorod koefsentini aniqlang 1,5n+0,5 B. 1,5n C. 1,5n-0,5 D. 1,5n+1 Butin-1 ni ratsional nomlang. Etril asetilen B. dimetil asetilen C. butilen D. butin 10 litr Noma’lum alkadiyen yonishi uchun 40 litr kislorod sarflangan bo’lsa, hosil bo’lgan CO2 hajmini aniqlang. 30 B. 40 C. 50 D. 20 Asetilenni yuqori temperaturada aktivlangan ko‘mir ustidan o‘tkazib benzolni hosil qilgan olim kim? A.Berselius B. Vyoller C. Butlerov D.Zelinskiy Benzol yadrosida sigma bog’lar soni nechta? A. 6 ta B. 8 ta C. 12 ta D. 15 ta Benzil radikali to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang A. C6H5CH2− B. C6H5− C. C6H4− D. C2H5- Katalizator – temir (III) xlorid ishtirokida va temperatura ta’siri ostida 7,8 gr benzol brom bilan almashinish reaksiyasiga kirishganda qancha massa brom benzol hosil bo’ladi? A. 16 B. 15,7 C. 18 D. 16,7 Gibridlanish haqidagi nazariyani kim taklif qilgan? A.Berselius B. Vyoller C. Butlerov D. Poling Benzol yadrosidagi uglerod atom orbitallarining gibridlanish turini aniqlang. A. sp B. sp2 C. sp3 D. sp3d Tarkibida, asosan, suyuq uglevodorodlar bo‘ladigan neft – …….., parafin asosli,. B. asfalt asosli C. gaz asosli D. spirt asosli Ba’zi olimlar neft ……… ga suv ta’sir etishidan paydo bo‘lgan, deb taxmin qiladilar metall karbidga (metallarning uglerodli birikmalariga) metall oksidiga (metallarning kislorodli birikmalariga) metall sulfidga (metallarning oltingugurtli birikmalariga) metallga Yo’l qurulishida ishlatiladigan asfalt nimadan tayyorlanadi? Mazut B. Gudron C. Ko’mir D. Ligroin 1 m3 metan havoda yonganda 33066 Dj issiqlik hosil bo’ladi. 300 litr metandan qancha isiqlik olish mumkin? 9919,8 B. 66132 C. 1616,8 D. 20291,8 Toshko’mirning ilk fraksiyasi qanday ataladi? Yengil moy fraksiyasi. B. Fenol fraksiyasi.C. Naftalin fraksiyasi. D.Antratsen fraksiyasi Kerosin fraksiyasi. Bu fraksiyani tashkil qilgan uglevodorodlar molekulasida uglerod atomlarining soni …….. bo‘ladi. 3 dan 6 tagacha bo‘ladi. B. 9 dan 16 tagacha bo‘ladi. C. 12 dan 16 tagacha bo‘ladi. D. 5 dan 10 tagacha bo‘ladi. „Kreking” so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib – …… demakdir Qayta sinflash B. guruh C. parchalanish D. birikish Sintez gaz tarkibi nimadan iborat? is gazi va vodorod B. is gazi va suv C. uglerod va vodorod D. metan va vodorod Siklogeksanning xlorli birikmasi geksaxlorsiklogeksan qishloq xo‘jaligida insektitsid sifatida ishlatiladi. Uning formulasini aniqlang. C6H6Cl B. C6Cl6 C. C6H6Cl6 D. C6H12Cl6 Etil spirt tarkibidagi uglerodlarning oksidlanish darajasini aniqlang. -3;+2 B. +3;-2 C. -1;-3 D. -2; -3 2 metil butan termik krekinglanishidan necha xil organik maxsulot hosil bo’ladi? 4 xil B. 6 xil C. 8 xil D. 2 xil Nosimmetrik etilen sistematik nomini aniqlang 2 metil propen B. buten-2 C. buten-1 D. izobutilen To’yingan bir atomli spirtlarning umumiy formulasini belgilang. CnH2n+1OH B. CnH2n (OH) C. CnH2n+2OH D. CnH2n-1(OH)3 Qaysi javobda iikilamchi spirt nomi keltirilgan? Butanol-1 B. izobutanol C. butanol-2 D. 2 metil propanol-2 Sanoatda methanol olishda qaysi moddadan foydalaniladi? CO2 B. H2O C. CO+H2 D. CO2+H2O CH3-C(CH3)(OH)-CH(CH3)2 sistematik nomlang: 2,3 butanol-2 B. 2,3 dimetil butanol-2 C. ikkilamchibutanol D. birlamchi butilspirt Spirtlarda vodorod va kislorod orasidagi bog’lanish turini aniqlang. Metal bog’ B. ion bog’ C. qutbsiz kovalent bog’ D. vodorod bog’ Tibbiyotda etanol qanday maqsadda ishlatiladi? Dizenfeksiyalovchi B. surtma C. tinchlantiruvchi D. eritmalar tayyorlashda Shirin ta’mli bo‘lishi bilan birga zaharli hisoblanadigan moddani belgilang 2 metil propen B. buten-2 C. etilenglikol D.glitserin Tibbiyotda yurak kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladigan modda nomi Nitroglitserin B. glitserin C. etilenglikol D. etanol Fenol yetarli miqdorda nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib qanday moddani hosil bo‘ladi. Nitroglitserin B. glitserin C. etilenglikol D. pikrin kislotasi Benzyl spirit tarkibidagi sigma va pi bog’lar sonini hisoblang 15, 3 B. 17, 2 C. 13, 3 D. 18, 3 O‘tkir hidli suvda yomon eriydigan, rangsiz kristall modda. Nitroglitserin B. glitserin C.pikrin kislotasi D. fenol Qaysi modda fenolga sifat reaksiyasini beradi? AgNO3 B. Pb(NO3)2 C. NaCl D. FeCl3 4,6 gramm natriy qancha massa natriy fenolyatni hosil qiladi. A.11,6gr B. 23,2gr C. 13,8gr D. 33,8gr 16gr Mis(II) oksid metanolni oksidlaganda qancha formaldegid hosil bo‘ladi: A.16gr B. 6gr C.8gr D. 3gr Asetilen suv molekulasini biriktirib sirka aldegid hosil qilish reaksiyasi qaysi olim nomi bilan bog’liq A.Berselius B. Vyoller C. Butlerov D. Kucherov Tarkibida 12 ta vodorod tutgan aldegidning tarkibidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini aniqlnag. 20 ta B. 18 ta C. 16 ta D. 24 ta Aldegidslarning umumiy formulasi keltirilgan javobni tanlang. CnH2nO B. CnH2n (OH) C. CnH2n+2OH D. CnH2n-1(OH)3 Aldegidlar qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirishadi: 1. Kaliy sulfat 2. Kumush (1) oksidi 3. Vodorod (katalizator,t0) 4. Mis (1) oksidi 1,2,3 B. 2,3 C. 3,4 D. 1,2,4 Qaysi moddalar oksidlab aldegid olish mumkin? Birlamchi spirtlar B. ikkilamchi spirtlar C. uchlamchi spirtlar D. kislotalar Avtomobillarda antifriz sifatida qaysi moddadan foydalaniladi? Nitroglitserin B. glitserin C.etilenglikol D. fenol Tibbiyotda ishlatiladigan formalin formaldigidning 40% li eritmasidir. 200 gr formalin tayyorlash uchun qancha formalin kerak bo’ladi? A.160gr B. 60gr C.80gr D. 130gr Aldegid va ketonlarni bir biridan farqlash uchun qanday reaksiyalardan foydalaniladi? Kumush ko’zgu B. eterifikatsiya C. Kucherov D.gidroliz Ketonlarning eng oddiy vakili keltirilgan javobni belgilang Metil etil keton B. dimetil keton C. dietil keton D. metil keton 5,4 gramm butin-1 dan qancha keton olish mumkin? A.60gr B. 62gr C.7,2gr D. 1,8gr Keton tarkibidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonisp2 orbitallar soniga nisbatan 2 marta ko’p bo’lgan keton nomini belgilang A.metil etil keton B. dimetil keton C. dietil keton D. aseton C4H8O2 tarkibga ega bo’lgan necha xil murakkab efir mavjud? 3 xil B. 4 xil C. 2 xil D. 1 xil 200 g 60% natriy ishqorining eritmasini neytrallash uchun qanday massadagi (g) sirka kislotasi kerak bo‘ladi. A.90gr B. 62gr C.7,2gr D. 180gr Oddiy efirlar konsentrlangan yodid kislota ta’sirida spirt va alkilgalogenidlarga parchalanadi. 5,8 gramm dimetil efir qancha yodid kislota bilan ta’sirlashadi? A. 25,6 gr B. 6,28gr C. 17,2gr D. 12,8 gr Dietil efir tarkibidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini aniqlang 20 ta B. 18 ta C. 16 ta D. 24 ta Oddiy efirlarga izomer bo’la oladigan sinfni belgilang. Aldegidlar B. spirtlar C. spirtlar D. Murakkab efirlar Quyidagi keltirilgan murakkab efirni sistematik nomenklatura bo’yicha to’g’ri nomlangan javobni belgilang C2H5COOCH3 Etilbutanoat B. butilpropanoat C. metilmetanoat D. metilpropionat Aldsegidlarga sifat reaksiyasi qaysi javobda berilgan? Kumush ko’zgu B. eterifikatsiya C. Kucherov D.gidroliz Hayvon yog’larining qattiq ekanligini qanday izohlash mumkin? Yog’ tarkibidagi kislota to’yinganligi bilan Yog’ tarkibidagi to’yinmaganligi bilan Yog’ tarkibidagi kislorod soni bilan Yog’ tarkibidagi uglerod soni bilan Gidrolizlanganda 2 ta monosaxaridga ajraladigan uglevod keltirilgan javobni belgilang Selluloza B. saxaroza C. kraxmall D. riboza Glyukoza tarkibidagi kislorodning massa ulushi to’g’ri keltirilgan javobni belgilang A.40%r B. 60% C.84,44% D.53.3% Asal, asosan, …….. aralashmasidir. A. glukoza bilan fruktoza B. kraxmal va selluloza C. maltoza va saxaroza D. kraxmal va fruktoza Glukoza molekulasidagi uglerod atomlarining bog‘lar atrofida aylanishi natijasida egik shaklga keladi va nechanchi uglerod atomidagi gidroksil guruh aldegid guruhi bilan bog‘lanadi. 3 inchi B. 4 inchi C. 5 inchi D. 6 inchi A.M.Butlerov eng oddiy uglevodlarni kalsiy gidroksid ishtirokida glukozani qaysi moddadan sintez qilgan? Selluloza B. formalin C. maltoza D. glukoza Uglevodlar o‘simliklarda quyosh energiyasi ta’sirida va xlorofill pigmenti ishtirokida karbonat angidriddan hosil bo‘ladi. o’simliklar 6 m3 karbonat angidriddan qancha kislorod hosil qilishi mumkin? 3 m3 B. 6 m3 C.1,6 m3 D. 1,5 m3 Saxarozaning gidrolizi natijasida glukoza va fruktoza hosil bo‘ladi. agar inson 1 kunda 171 gr saxaroza iste’mol qilsa organizmda qancha glyukoza hosil bo’ladi? A.90 gr B. 68gr C. 172gr D. 25 gr Qaysi uglevod solod shakari deb nomlanadi? Selluloza B. saxaroza C. maltoza D. riboza Kraxmal makromolekulasi halqali ………. molekulalari qoldiqlaridan tashkil topganligi isbotlangan. α-glyukoza B. ß-glyukoza C. fruktoza D. kraxmal Saxarozaning eng muhim xossasi gidrolizga uchrashidir. Bunda qanday modda(lar) hosil bo’ladi? Selluloza B. glukoza fruktoza C. maltoza D. riboza Nitrobirikmalarni qaytarish bilan aromatik aminlarni olish usulini birinchi bo‘lib……..amalga oshirdi. A.Berselius B. Vyoller C. Zinin D. Bertlo Saxaroza eritmasiga dastlab bir necha tomchi H2SO4 qo‘shib qaynatamiz. So‘ng kislotani ishqor bilan neytrallab, eritmaga Cu(OH)2 qo‘shib qizdiramiz. Natijada qanday rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. Sariq B. qizil C. ko’k D. yashil Aminlar havoda yonadi. Yonish mahsulotlari qanday moddlar hosil qiladi? CO2 , H2O, N2 B. CO2 , H2O, N2O C. CO , H2O, N2 D.CO2 , H2, N2 Aniline bilan benzolni bir biridan qaysi reaktiv asosida farqlash mumkin? Suv B. bromli suv C. xlorid kislota D. Ammiak Molekulada ikkita amino (–NH2) va bitta karboksil (–COOH) guruhlari bo‘lgan aminokislotalar …….. deyiladi. diamino monokarbon kislotalar B. amino dikarbon kislotalar C. amino monokarbon kislotalar D. amino karbon kislotalar Ham asoslar, ham kislotalar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi, ya›ni amfoter xususiyatga ega bo‘lgan birikmalarni belgilang . Karbon kislotalar B. aminokislotalar C. murakkab efirlar D. ketonlar Aminokislotalar soni nechtadan ortiqlarini shartli ravishda oqsillar deb atashb qabul qilingan 25 B. 50 C. 30 D. 100
Download 86.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling