F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Oilaviy munosabatlar tizimi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Oilaviy munosabatlar tizimi – Satir ta’rifida oila a’zolarining muayyan rollar 
doirasida u yoki bu holatlarda o`zligini namoyon etishi yoki ijrosi emas, balki, bu 
har bir oilaga xos bo`lgan o`zaro munosabatlar “xaritasi”dir. Masalan, biror oilaga 
yordam bermoqchi bo`lgan terapevtga ayni shu xarita kerak, chunki u real 
a’zolarning real o`zaro munosabatlarini boshqachasiga tasavvur etishi mushkul. Bu 
xaritaga ayni shu oila a’zolaridan tashqari, ularning yaqinlarining ta’siri ham 
kiradi. Masalan, agar erkak kishi oilada qandaydir ajrab qolgan bo`lib, xotini va 
farzandlari bilan yashagan taqdirda ham uning xotiniga bo`lgan real 
munosabatlariga boshqa uyda yashaydigan onasining ta’siri bo`lsa, demak, oilaviy 
munosabatlar xaritasida qaynonaning ta’siri ham albatta nazarda tutilishi shart. 
Yoki birinchi nikohidan ajralgan ayol sobiq erining farzandi bilan birga 
yashayotganligi bois, hamisha uni eslab turishi, bolasining istagiga ko`ra, sobiq eri 
bilan ko`rishib turishi, hattoki, moliyaviy jihatdan unga tobe ham bo`lishi mumkin. 
Bu, tabiiy, ayni paytda real oilaviy munosabatlarga ta’sir etmay qolmaydi. 
Oilaning funktsional xususiyatlari – bu oila a’zolari o`rtasidagi 
munosabatlarning sifatiy taraflarini tavsiflaydi. Masalan,
muloqot uslublari; 
har bir oilaga xos bo`lgan tartib-qoidalar;
o`zaro muloqot jarayonida kommunikativ to`siqlarning mavjudlari 
(yo`qligi). 
Satir o`zining psixoterapevtik tajribasidan kelib chiqqan holda oilaviy 


34 
munosabatlar jarayonida ko`zga tashlanadigan muloqotning 5 xil uslubini 
ajratadiki, ulardan to`rttasini u samarasiz deb ataydi, bittasi yetarli darajada tajriba 
va bilimga ega bo`lgan yetuk muloqot uslubiga kiradi. Dastlabki to`rttasi odatda 
muomala jarayonida biror muammo yoki to`siqni yengishga, o`zini ataylab yaxshi 
ko`rsatishga, kimgadir yoqishga yoki aksincha, kimnidir nimagadir ayblashga, 
tanqid qilishga xizmat qiluvchi uslublardir. Masalan,
Xushomadgo`ylik uslubi kimlargadir ataylab yoqish maqsadida barcha oila 
a’zolarining xatti-harakatlaridan andoza olish, o`zini yerga urib bo`lsa-da, 
o`zgalar bilan kelishib yashash, bu bilan o`zini hamisha yerga urishni nazarda 
tutadi. 
Ayblovchi uslub doimo kimnidir nimagadir o`rgataverish, tanqid va nazorat 
qilish, faqat o`zidan kuchli odam oldidagina biroz o`zini tortish bilan bog’liq 
kommunikativ harakatlarni o`z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi uslublar 
go`yoki bir birini to`ldiradi. 
Hisob-kitobli muomala uslubi shundayki, unga ko`ra odam hamisha va har 
qanday vaziyatda aniq, bexato harakatlar qilishga intiladi, chunki bunday 
odam adashmay, doimo “to`g’ri, benuqson” bo`lishga intiladi, shuning uchun 
bunday insonning harakatlari doimo sun’iyday, his-tuyg’ulari esa mazmunsiz, 
doimo tazyiq ostiga olinganday bo`ladi. 
CHetlashtirilgan muomala uslubi o`zini nima qilib bo`lsa-da o`zgalardan 
uzoqda, muayyan masofada tutishga qaratilgan, odamoviday boshqalarning 
nazaridan ham, ularning ta’siridan ham o`zini tortadi (masalan, bizda odatda 
yangi kelinchak o`zini ana shunday tutadi). 
Etuk, adaptiv muomala uslubida esa inson hamisha o`z oiladoshlari bilan 
to`g’ri, samimiy, ochiq munosabatlarga tayyor bo`ladi. Bunday odam o`zining 
barcha fazilatlarini bilgani va saqlagani holda boshqalarning ham shaxs 
ekanligini, individualligini unutmagan tarzda muloqotga kirishadi. U 
gapirishni ham maromida eplaydi, o`zgalarni tinglashni ham biladi, shu 
sababli, unga qandaydir kommunikativ to`siqlar xatarli emas. 
Psixoterapevtik amaliyotda Satir ham Karl Rojers kabi barcha muomala 


35 
uslublarini tahlil qilar ekan, bir insonning boshqa bir insonni tinglay olishiga 
alohida e’tibor qaratadi. Asosiy maqsad shundan iboratki, har bir oila a’zosini o`z 
tartib-qoidalarini buzmagan holda muomala madaniyatiga o`rgatishdir. Masalan, 
oilaning muayyan tartib qoidalariga quyidagilar kirishi mumkin: “Yakshanba 
kunlari hamma to`planib, birga tushlik qilishadi”, “Otamiz uxlagan paytda unga 
hech kim xalaqit bermaydi”, “Maktab xarajatlari uchun bolalarga muayyan 
miqdorda pul beriladi” va hokazo. 
Ochiq tartib-qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham 
mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi bo`lishida katta rol o`ynaydi. 
Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida ko`tarilmasligi yoki 
ma’lum tarzda his-kechinmalarning namoyon etimasligida ko`rinadi. Masalan, 
otasining oldingi nikohdan farzandlari borligi mavzusi, oilada nogiron borligi, 
bolaning qandaydir falokat tufayli ruhan yoki jismonan dardman bo`lib qolgani, 
kimnidir qamalib ketganligi, ota va onaning birga yotmayotganligi, otaning spirtli 
ichimliklarga ruju qo`yganligi kabilar odatda oila a’zolari to`plangan paytda ochiq 
muhokama qilinmaydi. CHunki rasman taomil bo`yicha bunday holatlarga bevosita 
bolalarning aloqasi ham, aybi ham bo`lmaydi, shuning uchun ularda shu kabi 
salbiy tajriba paydo bo`lishidan saqlagan tarzda bu kabi holatlar muhokama 
qilinmaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling