Fanning nazariy Asoslari.
Xavf-inson faoliyati davrida uning sog’ligiga va ish qobiliyatiga bevosita yoki bilvosita salbiy ta’sir etuvchi,ko’ngilsiz oqibatlarga olib keluvchi holat, jarayon, obekt va vositalar.
Xavfsizlik-ma’lum darajada xavf tug’ilishi bartaraf etilgan faoliyat xolati.
Xavfsizlik psixologiyasi-mehnat jarayonida yuz beradigan ruxiy jarayonlarni ,ruxiy xususiyatlarni va ruxiy xolatlarni o’rganuvchi fan.
Insonning tabiiy analizatorlari-tabiiy sezgi azolari: ko’rish, eshitish, titrashni sezish, taktil analizatori (mehanik ta’sirini sezish ), haroratni sezish , og’riqni sezish , tam va hidni sezish , organik sezgi , harakat analizatori.
Xavfning taksonomiyasi-xavfning kelib chiqish tabiati, turi, oqibatlari, tuzilishi,insonga tasir etish xarakteri va boshqa shu kabi belgilari asosida tasniflanib bir sistemaga keltrilishi.
Xavfning nomeklaturasi-xavfning ma’lum bir belgilarga ko’ra tartibga solinib sistemalashtrilgan ro’yxati.
Xavfning kvantifikatsiyasi-xavfning sifat darajasi aniqlanib va baxolanib unga sonli xarakteristika berilishi.
Xavfning identifikatsiyasi-xavfning va uning soniy hamda vaqtli ko’rsatgichlarini aniqlash jarayoni.
Tavakkalchilik-xavfni yuzaga kelishi, amalga oshish chastotasi,xavfni sonli baxolash mezoni.
Tavakkalchilikni sonli baxolash-faoliyat davrining ma’lum vaqt oralig’ida sodir bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlarini sodir bo’lishi extimol qilingan xavfga,oqibatga nisbati:
bu yerda H-bir yida ro’y beradigan baxtsiz xodisalar tufayki xalok bo’lganlar soni. N-umumiy ishlar soni .
Tavakkalchilikni aniqlash uslublari- muxandislik, modelli, ekspert, sotsiologik.
Tavakkalchilikning maqbul konsepsiyasi- ma’lum bir davrda va sharoitlarda ayrim xavfli va zararli faktorlarga ruxsat berilishi (tan olishi ). << Absolyut xavfsiz >> konsepsiyasidan vos kechilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |