факультети «Бинолар ва иншоотлар қурилиши» кафедраси Қурилиш конструкциялари фанидан
Download 0,63 Mb. Pdf ko'rish
|
betonning asosij fizik-mexanik xossalari
Yuk ta’siridagi deformatsiya (modulь deformatsiyasi)
Betonning deformatsiyasi prizmani siqish yo’li bilan aniqlanadi. Agar prizmani bosqichma-bosqich yuklansa va bunda har bir bosqich deformatsiyani ikki martadan o’lchansa (yuk qo’yilganda va ma’lum muddatdan so’ng), kuchlanish -deformatsiyalanish « b
b » diagrammasida pog’onali chiziq hosil bo’ladi. Yuk qo’yilishi bilan o’lchangan deformatsiya-elastik va u kuchlanishga to’g’ri proportsional, yuk ostida ushlab turilgan vaqtda rivojlangan deformatsiya- plastik deformatsiya bo’ladi. Elastik deformatsiya namunani tez yuklanganda hosil bo’ladi. Yuklash tezligini kamaytirish yoki namunani yuk ostida uzoq vaqt ushlab turish, plastik deformatsiyaning o’sishiga sabab bo’ladi. To’liq deformatsiya elastik - e va plastik - r1 deformatsiyaning yig’indisi b e + r1 ga teng bo’ladi. Yuklash bosqichlari ortib borganda « b - b » grafigi egri chiziqdan iborat bo’ladi. Ma’lum bosqichdagi kuchlanishni nolgacha tushirilganda namunadagi qoldiq plastik deformatsiya hosil bo’ladi, u vaqt o’tishi bilan qisman tiklanadi (taxminan 10%). Bu holat elastik qoldiq deformatsiyasi - er deyiladi. SHunday qilib, deformatsiya qiymati kuchlanish miqdoriga va yukning ta’sir vaqtiga bog’liq. Tajribadan kelib chiqqan xolda kuchlanish va deformatsiya orasidagi bog’liqlikni ( b
bu ) Guk qonuniga asosan, betonning elastiklik modulni E b bilan belgilash mumkin.
b
0 b b
(1.4)
Elastiklik moduli beton mustahkamligiga bog’liq bo’lib b 0,3 bu bo’lganda, plastik deformatsiya yuqori qiymatga ega bo’ladi. Hisoblashda o’rtacha modulь yoki elostaplastik modulь deformatsiyasidan foydalaniladi. Bu tangens burchagidan iborat bo’lib, to’la deformatsiya egri chizig’idagi berilgan nuqta bilan kesishgan joydan o’tgan
b,re
tg 1
b b (1.5) to’g’ri chiziqdir. Betondagi kuchlanishni elastik va to’liq deformatsiya orqali ifodalansa quyidagi kelib chiqadi: b b
E b
b
E b,re
bundan (1.6)
E b,re
e b E b
E b
Bunda -beton siqilgandagi elasto-plastik holatini aniqlaydigan koeffitsent. Uning qiymati 1-0,45 bo’ladi, agar qisqa muddatli yuk ta’sirida bo’lganda; 0.1-
0.15- bo’ladi agar uzoq muddatli yuk ta’siri ostida bo’lsa. Beton cho’zilganda elastik plastiklik moduli E bt,rl
t
b
(1,7) Bunda: t - cho’zilganda betonning elastik plastik holatini aniqlovchi koeffitsient bt
bt,u bo’lganda tajriba ma’lumotlariga ko’ra t 0,5 ga teng bo’ladi. Elastiklik moduli betonning klassi ortishi bilan ortib boradi. Xulosa qilib aytganda betonning deformatsiyasi, bir tomondan betonning tarkibiga, mustahkamligi va zichligiga, to’ldirgich va tsementning elastik-plastik xossalariga, ikkinchi tomondan esa kuchlanish holatlariga, yukning qiymati va davomiyligiga hamda iqlim sharoitiga bog’liqdir.
Download 0,63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling