Fakultet: Foydali qazish konlari geologiyasi
Okulyarlar va okulyar kamerasi
Download 492.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqAxmedov J. Petrografiya Mustaqil Ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroskopni markazlashtirish tartibi.
- Adabiyotlar
Okulyarlar va okulyar kamerasi.
Masalan, mineral donachasini kuzatayotganda 8-Obyektiv va 6-okuly ar bo’lsa, demak mineral 48 marta kattalashgan bo’ladi. Har qanday rusumli kmikroskopda ish boshlashdan oldin uning tayorligini tekshirish kerak. Buning uchun quyidagilami bajarish shart. 1.Nikollarning kesishgan holatini analizatori kiritish bilan tekshiriladi. Xuddi shu paytda okulyarda qorong’ilik kuzatiladi. Agar qorong’ilik bo`lmasa, polyarizatori burib, shu holatga keltiriladi. 2. Yustirovka – bu okulyaring kesishgan iplarini Nikollarning asosiy kesimlari bilan parallel ekanligini tekshirish demakdir. Bunda to`g’ri so`nadigan mineralning (biotit) ajralish darzligini tik ipga parallel qo’yilib, to`liq so’nishi kuzatiladi va 90° ga burib gorizontal ipning vaziyati tekshiriladi Mikroskopni markazlashtirish. Bu obyektiv o’qini mikroskopning asosiy o`qiga birlashtirishdir. Agar mikroskop markalashgan bo`lsa, Kuzatilayotgan mineral donachasi iplarning kesishgan joyidan qo`zg’al- masdan turadi. Agarda mineral donasi markazdan qo`zg’alsa, U holda obvektiv markazlashtiriladi. Markazlashtirishda ikki xil yo'1 bo`lishi mumkin; birinchisi, buyum stolchasini 180° ga aylantirilganda. markazga Mikroskopni markazlashtirish tartibi. qo'yilgan mineral donachasi ko`rish doirasi ichida qoladi. Ikkinchi holda esa, u ko`rish doirasidan tashqariga chiqib ketadi. Birinchi holatda mineral donachasi markazdan eng uzoqlashgan joyidan (2 nuqtadan) shlifni qo`1 bilan surib, belgilangan mineral donachasi uchinchi nuqtaga qo’yiladi va vintlar yordamida yana (1 nuqtaga) markazga qo’yiladi. Shu yo’1 bilan 2 yoki 3 marta takrorlanadi, toki markazga qo`yilgan nuqta buyum stolchasini aylantirganda bir joyda turmaguncha va natijada to`liq markazlashtirishga erishiladi. Ikkinchi holatda markazlashtirish xayolan bajariladi, ya`ni markazga qo`yilgan mineral donachasini buyum stolchani o`ng va chap tomonlarga aylantirib, uning aylanish doirasi topiladi. So`ng xuddi birinchi holatdagi bajarilgan ishlar amalga oshiriladi. Yuqorida qayd qilingan tekshirishlar bajarilgandan so’ng mikroskopda ish boshlash mumkin bo`ladi. Mikroskopda minerallarning optik xususiyatlarini aniqlash quyidagicha olib boriladi. 1.Bitta Nikol yordamida (analizatorsiz) mineral donachasi o’lchami uning shakli, ajralish darzligi, rangi, pleoxroizmi hamda nisbiy sindirish ko`rsatkichi kabi xususiyatlar o’rganiladi. Kesishgan nikollarda (polyarizator-analizator) minerallaring izo- trop va anizotropligi, qo`sh nur sindirish kuchi, so’nish xarakteri, indikatrisa o’qlarining joylanishi va boshqa optik xususiyatlari o`rganiladi. 3.Kesishgan nikollarda yig`ma yorug`lik nurlari yordamida miner- allaring optik belgisi, necha o`qliligi, optik o'qlar orasidagi burchagi (2V) interferension shakllari kuzatiladi. Adabiyotlar: 1. Petrografiya. Dolimov T.N.,< 2. https://intergen.ru Download 492.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling