FV larni xavfni tarqalish tezligiga koʻra turlari-qoʻqqisdan ( yer qimirlashlar , portlashlar, transport avariyalari va b ) ; shiddatli (yong’inlar,gidrodnamik avariyalar ) ; oʻrtacha ( suv bosish , vulqon otilishi ) ; tekis - sekin tarqaluvchi ( epidemiya , qurgʻoqchilik , tuproklarni va suvlarni ifloslanishi va h.k. )
FV larning kompleks belgilari- lokal , maxaliy , regional , milliy , global .
Zararlanish oʻchogʻi- FH lar vaqtida xavfli va zararli faktorlar taʼsir etuvchi chegara , u oddiy va murakkab turlarga boʻlinadi
Oddiy zararlanish oʻchog’i- bitta zararlovchi faktor taʼsirida yuzaga keladigan FH markazi . 2
Murakkab zararlanishi o’chog’i- bir necha faktorlar birgalikdagi taʼsiri natijasida yuzaga keladi.
Zararlanish uchogʻi shakli ( formasi ) - aylanasimon , yoʻlsimon , noaniq shaklda .
FHlarni rivojlanish bosqichlari - boshlanish ( yuzaga kelish ) : initsirovka bosqichi: kulminatsion bosqich , soʻnish bosqichi .
FHlar vaqtida aholini himoya qilish prinsiplari-oldindan belgilangan tayyorgarlik ishlari, differensial yondoshish, kompleks tadbirlarni amalga oshirish.
Himoya inshootlari- aholini fizikaviy, kimyoviy va biologik xavfli va zararli faktorlardan himoya qilishga qaratilgan muhandislik inshooti.
Shaxsiy himoya vositalari (shhv)- ichki aʼzolarga, teriga va kiyimga radioaktiv va zaxarlovchi moddalar va bakteriyalar tushmasligini oldini olishga xizmat qiluvchi vositalar.
FH lar vaqtida hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash- insonning barcha faoliyati davrida uning hayoti va sogʻligʻini saqlashga qaratilgan tashkiliy, muhandis- texnik tadbirlar va vositalar majmuidan iborat.
FH lar vaqtida aholini hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar:
aholini fh lar vaqtida xarakat qoidalariga oʻqitish;
fh lar xavfi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berishni tashkillashtirish;
radiatsion , kimyoviy va biologik razvedka xamda dozimetrik va kimyoviy tekshirish ishlarini tashkil etish ;
yongʻinga va epidemiyaga qarshi profilaktik va sanitar - gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish
axolini qutqarish uchun zarur material vositalar zaxirasini tashkil etish .
Do'stlaringiz bilan baham: |