факультети «Бинолар ва иншоотлар қурилиши» кафедраси Қурилиш конструкциялари фанидан


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana02.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#193297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
betonning asosij fizik-mexanik xossalari

Kirishish  va  shishish.  Betonning  muhim  xossalaridan  biri  uning  hajmiy 

o’zgarishidir. Beton hajmiy o’zgarishiga olib keladigan sabablardan biri kirishishdir 

(usadka).  Kirishish  —  betonning  tabiiy  holda  qotishishidagi  hajmini  kichrayishiga 

aytiladi.  Betonni  kichrayishiga  qotayotgan  tsement  gelь  hajmini  kichrayishi  va 

ortiqcha suvni beton tanasidan chiqishi sabab bo’ladi.  



Kirishish  beton  yoshiga,  tsement  miqdoriga,  tayyorlash  texnologiyasiga, 

elementning kesim yuzasi va shakliga bog’liq. U dastlabki kunlari juda tez kechadi, 

keyinchalik asta sekin to’xtaydi. 

Betonda tsement va suv miqdori qancha ko’p bo’lsa hamda atrof-muhit namligi 

qancha  past  bo’lsa  kirishish  shuncha  ko’p  bo’ladi.  Tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki, 

kirishish  deformatsiyasi  quruq  issiq  iqlimli  mintaqalarda  namli  mintaqalarga 

qaraganda 1,5...2 barobar va undan ko’proq bo’ladi. Ma’lumotlarga ko’ra betonning 

kirishishi 

sh

=(30...50)x10



-5

  gacha  bo’lishi  mumkin.  Bu  degani  1  metr  uzunlikda 

0,3...0,5  mm  gacha  qisqarishi  mumkin.  Bunday  deformatsiya  bir  qarashda  kamdek 

ko’rinadi,  lekin  u  qurilishda  o’zining  sezilarli  ta’sirni  ko’rsatadi.  Umuman  shuni 

ta’kidlash  joizki,  qurilish  konstruktsiyalarida  deformatsiya  miqdorini  juda  kichik 

konstruktiv elementlar deformatsiya miqdoriga nisbatan taqqoslab bo’lmaydi. 

Temirbeton  konstruktsiyalaridagi  armatura  kirishishni  ikki  martadan  ortiq 

kamaytiradi. Bunga sabab shuki, armatura ko’proq elastiklik moduliga ega va u beton 

bilan  birikib  uni  erkin  deformatsiyalanishiga  yo’l  qo’ymaydi.  Kirishish  betonni 

armatura bilan yanada mahkam tishlashishiga (stsepleniya) sabab bo’ladi, bu albatta 

ijobiy  holdir,  ammo  betonning  turli  qatlamlarini  har  xildagi  kirishuvi  (yuqori 

qismida-ko’proq,  ichki  qismida-kamroq)  ichki  kuchlanishni  yuzaga  keltiradi  (ichki 

qatlamlar  ustki  qatlamini  erkin  deformatsiyalanishiga  qarshilik  qiladi,  natijada 

yuzadagi  qatlamlarda  tortishish  kuchi  yuzaga  keladi).  Bu  kuchlanishlar  betonda 

mikrobuzilishga  olib  kelishi  mumkin.  Mikrobuzilishlar  asosan  to’ldiruvchi  bilan 

tsement toshi bog’langan sirtlarda paydo bo’ladi, bunday holatni bo’lmagani ma’qul. 

SHuni ta’kidlash joizki, hajmi katta bo’lgan konstruktsiyalarda kirishish ta’siri ancha 

sezilarli bo’ladi. 

Betonni  suvda  qotayotganda  hajm  jihatdan  kengayishi  shishish  deyiladi. 

SHishganda  beton  deformatsiyasining  qiymati  kichrayishga  qaraganda  2-5  marta 

kam, ya’ni shishishning o’rtacha qiymati 0,10 mm/m ga teng. 

Betonni harorat ta’siridagi deformatsiyasi alohida ahamiyatga ega.    

Harorat  deformatsiyasi  va  kuchlanishini  hisoblash  uchun  betonning  chiziqli 

kengayish koeffitsientidan foydalaniladi, uning qiymati tajriba ma’lumotlariga ko’ra -

40°  C  dan  +50°C  gacha  bo’lgan  haroratda  o’rtacha 

t



  =(0,7...1)

10



-5 

1



grad  tashkil 

etadi. (harorat 1°C o’zgarganda beton deformatsiyasi 0,01 mm/m ni tashkil etadi. Bu 

koeffitsientning qiymati to’ldiruvchining turiga, beton qorishmasining tarkibiga, atrof 

muhitning issiqliligi va namliligiga, betonning yoshi va o’lchamlariga bog’liq. 

Betonning harorat ta’sirida deformatsiyalanishi ikki   qismdan iborat bo’ladi. 

1. 


Deformatsiya  haroratning  o’zgarishiga  proportsional  ravishda 

o’zgaradi . 

t

 



 



t

(t–t


0

)



 

t



 

t

      



            (1.2) 

Bu yerda 

t

 -betoning harorat ta’sirida  chiziqli kengayish koeffitsienti; 



        

t

 -muhit haroratining o’zgarishidan xosil bo’ladigan farq, 



0

 C. 


2.Harorat farqidan hosil  bo’ladigan ichki kuchlanish 

t

E

E

t

b

t

b

t





              

 

       (1.3) 



bu  yerda 

E

b

-betonning  elastiklik  moduli.  Bu  massiv  konstruktsiyalarda 



(gidrotexnik) hamda statik noaniq tizimli konstruktsiyalarda qo’shimcha kuchlanishni 


yuzaga  keltiradi.  SHuning  uchun  qurilish  me’yorlarida  binodagi  temirbeton 

konstruktsiyalarining  deformatsiya  blokining  uzunligi  cheklangan.  (binolarda 

deformatsiya choklari cho’kish va seysmik choklar bilan birgalikda olib boriladi). 

 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling