1.2. Azure Web Services App xizmati.
O'zimizning veb-loyihalarimizni nashr etishning eng tezkor yo'lini istasak, Azure App Service-ni o’rganib tanishib chiqishimiz zarur. App Service veb-ilovalarimizni mobil mijozlarimizni qo'llab-quvvatlash va osonlikcha foydalaniladigan REST API-larni nashr qilish uchun kengaytirilishini osonlashtiradi. Ushbu platforma ijtimoiy provayderlardan foydalangan holda autentifikatsiyani, ishlab chiqarishda sinovlarni shu jumladan doimiy va konteynerga asoslangan tarqatishni ta'minlaydi.
Biz bu orqali veb-ilovalar, mobil ilovalar va API dasturlarini yaratishimiz mumkin.Uchala dastur turi ham App Serviceda qo’llab quvvatlagani sababli, biz veb-saytni joylashtirishimiz, mobil ilova mijozlarini qo'llab-quvvatlashimiz va API-larimizni Azure-da ochishimiz mumkin. App Service DevOps-ni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lib bu nashr qilish va uzluksiz integratsiyalashgan joylashtirish uchun turli xil vositalarni qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu vositalarga GitHub webhooks, Jenkins, Azure DevOps, TeamCity va boshqalar kiradi.
Onlayn integratsiya vositasidan foydalanib, mavjud ilovalarni App Service-ga ko'chirishimiz mumkin. Azure-ga mavjud veb-ilovalarni ko'chirishda va veb-ilovalaringiz uchun to'liq boshqariladigan hosting platformasi kerak bo'lganda App Service-dan foydalanishimiz kerak. Bundan tashqari, biz mobil mijozlarni qo'llab-quvvatlashimiz yoki REST API-larimizni o'zimizning ilovamiz bilan tanishtirishimiz kerak bo'lganda App Service-dan foydalanganimiz ma’qul.
Buning uchun App Service birinchi veb-ilovamizni, mobil ilovamizni yoki API-ilovamizni yaratishni va joylashtirishni osonlashtiramiz va sinab ko’ramiz App Service bizga Azure hisob qaydnomasiga ro'yxatdan o'tmasdan platformani sinab ko'rish uchun qisqa muddatli dasturni taqdim etadi. Platformani sinab ko'rishimiz va Azure App Service dasturini yaratishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |