факультети «Бинолар ва иншоотлар қурилиши» кафедраси Қурилиш конструкциялари фанидан


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana02.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#193297
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
betonning asosij fizik-mexanik xossalari

Yukning  uzoq  muddat  ta’siri.Uzoq  muddat  yuk  ta’sirida  bo’lgan  beton 

vaqtinchalik 

bu

  qarshilikka  nisbatan  kamroq  kuchlanishda  buziladi,  chunki  bunday 



kuchlanishda  plastik  deformatsiya  o’sadi  va  beton  mustaxkamligiga  ta’sir  etuvchi 

betonning  ichki  tarkibida  o’zgarishlar  ro’y  beradi.  Betonni  siqishda  uzoq  muddatli 

yuk ta’siridagi chegaraviy qarshiligi 0,9 

bu



 ni tashkil etadi. 

Uzoq muddatli yuk ta’siri ostidagi deformatsiya (tobtashlash). 

Uzoq  vaqt  doimiy  yuk  ta’sirida  turganda  betonning  noelastik  deformatsiyasini 

o’sish  xususiyati  tobtashlash  (polzuchestg’)  deyiladi.  Tobtashlash  deformatsiyasi 

elastiklik deformatsiyasidan 3-4 barobar ko’p bo’lishi mumkin. 

Tobtashlashning kirishishdan farqi shuki faqat u tashqi yuk ta’siri bo’lgandagina 

kuzatiladi.  Bu  holatda  deformatsiya  hajmiy  bo’lmay,  balki  chiziqli  (kuch  ta’siri 

yo’nalishida) 

b



 0,5


R

b

 chegarasida bo’ladi. 



Tobtashlash  holati  bahzi  po’latlarda  ham  oz  bo’lsada,  lekin  kuzatiladi. 

Temirbeton  konstruktsiyalarida  betonni  tobtashlashi  yaxshi  holat  emas  (negaki  u 

kuchlarni  qayta  taqsimlashga  egilishni  ko’payishiga  olib  keladi),  ammo  uni  sodir 

bo’lishi  tabiiydir.  SHu  bilan  birga  beton  deformatsiyasi  kuchlanishni  boshqacha 

holatda qayta taqsimlanishiga ham sabab bo’lishi mumkin, bu birinchi holatdagidan 

farqli  zaruriy  ijobiy  holat  hamdir.  Konstruktsiyalardagi  beton    plastikligi  va 

"egiluvchanligi"  (podatlivostg’)  kam  yuk  ta’siridagi  kesim  yuzalarini  ham  ishga 

tushib  ketishiga  olib  keladi,  natijada  konstruktsiyani  samaraliroq  ishlashiga  olib 

keladi. Bu plastik deformatsiya bilan bog’liq bo’lganligi sababli boshqa tomoni ham 

bor.  Ammo  eng  muhimi  betonni  siqilishida  birdaniga  xavfli  buzulish  holati  ro’y 

berishini oldini oladi. Bunday holat konstruktsiyaning ishlash jarayonida muhim omil 

hisoblanadi. 

Tobtashlash deformatsiyasi asosan dastlabki uch-turt oy davomida kuzatiladi va 

u bir necha yil davom etishi mumkin. 

Betonni  tobtashlash  deformatsiyasi  va  uning  o’sish  tezligi  ko’pgina  omillarga 

bog’liq.  Xususan,  ko’p  yuk  tushishi  natijasida  betonda  tobtashlash  ortadi,  yangi 

(yosh)  betonga  yuk  qo’yilganda  eskisiga  qaraganda  ko’proq  tobtashlashi  mumkin. 

Beton nam joyga qaraganda quruq joyda (2 marotaba) ko’proq tobtashlaydi. 

Betonning  tobtashlashiga  texnologik  omillar  ham  ta’sir  qiladi.  TSement 

miqdorining  va 



W

C  ko’pligi  tobtashlashni  oshiradi,  beton  qorishmasini  yaxshilab 



shibbalash esa tobtashlashni kamaytiradi. 

Betonni tobtashlash holati uning tarkibi, uzoq kristallanishi va tsementdagi gelь 

miqdorining  kamayishi  bilan  bog’liq.  Yuk  ta’sirida  gelь  kristallari  bilan 

to’ldirgichlari o’rtasida kuchlanishni qayta taqsimlanishi ro’y beradi. Vaqtlar o’tishi 

bilan kuchlanishni qayta taqsimlanishi to’xtaydi natijada deformatsiya bo’lmaydi. 



Tajribalar shuni ko’rsatadiki tobtashlash deformatsiyasi 

r1



 =(30..150)x10

-5

 o’zgaradi, (0,3...1,5 mm/m). 



Po’lat  armatura  betonni  erkin  tobtashlashiga  to’sqinlik  qiladi.  Armatura  bilan 

betonni  bir-biriga  kirishuvi  oqibatida  tobtashlash  kuchlanishni  o’zaro  ular  o’rtasida 

taqsimlanishiga  olib  keladi.  Vaqtlar  o’tishi  bilan  betondagi  kuchlanish  kamayadi, 

armaturada  esa  ko’payadi.  Bu  jarayon  doimiy  davom  etadi.  Beton  tobtashlashi 

oxiriga yetganda deformatsiya  to’xtaydi. Betonning toblanishi katta ahamiyatga ega, 

shuning uchun ham konstruktsiyani uzoq muddatli yuklar ta’siriga hisoblashda buni 

albatta e’tiborga olinishi zarur. 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling