F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Oilaning chegarasi va hududi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Oilaning chegarasi va hududi deyilganda, odatda oilaning boshqa 
sotsiomadaniy muhit vakillari bilan aloqasi, ularga bog’liqligi darajasi nazarda 
tutiladi. Satirning fikricha, shunday oilalar ham bo`ladiki, ular boshqalar bilan 
deyarli muloqotga kirmaydi, bu oilaga darvozadan ham, devoridan oshib ham kirib 
bo`lmaydi, u go`yoki o`z qobig’iga o`ralib olganday, o`z navbatida u boshqa 
oilalarga ham qiziqmaydi, oilaviy tantanalarga yaqin qo`shnilarni ham 
chaqirmaydi, o`qishi yoki ishxonasini hisobga olmaganda, boshqa ijtimoiy 
muassasalarga, masalan, teatr, kino, klublarga ham bormaydi. Odatda bunday 
“yopiq” turdagi oilalar unchalik inoq-ittifoq ham yashamaydi. Bizning 
sharoitimizda mahalla-kuyning tadbirlari ham ularsiz o`tadi. SHuning uchun ochiq 
turdagi, keng muloqotlarga asoslangan oila baxtli va mustahkam hisoblanadi. Bu 


36 
oilalarning dahlsizligiga ham zarar yetkazmaydi. 
Taniqli amerikalik oilaviy psixoterapevt Salьvador Minuxin ham o`ziga xos 
kontseptsiyaning asoschisidir. (Minuxin S., Fishman CH., 1998). Uning fikricha, 
oila – murakkab tuzilishga ega bo`lib, tarkibiga ayrim alohida individlarni, bir 
qator tizimlarni qamrab oladi. Ichki tuzilmalar koalitsiyalarga birlashib, oila 
doirasida turli hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, har 
qanday oila boshqa o`ziga o`xshash tuzilmalar bilan murakkab munosabatlarni 
o`rnatadiki, bu tashqi tizimlar ba’zan oilani qo`llab-quvvatlash vazifasini ham 
bajaradi. 
Oila – eng avvalo rivojlanuvchi tuzilma bo`lib, unga yoshga oid qonuniyatlar 
xosdir. CHunki oila a’zolari yillar o`tgani sari rivojlanadi, yetuklikka erishadi, 
qariydi, shu bois ham oila doimiy o`zgarish va rivojlanishlarni boshidan kechiradi. 
Oilaning tarkibiy tuzilmasi ham ilmiy jihatdan muhim bo`lib, uni eng avvalo 
alohida individlar tashkil etadi. Alohida individ o`z xohish-istaklari, ehtiyojlari, 
motivatsiyasi, hayotiy maqsad-muddaolariga ega dastlabki avtonom birlikdir. Oila 
a’zolari esa oilaga kirishib, qo`shilib ketganligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq 
qiladi. Oilaning ayrim a’zolari butun vujudi, borlig’i bilan oilaviy hayotga 
uyg’unlashga ketgan bo`lsa, boshqalari uning tarkibiga boshqa tashqi tuzilmalar 
hisobidan qo`shiladi. Masalan, uy bekasi oilaning birinchisi bo`lsa, yangi tushgan 
kelinchak ikkinchi xil oila a’zosini tashkil etadi. Lekin barcha oila a’zolari uning 
psixologik muhitini, undagi samimiyatni barqaror etishga o`z hissasini qo`shadi, 
faqat birinchisi oila manfaatlarini ichkaridan turib, faqat yaxshilikni, barqarorlikni 
o`ylab ish tutsa, boshqalari tashqaridan turli ma’lumotlar, “o`ziga xos havo” olib 
kirish yo`li bilan oila muhitini muvofiqlashtiradi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling