Fakultet haqida


Download 6.36 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi6.36 Kb.
#188509
Bog'liq
òzmu tarix

Fakultet haqida

Tarix 1918 yil Turkiston Davlat Universiteti tashkil etilishi bilan uning tarkibida faoliyat yuritgан Tarix-filologiya va sharqshunoslik fakultet, keyinchalik Ijtimoiy fanlar fakulteti (IFF) ning` bo’limi sifatida tashkil etilgan. 1935 yildan boshlab Tarix alohida fakultet sifatida faoliyat yuritiб kelmoqda. Fakultetning ko’p yillik faoliyati davomida tarix bilan birgalikda arxeolog`iya, falsafa, siyosiy iqtisod, psixolog`iya, huquqshunoslik mutaxassisliklari bo’yicha ham kadrlar tayyorlangan.
Bugungi kunda fakultetda "Fakultetlararo O’zbekiston tarixi" - (1993 yilda tashkil etilgan, mudiri t.f.d. prof. R.H.Murtazaeva), fakultet qoshidag`i "O’zbekiston xalqlari tarixi" (1939 yilda tashkil topgan, mudiri - t.f.n., dots. Z.R.Ishonxodjaeva), "Manbashunoslik va maxsus tarix fanlari, mudiri - t.f.n. dots. Z.Saidbobaev), "Jahon tarixi" (1935 yil tashkil topgan, mudiri - t.f.n., dots. Ya.G’afforov), "Arxeologiya" (1940 yil 1 aprelda Arxeologiya kafedrasi tashkil etilgan mudiri - t.f.n., dots Sh.Sh. Bo’riev), "Etnologiya"(1994 yilda Etnografiya kafedrasi tashkil etilgan mudiri - t.f.n., dots. T.O’.Salimov), Sanatshunoslik va xalqaro madaniy aloqalar kafedrasi (prof. Abdirahimov A) kabi kafedralar faoliyat yuritadi.
Fakultet kontingentida jami 822 nafar talaba mavjud bo’lib, ulardan 667 nafari bakalavriat ta`lim bosqichi, 155 nafari esa magistratura ta`lim bosqichlarining kunduzgi shakli bo’yicha tahsil oladi.
O’quv jarayoni an`anaviy va zamonaviy usullarda ilg’or pedagogik tehnologiyalar asosida ma`ruza, seminar va amaliy mashg’u`lot shakllarida amalga oshiriladi. Yuqori malakali professor-o’qituvchilar ma`ruza mashg’ulotlarini olib boradi, yosh iqtidorli mutaxassis kadrlar esa seminar va amaliy mashg’ulotlarda ularga yordam beradilar. O’quv mashg’ulotlaridan tashqari paytlarda talabalarga jahonga mashxur bo’lgan fakultetimizninг fidoyi mutaxassislari: akademik A.R.Muxammadjonov, Yu.F.Buryakov, professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi va Beruniy mukofoti lauriyati I.M.Jabborov, prof. R.H. So`leymanov rahbarliklarida kafedralarda tashkil etilgan "Iqtidorli talabalar", "Talabalar to’garagi", "Master klass"lar doirasida turli o’quv-ilmiy mashg’ulotlar tashkil etilgan. Fakultet faoliyati davomida I.Dodonov, D.Lobashev, A.Hamraev, O.Toshmuhammedov, G`.A. Hidoyatov, A.S. Sagdullaev, H.G’ulomov, Z.O`. Choriev, A.S. Tatibaevlar tomonidan boshqarilgan. hozirgi paytda M.M. Haydarov rahbarlik qiladi.
Fakultet saytiga o'tish
Tarix fakulteti
Fakultet dekani Xaydarov Murodilla Maxmutalievich
Telefon 246-61-82
Elektron pochta history@nuu.uz
O'qish muddati 4 yil
Kirish imtihonlari Tarix, ona tili va adabiyot, chet tili
O'qitish tillari O'zbek, rus

Fakultet kafedralari


Kafedra Kafedra mudiri Telefon Fan doktori Fan nomzodi O'qituvchi
Etnologiya Salimov Tursun Usarovich 246-49-51 1 ta akademik, 2 4 8
Jahon tarixi Gafforov Yarash Xollievich 246-61-87 1 7 5
Manbashunoslik va maxsus tarix Saidboboev Zokir Abdukarimovich 246-61-87 1 5 4
O'zbekiston tarixi Ishonxodjaeva Zamira Raimovna 246-94-97 1 akademik, 5 5 7
Fakultetlararo O'zbekiston tarixi Murtazaeva Rahbarjon Xamidovna 246-36-56 2 9 1
Download 6.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling