Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti tarix kafedrasi


Download 0.9 Mb.
bet8/11
Sana07.10.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1695003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maruza matn.Tarixshunoslik

Tuhfat ul-Xoniy (Xon sovg’asi)
«Tuhfat ul-Xoniy» 1722-1782 yillardagi Buxoro xonligi tarixiga bag’ishlangan asar bo`lib, XVIII asr O`rta Osiyo tarixchiligida «Tarixi Rahimxoniy» degan nom bilan ham ma`lum. SHarqshunos B. Ahmedovning fikricha, asar muallifi Oxund mul­la Muhammad Vafo ibn Muhammad Zokir Karminaviy (1685-1769) va Nasaf (Qarshi)lik domullo Olimbek Niyozqulibek eshondir. Buxoro xonligining 1134 (1722-1182) 1768 yillar orasidagi tarixi qariyb 50 yillik voqealarni Muhammad Vafo, qolgan davr (1183) 1768-1196/1782 yillar voqealari va mang’itlardan chiqqan ikkinchi hukmdor Muhammad Doniyol hukmron­ligi yillaridagi (1172/1759-1199/1785) voqealar Niyozqulibek tomonidan «Tuhfat ul-Xoniy» asari «Tarixi Abulfayzxoniy» tarixiy asarining tabiiy davomidir. Bu ikki asar mualliflari haqida tarix fani hozircha hech qanday ma`lumotlarga ega emas. Faqat qozi Vafo haqida ba`zi ma`lumotlar bor. «Ubaydullanoma» ning muallifi Mir Muhammad Amin Buxoriyning yozishicha 1118/1196 yillarda qori Vafo Ubaydullaxonning kitobdori bo`lgan. Aftidan u bu vazifada Abulfayzxon davrida ham va hatto dastlabki mang’it hukmdorlari davrida ham ishlagan.
«Tuhfat ul-Xoniy» tarixchilik nuqtai nazaridan shunisi bilan qimmatliki, unda o`quvchi O`rta Osiyo xalqlarining xo`jalik, ijtimoiy, siyosiy tarixiga oid boy faktlarni topadi. Jumladan, unda ko`chmanchi turk-mo`g’il urug’larining etti yil (1722-1729) davomida Zarafshon vohasining o`troq rayonlariga bosqini natijasida farovon joylar huvillab qolgani yoritilgan.
Mulla Mahammad Vafo eron shohi Nodirning yangi mang’itlar dinastiyasining asoschisi Muhammad Rahimxonga u Buxoro xon­ligi hududida o`z hukmronligini o`rnatayotganida bergan katta ko`magini keng bayon etadi.
«Tuhfat ul-Xoniy» mualliflarining Buxorodagi birinchi man­g’it hukmdorlarining qo`shni davlatlar bilan o`zaro munosabatlari to`g’risidagi ma`lumotlari ham juda qimmatlidir, O`zaro ichki urushlarga Xo`jand va Toshkent hukmdorlari, Qo`qon xon­ligi, Qashg’ar va Afg’oniston ham tortilgan edi. Hukmdorlarning taxtga o`tirish marosimlari va yuqori davlat mansablariga tayinlash azaldan ma`lum bo`lsa-da, «Tuhfat ul-Xoniy» dagi Mu­hammad Rahimxonning taxtga o`tirishi marosimi bayoni oldingi-laridan o`zining mufassalligi bilan ajralib turadi. Xususan unda bunday yoziladi: “Farroshlar toj kiydiriladigan xonaga gilam va poyondozlar to`shadilar va taxtni o`rnatdilar. Munajjimlar toj kiyish uchun maqbul vaqtni belgilashar, keyin amir va boshqa amaldorlar, obro`li din vakillari (Mahdumi A`zam Kosoniy, Sayyid ota, Xo`ja Muhammad Islom Juyboriy va Xoja Ahror avlodi vakillari) taklif etilardi. Xonaga ko`zlari bog’liq Muhammad Rahimxonni olib kirib, oq kigiz ustiga o`tkazish-di. Kigizning to`rt burchidan obro`li to`rt urug’: mang’it, o`tarchi, bahrin va saroy urug’i vakillari, kigiz chetlaridan esa yuqorida aytilgan to`rtovlon ko`zga ko`ringan din arboblari va obro`li to`qsabo, sadr, rais va sarkardalardan bir necha kishi ushlab turishardi. SHundan so`ng, yangi hokimni taxtga o`tkazish va ziyofat, xonga sovg’a taqdim etish boshlandi. Xon esa marosimda qatnashayotgan kishilar elkasiga qimmatbaho to`n yopardi. Muhammad Rahimxon­ning nomiga xutba o`qitilib, katta qishloq va asosiy shaharlarda uning nomi bilan tanga zarb etildi. Ushbu manbaga qaraganda, davlat mansablariga eng avvalo, mang’it, xitoy-qipchoq, bahrin, saroy, kenagas, jaloir, o`tarchi urug’larining vakillari tayinlanardi. Muhammad Rahimxon davrida Davlatbiy mang’it (xonning tog’asi) Buxoroning parvonachisi; Xo`jamyorbiy (xitoy qip­choq) xonning otalig’i va bosh amiri (amir al umaro); G’aybulla biy bahrin – Miyonqoldagi ettita urug’ning vakili -devon begidir Doniyolbiy mang’it- (xonning katta tog’asi) Mirasadni (xon maslahatchisi), Jahongirbiy-xon jibachisi (moliya va xazina ishini boshqaruvchi),uning o`g’li-Ulug’ o`roqchi (hosilning bosh yig’uvchisi); Barotbiy mang’it-(xonning akasi) Samarqand va viloyat hukmdori, Imomquli mang’it-YAkkabog’ hukmdori va parvonachi; Nizomiddin Ma`sud- bosh hushbegi; Xudoyor kenagas- Buxoro dodhosi (shahar boshlig’i) etib tayinlandilar va hokazo.
Diniy mansablar quyidagicha taqsimlandi: Mahdumi A`zam Kosoniyning avlodidan bo`lgan Isxoqxo`ja o`runi shohnishin (musulmon dindorlari boshlig’i); Muhammad Islom avlodidan Nasrullo xoja-SHayhulislom; Muhammad Xoja Sayyid Atoiy – naqib; Nizomiddin Husayniy-Buxoro va viloyatning qozi kaloni; Xoja Ahrorning avlodi SHahobiddin Xoja Samarqand va viloyat­ning shayhulislomi etib tayinlandi va hokazo.
«Tuhfat ul-Xoniy» boy etnografik materialga ega. Asarda nafaqat urug’larning nomi, balki ular yashagan joy va aholi soni ham (d 107 a, 120 b.) keltirilgan. Masalan, o`sha davrda Miyonqol vohasida bahrin, etti urug’ va jaloirlar yashagan; SHahrisabz bekligida kenagaslar; Qarshi va uning atrofidagi tumanlarda mang’itlar; G’uzorda-saroylar, Nurotada-burgutlar, Qubadiyonda-do`rmonlar, Hisor, O`ratepa va Urgutda-tuz va o`tarchilar, Jizzaxda-qirqlar, Boysunda-qo`ng’irotlar yashagan. Bu ma`lumotlar O`rta Osiyoning XVIII asr etnik tarkibini o`rganishga katta yordam beradi.
«Tuhfat ul-Xoniy» jahonda ko`p (mamlakatimizda 23 ta, Angliyada 1, Saudiya Arabistonida 1 ta) nusxada bo`lishiga qaramay, juda kam o`rganilgandir. Muhammad Rahimxonning Seraxs yaqinida 1160/1747 yilda qizilboshlar bilan to`qnashuvn aks eggan ruschaga o`girilgan parchani hisobga olmaganda, asarning na bayoniy, na tarjima nashri yo`q.
SHunday qilib, O`rta Osiyoning XVI asr-XIX asrning birinchi yarmidagi tarixini yoritgan tarixiy asarlarning barchasida o`xshash kamchilik bor. Mualliflar shohlar va ularning atroflaridagi amaldorlarga xushomad qilib, voqealarni bejab yozadilar, ko`z oldilarida yuz bergan voqealar mohiyatiga chuqur kirib bora olmaydilar. Oqibatda xalq noroziligi, ularning ko`tarilishlari sabablarini, siyosiy hayotning asl qiyofasini to`g’ri yorita olmaydilar. Ular ham feodalizm tarixchilariga xos bo`lgan o`ta an`anaviy madhiyabozlikdan qutila olmaganlar. Ammo bunday nuqsonlar Sovet davri tarixchiligida ham uchraydi. SHunga qaramay, yuqoridagi asarlar o`sha davrlar tarixiy voqealarini o`rganishda qimmatli ilmiy manbalar hisoblanadi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling