факультети «Бинолар ва иншоотлар қурилиши» кафедраси Қурилиш конструкциялари фанидан
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
betonning asosij fizik-mexanik xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq muddatli yuk ta’siri ostidagi deformatsiya (tobtashlash).
Yukning uzoq muddat ta’siri.Uzoq muddat yuk ta’sirida bo’lgan beton
vaqtinchalik bu
kuchlanishda plastik deformatsiya o’sadi va beton mustaxkamligiga ta’sir etuvchi betonning ichki tarkibida o’zgarishlar ro’y beradi. Betonni siqishda uzoq muddatli yuk ta’siridagi chegaraviy qarshiligi 0,9 bu ni tashkil etadi. Uzoq muddatli yuk ta’siri ostidagi deformatsiya (tobtashlash). Uzoq vaqt doimiy yuk ta’sirida turganda betonning noelastik deformatsiyasini o’sish xususiyati tobtashlash (polzuchestg’) deyiladi. Tobtashlash deformatsiyasi elastiklik deformatsiyasidan 3-4 barobar ko’p bo’lishi mumkin. Tobtashlashning kirishishdan farqi shuki faqat u tashqi yuk ta’siri bo’lgandagina kuzatiladi. Bu holatda deformatsiya hajmiy bo’lmay, balki chiziqli (kuch ta’siri yo’nalishida) b 0,5
R b chegarasida bo’ladi. Tobtashlash holati bahzi po’latlarda ham oz bo’lsada, lekin kuzatiladi. Temirbeton konstruktsiyalarida betonni tobtashlashi yaxshi holat emas (negaki u kuchlarni qayta taqsimlashga egilishni ko’payishiga olib keladi), ammo uni sodir bo’lishi tabiiydir. SHu bilan birga beton deformatsiyasi kuchlanishni boshqacha holatda qayta taqsimlanishiga ham sabab bo’lishi mumkin, bu birinchi holatdagidan farqli zaruriy ijobiy holat hamdir. Konstruktsiyalardagi beton plastikligi va "egiluvchanligi" (podatlivostg’) kam yuk ta’siridagi kesim yuzalarini ham ishga tushib ketishiga olib keladi, natijada konstruktsiyani samaraliroq ishlashiga olib keladi. Bu plastik deformatsiya bilan bog’liq bo’lganligi sababli boshqa tomoni ham bor. Ammo eng muhimi betonni siqilishida birdaniga xavfli buzulish holati ro’y berishini oldini oladi. Bunday holat konstruktsiyaning ishlash jarayonida muhim omil hisoblanadi. Tobtashlash deformatsiyasi asosan dastlabki uch-turt oy davomida kuzatiladi va u bir necha yil davom etishi mumkin. Betonni tobtashlash deformatsiyasi va uning o’sish tezligi ko’pgina omillarga bog’liq. Xususan, ko’p yuk tushishi natijasida betonda tobtashlash ortadi, yangi (yosh) betonga yuk qo’yilganda eskisiga qaraganda ko’proq tobtashlashi mumkin. Beton nam joyga qaraganda quruq joyda (2 marotaba) ko’proq tobtashlaydi. Betonning tobtashlashiga texnologik omillar ham ta’sir qiladi. TSement miqdorining va W C ko’pligi tobtashlashni oshiradi, beton qorishmasini yaxshilab shibbalash esa tobtashlashni kamaytiradi. Betonni tobtashlash holati uning tarkibi, uzoq kristallanishi va tsementdagi gelь miqdorining kamayishi bilan bog’liq. Yuk ta’sirida gelь kristallari bilan to’ldirgichlari o’rtasida kuchlanishni qayta taqsimlanishi ro’y beradi. Vaqtlar o’tishi bilan kuchlanishni qayta taqsimlanishi to’xtaydi natijada deformatsiya bo’lmaydi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki tobtashlash deformatsiyasi r1 =(30..150)x10 -5 o’zgaradi, (0,3...1,5 mm/m). Po’lat armatura betonni erkin tobtashlashiga to’sqinlik qiladi. Armatura bilan betonni bir-biriga kirishuvi oqibatida tobtashlash kuchlanishni o’zaro ular o’rtasida taqsimlanishiga olib keladi. Vaqtlar o’tishi bilan betondagi kuchlanish kamayadi, armaturada esa ko’payadi. Bu jarayon doimiy davom etadi. Beton tobtashlashi oxiriga yetganda deformatsiya to’xtaydi. Betonning toblanishi katta ahamiyatga ega, shuning uchun ham konstruktsiyani uzoq muddatli yuklar ta’siriga hisoblashda buni albatta e’tiborga olinishi zarur.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling