Maxsus tarix fanlari turlari va ularning o`zaro bog`liqligi
Download 21.88 Kb.
|
Maxsus tarix fanlari turlari va ularning o`zaro bog`liqligi
Maxsus tarix fanlari turlari va ularning o`zaro bog`liqligi Reja:
Kirish Tarixning o‘rganishda maxsus tarixiy fanlar (yordamchi tarix fanlari)ni o‘rni va ahamiyati Xronologiya, numizmatika, metrologiya, paleografiya, tarixiy geografiya, tarixiy metrologiya, sfragistika, geneologiya toponimika Yordamchi tarix fanlaring o‘zaro bog‘liqligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish Tarixshunoslik - tarix fanining tarixini oʻrganuvchi fan. U tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki maʼlum bir muammoga bagʻishlangan tarixiy tadqiqotlarni oʻrganadi va tahlil qiladi. Nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan: sharqshunoslik, etno-logiya, arxeologiya va boshqalar) tarixi bilan ham shugʻullanadi. Bu fanning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida toʻplangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadqiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yoʻnalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiy-ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yoʻnaltirishdan iborat. Tarixshunoslik oʻtmishda kechgan va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning oʻsib borishi jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliqlikda ifodalaydi, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy muhitning tarix faniga taʼsirini, u yoki bu yoʻnalishdagi rivojlanish va tanazzulga yuz tutish sabablarini aniqlaydi. Shuningdek, fan taraqqiyotida oʻz oʻrniga ega boʻlgan markazlar tarixini, unda faoliyat koʻrsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qoʻshgan hissalarini oʻrganish kabi vazifalarni ham bajaradi. Download 21.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling