Факультетда мавжуд таълим йыналишлари ва мутахассисликлар


Osmotik bosim. Vant-Goff qonuni


Download 78.07 Kb.
bet2/3
Sana23.02.2023
Hajmi78.07 Kb.
#1224172
1   2   3
Bog'liq
Umumiy va noorganik kimyo 10-ma\'ruza (1)

Osmotik bosim. Vant-Goff qonuni.


Turli eritmalarning osmotik bosimini o‘lchash natijasida 1886-yilda golland olimi Vant-Goff elektrolit bo‘lmagan moddalarning uncha yuqori bo‘lmagan konsentratsiyali eritmalarini osmotik bosimini konsentratsiya va haroratga bog‘-liqligini aniqladi (Vant-Goff qonuni):
P = C · R · T
bu yerda: P - eritmaning osmotik bosimi;
C - eritmaning molyar konsentratsiyasi;
R - gazlarning universal doimiysi;
T - harorat.
Eritmaning molyar konsentratsiyasi:
Bundan: . U holda:
tenglama Mendeleyev-Klaypeyron tenglamasiga o‘xshaydi.

Eritmaning bug’ bosimi. Raul qonunlari.


Suyuqlik bilan muvozanatdagi bug‘ning o‘zgarmas haroratdagi bosimi suyuqlik-ning bug‘ bosimi deyiladi. Suyuqlikning bug‘ bosimi bilan tashqi atmosfera bosimi tenglashsa suyuqlik qaynaydi.
Toza erituvchining bug‘ bosimidan eritmaning bug‘ bosimi doimo past bo‘ladi. Eritma bug‘ bosimlarini o‘rganish natijasida 1887-yilda fransuz fizigi Raul quyidagi bog‘lanishni aniqladi.
Raulning I-tanometrik qonuni:
Eritma bug’ bosimining pasayishi eritmadagi erigan moddaning molyar qismiga teng.
bu yerda: Po - toza erituvchining bug’ bosimi;
P - eritmaning bug’ bosimi;
N2 - erigan moddaning molyar qismi:
n - erigan moddaning mol miqdori;
n1- erituvchining mol miqdori.
Raulning II-(ebulioskopik va krioskopik) qonuni.
Eritma qaynash haroratining ko‘tarilishi va muzlash haroratining pasayishi eritmaning molyal konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional.
tqay. = E · m; tmuz. = K · m.
Eritmalarda zaryadlangan zarrachalar mavjudligini 1818-yilda T.Grotgus aniqlagan. Shuning uchun eritmalardan elektr toki o‘tadi. Moddalarning suvdagi eritmalari elektr tokini o‘tkazishiga qarab ular elektrolitlar va elektrolitmaslarga ajratiladi.
Suvdagi eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o‘tkazuvchi moddalar elektrolitlar deyiladi. Masalan, ko‘pgina asos, kislota va tuzlar bunga misol bo‘ladi. Suvdagi eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar deyiladi. Masalan, shakar va boshqa organik birikmalar shular jumlasidandir.

Download 78.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling