Факультетда мавжуд таълим йыналишлари ва мутахассисликлар
Energotexnologiyaga kirish
Download 68.67 Kb.
|
ENERGOTEXNOLOGIYA 1-ma\'ruza (1)
Energotexnologiyaga kirishJadallashtirilgan texnologiyaga o‘tishda mahsulot sifat kursatkichlarini o‘sishiga e'tibor qaratiladi. Olinadigan mahsulotning bir birligiga sarflanadigan issiqlik-energetik resurslar ham bu kursatkichlar qatoriga kiradi. Jarayon jadallashtirish natijasida mahsulotni ishlab chiqarishni «xar qancha qimmatga tushsa» ham ko‘paytirishga intilish solishtirma energiya sarfiyotini oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun jadallashtirilgan jarayyonlarni ishlashda jadal ishlayodigan reyaktor va massa almashtirgich apparatlar qatorida energiyani tejovchi texnologiyalarni xam qo‘llash zarur bo‘ladi. Ma'lumki energotexnologiya soxasida energoresurslarning 15% yaqini sarflanadi. Ko‘pchilik kimyoviy korxonalarda energiya sarfi sarfiyotlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari energiyani kup manbalari shu jumladan tabiiy gaz, neft, toshko‘mirlar bir kator mahsulotlarning kimyoviy sintez yo‘li bilan olishda zarur xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun xom ashyodan kompleks foydalanishni ta'minlovchi modda va energiyani birvarakayiga ishlab chikaruvchi texnologiyani yaratish zaruriyati tug‘iladi. Bunday masalalar jumladan, yirik tonnali xalq xo‘jaligining tarmog‘i sifatida rivojlanayotgan bog‘langan azot ishlab chiqarishi korxonalari oldida turibdi. Kimyoviy jarayonlar energotexnologiyasi fanining zimmasiga bo‘lajak mutaxassislar texnologik ob'ektlarda issiqlik energiyasini xarakatga keltirish,energetik texnologiyani kombinasiyalash [boshqa usullarda qo‘llash], issiqlik sxemalarini tuzish, ikkilamchi issiqklik energoresurslardan to‘g‘ri foydalanish, jarayonlarning energetik samaradorligini baholash, issiqlik yuqolishini kamaytirish kabi kerakli bilim va ko‘rsatmalar berish hisoblanadi. Ushbu fanni o‘rganish asosan fizika, amaliy mexanika, noorganik, organik va fizikaviy kimyo kabi fanlarga tayanadi. «Energiyatexnologiya» atamasi oxirgi yillarda keng ommalashmokda. Ushbu texnologiya ustida so‘z ketganda kimeviy texnologiyada mahsulotlar va energiyani birgalikda ishlab chiqarish, shuningdek energetik resurslarni tejab sarflashni tushunish kerak. Kimeviy texnologiyaning rivojlanishi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish xajmining usishi, ayrim agregatlar quvvatining ortishi va shunga mos ravishda energetik sarfietlarni kupayishi natijasida kimyoviy energiya texnologiyasi atamasi paydo bulishi tabiiydir. Texnologiya rivojlanishining birinchi bosqichida mahsulotni ishlab chiqarish usullarining ishlanmasini yaratish asosiy masalalardan hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda mahsulot sifatini yaxshilash, materiallar sarfini tejash, apparatlar unumini oshirish kabi masalalar xal kilinadi. Bu masalalarni xal kilish borasida energetik resurslar sarfini tejash, va nihoyat yaxlit iqtisodiy kriterielar buyicha jaraenni optimallashtirish muammosi vujudga keladi. Texnologiyaning shu tartibda rivojlanishi kimyoviy texnologiyada energetik jarayonlar masalasiga oxirgi yillargacha xam juda kam e'tibor berilganligidan dalolat beradi. Download 68.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling