Факультетда мавжуд таълим йыналишлари ва мутахассисликлар


Download 78.07 Kb.
bet1/3
Sana23.02.2023
Hajmi78.07 Kb.
#1224172
  1   2   3
Bog'liq
Umumiy va noorganik kimyo 10-ma\'ruza (1)


NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti
«Foydali qazilmalar va qayta ishlash texnologiyalari» kafedrasi
MAVZU: ERITMALARNI XOSSALARI
«KIMYO»
fanidan ma’ruzalar matni
16-ma’ruza
60721600-FQKGQRyo’nalishi

Ma’ruza darsining rejasi:


1.

Osmotik bosim. Vant-Goff qonuni.

2.

Eritmalarning bug‘ bosimi.

3.

Raulning I-qonuni.

4.

Raulning II-qonuni.

Osmotik bosim. Vant-Goff qonuni.


Eritmadagi erigan modda va erituvchi zarrachalarining tartibsiz harakati tufayli eruvchi modda erituvchining butun hajmi bo‘yicha bir tekisda taqsimlanadi. Agar silindrga qandning konsentrlangan eritmasini quyib, uning ustiga ehtiyotlik bilan suyultirilgan qand eritmasini solsak, qandning konsentrlangan eritmadan suyultirilgan eritmaga o‘tishi, suvning esa suyultirilgan eritmadan konsentrlangan eritmaga o‘tishi yuz beradi. Har bir modda o‘zining konsentratsiyasi kam bo‘lgan tomonga o‘ta boshlaydi. Ana shunday moddalarning o‘z-o‘zidan o‘tishiga, ya’ni ular konsentratsiyalarining tenglashishiga olib keluvchi jarayon diffuziya deyiladi.
Agar shisha silindrga KMnO4 ning eritmasini quysak va unga chayqatmasdan turib, suv qo‘shilsa, diffuziya hodisasini kuzatish mumkin. Avval keskin chegara kuzatiladi, lekin sekin-asta chegara yo‘qola boshlaydi; bir necha vaqtdan keyin erigan modda erituvchining butun hajmi bo‘yicha bir tekis taqsimlanadi va butun suyuqlik bir xil rangga kiradi. Bunda erituvchi va eruvchi moddalar zarrachalari qarama-qarshi yo‘nalishda diffuziyalanadi. Bu jarayonni ikki yoqlama diffuziya deb ataladi.

Osmotik bosim. Vant-Goff qonuni.


Agar ikki eritma orasiga erituvchi o‘ta oladigan, lekin eruvchi modda o‘ta olmaydigan to‘siq parda qo‘yilsa, ahvol boshqacha bo‘ladi. Bunday pardalar yarimo‘tkazgich pardalar deb ataladi. Ular tabiatda ham uchraydi va sun’iy yo‘l bilan ham hosil qilinadi. Masalan, mis ko‘porosi eritmasi shimdirilgan g‘ovak sopol silindr kaliygeksasiano(II)-ferrat eritmasiga tushirilsa, silindr g‘ovaklariga mis geksasiano(II)-ferrat cho‘kib qoladi. Shunday usul bilan ishlangan silindr yarimo‘tkazgich parda xossasiga ega bo‘lib qoladi. Silindrga shakar eritmasi solinib, suvga botirilsa, faqat suv molekulalarining o‘tishi hisobiga sopol idishdagi eritmaning hajmi ko‘paya boshlaydi, undagi qandning konsentratsiyasi kamaya boshlaydi. Yarimo‘tkazgich orqali bo‘ladigan bunday bir yoqlama diffuziya osmos deb ataladi. Eritmaning ko‘tarilishi hisobiga nayda suv ustunining ortiqcha bosimi vujudga keladi. Bunday gidrostatik bosim eritmaning osmotik bosimi deyiladi. Gidrostatik bosim ma’lum qiymatga yetganda osmos to‘xtaydi va muvozanat hosil bo‘ladi.
Osmos hodisasi xayvonlar va o‘simliklar organizmi hayotida muhim rol uynaydi. Xujayralar po‘sti suv yaxshi o‘ta oladigan, lekin xujayra ichi suyuqligida erigan moddalar deyarli o‘ta olmaydigan pardadan iborat.

Download 78.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling