F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Siblinglar raqobati hodisasi G.T. Xomentauskas tomonidan fanga 
kiritilgan va o`rganilgan. Bunda bolalarning o`zaro munosabatlari, qachon bir-
biriga raqib, qachon birlashishlari o`rganilgan. Masalan, oilaviy inqirozlar paytida, 
ota-ona qazo qilganda yoki xastalanib qolganda ular albatta bir-biriga muruvvat 
qiladi, jipslashadi. Aksariyat hollarda esa, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda 
ko`pincha bitta ota-onaning farzandlari o`rtasida o`ziga xos tarang munosabatlar 
kuzatilgan. Bu narsa o`sha jamiyatlardagi shaxsiy avtonomiya fenomeni bilan 
bog’liq bo`lib, har bir inson ilk yoshlikdan faqat o`z manfaati uchun yashaydi va 
kurashadi. Bunday sharoitda sibling munosabatlarining faqat ijobiy bo`lishiga 
erishish ancha mushkul. 
O`ziga xos demokratiya muhiti oilalarda barqaror bo`lgan o`zbekistonliklar 
millati, irqi, kelib chiqishi va iqtisodiy maqomidan qat’iy nazar, albatta, oilada ikki 
va undan ortiq farzand bo`lishiga intiladi va bolalar o`rtasidagi munosabatlarni 
ijobiy tarzda yo`lga qo`yish, oilaviy rollar taqsimoti borasidagi ishlarga alohida 
mas’uliyat bilan qaraydi. Bunda er-xotin momolar va bobolar o`gitlaridan, asriy 
an’analar samarasidan o`rinli foydalanishga intiladi. Hukumatning bu boradagi 


132 
demografik siyosati ham oilalar manfaatiga hamohang, yagona farzand mamlakat 
iqtisodi va uning istiqboli uchun yetarli emas ekanligini bizda hamma tushunadi.
Davlatimiz rahbari va hukumatning oilada sog’lom turmush tarzini 
barqarorlashtirish, milliy genofondni yaxshilash siyosatining tub ma’nosi 
mamlakatmizda dunyoga kelgan va kelayotgan farzandlar, avvalo, to`rt muchchasi 
sog’ tug’ilsin, sog’-salomat katta bo`lsin va ularni dunyoga keltirgan ona onalik 
baxtidan to`la baxramand bo`lib, turmush o`rtog’i bilan birgalikda baxtiyor 
sog’lom turmush tarzini oilasida barqaror etsin. Yurtimizning barcha yirik 
shaharlarida tashkil etilgan skrining markazlari, petenatal shifo maskanlarining 
asosiy vazifasi sog’lom farzandlar tug’ilishini oldindan aniqlash va nogironlikning 
oldini olishdir. Zero, “Sog’lom ona – sog’lom nasl” shiori har bir 
o`zbekistonlikning qalbiga singib ketgan naqldir. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling