Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti tarix kafedrasi


Download 0.9 Mb.
bet1/11
Sana07.10.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1695003
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maruza matn.Tarixshunoslik




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
TARIX KAFEDRASI
TARIXSHUNOSLIK FANIDAN

NAMANGAN – 2023
Mavzu: Tarixshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari


REJA:

  1. Tarixshunoslik fanining predmeti.

  2. Tarixshunoslik fanining manbalari.

  3. Tarixiy bilimlar taraqqiyoti va tarixiy tadqiqot usullari, metodologiyasi.

Tarixshunoslik – tarix fanining tarixini o`rganuvchi fan. Tarixshunoslik tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki ma`lum bir muammoga bag’ishlangan tarixiy tadqiqotlarni o`rganadi va tahlil qiladi.Tarixshunoslik nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan, sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va b) tarixi bilan ham shug’ullanadi.Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida to`plangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadqiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yo’nalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiy-ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yo’naltirishdan iborat. Tarixshunoslik o’tmishda kechgan va bugunda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning o’sib borish jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda ma`lum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yo’nalishi bilan bog’liqlikda ifodalaydi, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy muxitning tarix faniga ta`sirini, u yoki bu yo’nalishdagi rivojlanish va tanazzulga yuz tutish sabablarini aniqlaydi. Tarixshunoslik shuningdek, fan taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tarixini, unda faoliyat ko’rsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qo`shgan hissalarini o’’ganish kabi vazifalarni ham bajaradi.


Tarixshunoslik tadqiqotlarining bir qancha tahlil usullari mavjud;
- qiyosiy tarixiy usul-turli tarixiy davrlarda tarixiy ma`lumotlar qanday paydo bo’ldi, harakatlandi,o`zgardi va rivojlandi, jamiyat taraqqiyotida tarixiy fikrlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi jarayonini aniqlashda qo’llaniladi;
-Aniq tahliliy usul-olib borilgan tarixshunoslik tadqiqoti voqea-hodisalar tafsilotini kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayonini nazariy va faktik materiallarning o’zaro aloqasida tahlil qiladi, ularning fanda qanday yoritilganligini o’rganadi;
-Mantiqiy-tahliliy usul-tarixshunoslikda katta imkoniyatlarga ega bo’lib, tarixiy muammoning o`ziga xos xususiyatlari, tuzilishi, boshqa tarixiy hodisalar bilan bog’liqligini o’rganishda qo’llaniladi.Boshqacha aytganda, ma`lum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yo’nalishi bilan bog’liqlikda ifodalaydi;
-Xronologik usul-voqea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda to’plangan tarixiy faktlarni o’zaro bog’liqlikda o’rganishda qo’llaniladi. Bu esa turli zamonda ilmiy fikrlarning harakatini, muammoga yondashuvda kontseptsiyalar, qarashlar, g’oyalarning o`zgarib borishini xronologik tartibda takroriy yoki xilma-xil jihatlarini ochib beradi;
-Davriylashtirish usulida ma`lum bir tarixiy-davriy chegarada tarix fanining sifat, uslub va xususiyatlarining o`zgarishiga ijtimoiy-iktisodiy munosabatlarning ta’siri, xar bir yangi bosqichda vujudga kelgan ilmiy g’oyalarni xarakatlantiruvchi omil va yunalishlar aniklanadi;retospektiv tahlil-xar bir ilmiy adabiyot uz davriga taallukli bulib, uning kuchli va kuchsiz jixatlarini uzida aks ettiradi. Tarixshunoslik tadqiqotlarida tadqiqotchining vazifasi uzidan avvalgi bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni zamonaviy bilimlar nuktai nazaridan urganish, ularning ijobiy va salbiy jixatlarini tahlil kilishdan iborat.
Tarixshunoslik tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. o`rta asrlarda yaratilgan ba’zi tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayxon Beruniyning «Qadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar» va «Xindiston», Abu Bakr Narshaxiyning «Tarixi Buxoro», SHarafiddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma», Boburning «Boburnoma», Muxammad YUsuf Bayoniyning «Tarixi Xorazm», «SHajarai Xorazmshoxiy», Axmad Donishning «Buxoro amirligining tarjimai xollari» va boshqalarda muayyan ma`lumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida tahliliy yondashuvga bulgan xarakatlar kuzatiladi.
O’zbekistonda tarixshunoslik tarix fanining maxsus soxasi va aloxida predmeti sifatida XX asrning II yarmida shakllandi.O’zbekiston FA Tarix instituti tashkil topgach, bir kator tarixshunoslar, jumladan V.X.Nepomnin, R.N Nabiev, I.K.Dodonov, L. M. Landa, X.I.Inoyatov, B.V.Luninlar muayyan muammolarning tarixshunosligini tadkik kilishga kirishdilar.1968 yil Tarix instituti koshida «Tarixshunoslik» sektori, keyinrok bulim tashkil etilishi bu soxaning rivojiga katta xissa qo`shdi.
(bulimni 1968-1988 yillarda t.f.d.B.V.Lunin, 1988-1992 yillarda t.f.n. V.A.Germanov boshqargan, 1992 yillardan t.f.d. prof.D.A.Alimova raxbarlik kilib kelmokda)
Istoriografiya tushunchasi ikki ma`noda qo`llaniladi:

  1. Tarixiy bilimlar taraqqiyoti va tarixiy tadqiqot usullariga doir fan ma`nosida.

  2. Muayyan tarixiy davrga yoki muammoga bag’ishlangan tarixiy tadqiqotlar majmuasi ma`nosida (masalan, hozirgi davr isto-riografiyasi).

O`rta Osiyo xalqlari tarixining istoriografiyasi deganimizda, O`rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi zamonlardan hozirgacha bo`lgan tarixiga manba bo`lib xizmat qiluvchi tarixiy tadqiqot, ya`ni tarixshunoslik asarlarini tushunamiz.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling