Fakultet: Foydali qazish konlari geologiyasi


Download 492.39 Kb.
bet1/2
Sana07.11.2023
Hajmi492.39 Kb.
#1753080
  1   2
Bog'liq
Axmedov J. Petrografiya Mustaqil Ish





Geologiya fanlari universiteti
Fakultet: Foydali qazish konlari geologiyasi
Mustaqil ishi
Mavzu:
Bajardi: Axmedov Jasurbek Shuhratovich

Tekshirdi:

TOSHKENT-2023


Reja:
1.Porlyarizasion mikroskopni ishga tayyorlash
2. Mikroskopni markazlashtirish tartibi

Mikroskopni tuzilishi va uni ishga tayyorlash. Minerallarning barcha optik xususiyatlari polyarizatsion mikroskop yordamida o’rganiladi. Mikroskopning tuzilishi va ishga tayyorlash haqida ko’plab adabiyotlarda ma’łumotlar keltirilgan bo’lsa ham, u haqda alohida to’xtalib o’tamiz. Hozirgi vaqtda MP-3, MIN-8, POLAMR-312 markali mikroskopdan unumli foydalanib kelinmoqda. Keyingi yillarda zamonaviy mikroskoplar-MIN-8. MIN-10, Polam S-l Il, Polam R-211, Polam L-213. Polam-312 turlari paydo bo’ldi. Bu mikroskoplarning qulayligi shundaki, buyum stolchasi gorizontal hołda joylashgan. Yorug`lik manbayi transformator bilan bog`liq bo’lib, uning kuchini kamaytirish yoki ko’paytirish mumkin. Qolgan qismlarining tuzilishi MP-3, MIN-8 lardan uncha farq qilmaydi. Umuman olganda hozirgi kunda qutblashgan mikroskoplarning zamonaviy turlari juda ko`p. bulardan Lomo, Altami rusumlarini misol qilish mumkin. Undan tashqari, zamonaviy mikroanalizator ham amaliyotda keng qo`llanilmoqda. Bu mikroanalizator ikki asbobni o’z ichiga oladi: rentgen mikroanalizator va skanerli elektron mikroskop. Rentgen spektrlari (nuqtali


chiziqli yoki maydonli) bilan elementlaring miqdorini va sifatini aniqlab beradi. Tog` jins minerallari anshlifda 1 mikrondan to 300x300 mikron o`lchamli yuzada bo`lishi kerak. Bu asbob 70 dan ortiq elementni (bordan to urangacha), ya`ni 0,005 %dan to 100 %gacha aniqlashi mumkin. Energodispets pristavka ekspress analizlarni tez tayyorlashda qo’llaniladi.


MP-3 markali mikroskop shtativdan (1), yoritish uskunalari (2),buyum stolchasidan (3) va tubusdan (4) tuzilgan.



1.Shtativ ikkita qismdan iborat: pastki – yaxlit, qo’zg`almas va yuqori qo`zg`aladigan shtativdan tashkil topgan, o’z navbatida unga mikro-skopning ko’pgina asosiy qismlari o`rnatilgan. 2. Yoritish manbayi asosiy ko`zgudan va polyarizatordan iborat. Ko’zguning botiq tomoni birlashgan nur bersa, qavariq tomoni bir- biriga parallel yo’naltirilgan nurlar hosil qiladi.
Polyarizator (Nikol prizmasi) yoki pastki nikol mikroskopning
asosiy qismi bo‘lib, parallel nurlarni qutblab, bir tekislikda tebranuvchi
bir tomonga yo’nalgan nurlarni hosil qilgan holda o`tkazadi.
Kondensor linzasi polyarizatorning ustida joylashgan bo`lib, o’rga-
nilayotgan mineralga parallel nurlar to plamini yo’naltiradi. Yuqori linza esa (Lazo linzasi), yig`ma nurlar to’plamini hosil qilish uchun ishlatiladi.
Diafragma ozgina berkitilganda nurlarning tushish burchagi kamayadi, demak qiya tushayotgan nurtar o’tkazilmaydi, aksincha, parallel
nurlar o`tadi. Bu holatda nurlarning sinishi biroz aniqroq ko’rinadi.
(Bekke chizig’i, relyef, ulanish tekisliklari aniqroq ko’rinadi).
3. Buyum stolchasi 360° ga bo’lingan. Ikki tomonida noniuslar o`rnatilgan va ular yordamida minerallarning so’nish burchagi ajralish
darzliklar orasidagi burchakni va boshqa optik ko`rsatkichlarni o`lchash
mumkin. Bu stolchaga shaffof shliflar maxsus ushlagichlar yordamida
mahkamlanadi. Undan tashqari, Fedorov stolchasi, integratsion stolcha
(ISA-1) ham o’matish uchun joy qoldirilgan. 4. Mikroskopning tubusiga obyektiv, analizator, Bertran linzasi va okulyar o’rnatilgan. Obyektiv tubusning pastki qismida qisqich bilan mahkam-lanadi. Minerallaning optik xususiyatlanini o`rganishda obyektivlarning quyidagi turlari ishlatiladi: 3,5x-obyektivda – tog` jinslarining tuzilish xususiyatlari.

8x-9x-obyektivlarda mineral donachalarining shakli va ko`pgina boshqa optik xususiyatlari, 20x-sida mayda donali jinslar, 60x-sida esa yig’ma yorug’lik yordamida mineralning optik belgisi, optik o’qlar orasidagi (2V) burchagini hamda necha o’qliligi aniqlanadi. Har bir obyektivning o’zida markazlaydigan <> bor.


Analizator obyektivning tepasida joylashgan va undagi linzaning asosiy yo’nalishi polyarizatorga nisbatan 90° perpendikulyar joylashgan.
Ularing bunday joylanishiga nikollarning kesishgan holati deyiladi.
Analizatorning asosiy xususiyati - bu to’lqinlarni o`zaro perpendikulyar
tebranishini bir tekislikka keltiradi va kristallarni interferensiya ranglarini, so’nish xususiyatlarini o’rganadi. Polyarizator va analizatorlarning tuzilishi bir xil, ammo ular bir-biri bilan perpendikulyar joylashgan. Ular, asosan, island shpatidan tayyorlanadi, chunki uning yorug’lik nurini ikkilanib sindirish qobiliyati yuqori va o’zidan qutblangan bir xil tekislikda tebranuvchi yorug’lik nurini (oddiymas nurni) o`tkazadi. Bertran linzasi tubusning yuqori qismida joylashgan. U minerallarni yig’ma yorug’lik yordamida konoskopik (interferension) shakllarini o’rganishda ishlatiladi.
Okulyar (ko’rish doirasi) tubusning eng yuqorisida joylashgan bo`lib, u ikkita linzadan iborat, Linzalar orasiga bir-biriga perpendikulyar joylashgan iplar o`rnatilgan. Iplarning joylashishi polyarizator va analizatorlarning (asosiy kesimiga) tebranish tekisligiga parallel bo`ladi.

Okulyarning bir nechta turlari mavjud bo`lib, ular minerallarni – 6x-, 8x-12.5x va 17.5x marta kattalashtirib ko’rsatadi. Maxsus oltinchi okulyarda mikrometrik chizg`ich bor, uning yordamida mineral donachalari o`lchamlari aniqlanadi. 8-chi obyektivda bu mikrometrik chizg`ichning eng kichik bo`limi, 0,02 mm ga teng.


O’ratilgan mineral kattaligi obyektiv va okulyar ko’paytirmasiga teng. Mikroskopning umumiy kattaligi obyektiv va okulyar sonlarining. ko`paytmasiga teng.


Download 492.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling