Faktoring operatsiyalari


Download 4.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.10.2023
Hajmi4.58 Kb.
#1720671
Bog'liq
Faktoring - Vikipediya



Faktoring
faktoring operatsiyalari
Faktoring — bu boshqa iqtisodiy subʼektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish
yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi.
Faktoring (ing. factor — agent, vositachi) — kichik va oʻrta firma (mijoz)larga tijorat banklari
va ularning shoʻʼba faktorfirmalari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar turi. 16—17-
asrlarda savdo vositachilari tomonidan amaliyotga kiritilgan, keyinchalik mijozga aylanma
kapital uchun kredit berishning bir turiga aylandi. F.da faktorfirma mijoz (tovar yetkazib
beruvchi)lardan qarzdorlarning qisqa muddatli karzlarini undirish huquqini sotib oladi va
firmalarning qarzlarini (majburiyatlarini) mijozga toʻlaydi, yaʼni qarzni qaytarish muddatidan
oldin uning 70—90%ni mijozga qaytaradi, qarzning qolgan qismi, foizlar chegirilgan holda
qarzdorlar faktorfirma oldidagi oʻz qarzini batamom uzganidan keyin qaytariladi. F.da mijoz
oʻzining qarzdorlaridan qarzni undirish huquqini faktorfirmaga oʻtkazadi.
Ayniqsa, Gʻarb davlatlarining iqtisodiy amaliyotida keng qoʻllaniladi. F. boʻyicha kreditlar
muddati 90—120 kun atrofida, kredit foizlari rasmiy bank stavkasidan yuqori turadi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Download 4.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling