F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Ikkinchi farzand (yoki o`rtancha


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Ikkinchi farzand (yoki o`rtancha) odatda kattalarga tobe, o`zgalar 
ko`magiga muhtoj, adolatsizlik, xaqsizliklar va qattiqlikka chidamsiz, 
boshqalarning munosabatlarini injiqlik bilan qabul qiladigan bo`lib o`sadi. U akasi 
yoki opasiga qarab, uning soyasida ayyorroq, epsizroq bo`lib ko`rinadi, chunki 
tug’ilganidan yonida undan kattalar borligiga u ko`nikib boradi. O`rtancha 
farzandlardan yaxshi san’atkorlar, sportchilar, diplomatlar, odamlar bilan ishlashga 
ustasi farang rahbarlar yetishib chiqishi ham mumkin. 
Kichik farzand umrining oxirigacha o`zini kichikman, deb his qilishga 
moyil bo`ladi, uni hech kim hafa qilishi mumkin emas. Hamisha g’amxo`rlik 
og’ushida bo`lgan kichkintoy, kelajakda ham hamma yerda o`zini muhofazada, 
xavfsizlikda his etishga moyil bo`ladi va buni o`zgalardan talab ham qiladi. 
Ularning kayfiyati ko`pincha yaxshi bo`lib, yon-atrofidagilar bilan yaxshi 
muomalaga kirisha oladi. Odatda kichik farzandda muvaffaqiyatga erishish 
motivatsiyasi kuchli, raqobatbardoshlik talab etilgan sharoitda u chidamliroq 
bo`ladi. Afsuski, ularning nikoh borasida omadlari kamroq bo`lishi kuzatilgan, 
oilada kichik farzand bo`lganlar salga ajralishni o`ylaydi, chunki ulardan yaxshi 
vafodor, chidamli er yoki xotin chiqmaydi. SHu bois, turmush qurishga ham 
unchalik shoshmaydi, chunki o`ziga mas’uliyatni olishni yoqtirmaydi
Yagona farzandning sibling maqomi to`ng’ichnikiga yaqin. Ota-


131 
onaning umidlari va orzu-havaslarini bilib katta bo`lgan bola ko`p sohada, ayniqsa, 
intellektual sohada katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin, lekin odatda juda 
o`zini yaxshi ko`radigan, egoist bo`lib qolishadi. Ular jamiyatda ham xato qilib 
qo`yishdan qo`rqmaydi, muvaffiqiyat sari dalil yuradi, lekin har doim ham unga 
erisholmaydi, chunki odamlar bilan kirishimli emas. SHuning uchun o`zbeklarda 
“yagona farzand – farzand emas”, degan gaplar bor, ular ota-onaning kuyib-pishib, 
unga barcha imkoniyatlarni yaratib, yaxshi ko`rayotganligining qadriga yetmaydi. 
Bu kelgusida ham boshqa insonlarga nisbatan munosabatda o`z aksini topadi, 
keksayib qolgan ota-onaga to`ng’ich farzand qanchalik mehribon bo`lsa, yagona 
farzand buning aksi bo`lib, otasi va onasi vafotidan keyin ham ulardan xafa bo`lib 
yuradi, “nega meni tashlab ketishdi?”, deb. SHuning uchun yaxshi oila uchun 
kamida ikkita farzandning bo`lishi va ular o`rtasida yaxshi o`zaro 
munosabatlarning qaror topishi shaxs uchun ham, oila va jamiyat uchun ham 
foydalidir. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling