Noosfera- biosferaning inson tomonidan boshqariladigan yangi sifat holati, biosferaning oliy bosqichi.
Biosferaga ta'sir etuvchi omillar turlari : tabiy va antropogen.
Tabiiy omillar –geomagnit maydon ,kosmik nurlar, vaznsizlik,tabiiy nurli kuchlanishlar,tabiiy ofatlar.
Antropogen ta'sirlar- inson faoliyatining biosferaga ta'siri.
Urbanizatsiya - shaharlar salmog’ining va shahar turmush tarzining ortishi.
Atmosfera -yerni o'rab turgan havo qobig’i. Yunoncha "atmos - bug", "sfera - shar" manosini bildiradi. Atmosfere er bilan birga aylanadi.Atmosfera bo’lmasa er yuzi kunduzi +120 ° c gacha qizib, kechasi -180 ...- 200 ° c gacha sovub ketar edi.
Stratosfera-er yuzidan 40-50 km uzoklikdagi qatlam. Uning quyi qismida harorati -45 ° c ..- 75 ° c gacha pasayadi.
Troposfera- atmosferaning 10-16 km balandlikgacha bo’lgan quyi qismi.
Mezosfera va termosfera – atmosferaning yuqori qatlami.Qutb yog’dulari, “Yulduz uchishi” hodisalari shu qatlamda ro’y beradi.
Litosfera - yerning kattik kobigi. Yunoncha “ litos - tosh " , " sfera - shar " degan ma’noni bildiradi .
Kriosfera-yer yuzini muzliklar va qorliklar bilan qoplangan qismi .
Ozon ( ) qatlami –atmosferaning 20-30 km oralig’ida joylashgan o’ziga hos himoya kobig’i
Ozon qatlamining yemirilgan maydoni -1999 –yilgi ma’lumot bo’yicha Evropa qitasining maydoni(20507000 kv.km) ga teng.
<< Smog >> zaxarli tuman,tutun aralashmasi hamda havoning harakatsiz turib qolish holati.
Avtomobil chiqaruvchi gazda-200 dan ortiq zararli birikmalar mavjud.
Sof toza havo tarkibi - 77% azot, 21% kislorod, 1% inert gazlarva 1% C , - gasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |