-G`arch-g`arch,qoch-qoch!- deb javob qaytarardi. Faqat “G`arch-g`arch, qoch-qoch!”-boshqa hech gap yo`q!2
Tarjima matnida ba’zi so`zlar qo`shilgan. “ko`piklar sachrab, kavsh qaytarib”so`zlari asliyatda keltirilmagan bo`lsada, tarjimada transformatsiyaning qo`shish usulidan foydalanilgan. Ushbu jumlada shuningdek, transformatsiyaning kompensatsiya turini kuzatish mumkin. Ya’ni, “Humph” so`zi tushurib qoldirilgan va uning o`rni boshqa so`zlar bilan to`ldirilgan.
Quyidagi misolda ham leksik transformatsiyaning o`rin almashtirish turidan foydalanilgan:
Asliyatda: ‘Camel, O Camel, come and fetch and carry like the rest of us.’ Tarjimada: Tuya! Hov tuya! Odamning oldiga bor, u bilan birga yurib bizday ov qil!- dedi. “Fetch and carry” so`z birikmasi “Longman Dictionary of Contemporary English” lug`atida keltirilishicha, “to do simple and boring jobs for someone as if you were their servant” , ya’ni “birovning xizmatkoriday oddiy va zerikarli ishni qilish” ma’nosini anglatadi.3 Ammo mutarjim leksik transformatsiyaning konkretlashtirish turidan foydalanib, bu so`zlar itga tegishli bo`lganligi sababli uning inson uchun qiladigan ishlaridan biri ya’ni ov mashg`uloti “fetch and carry” iborasi o`rnida ishlatilgan. Asliyatda:
That made the Three very angry (with the world so new-and-all)1
Do'stlaringiz bilan baham: |