Fakultet: Tarix Magistrant
Download 35.07 Kb.
|
02.Annotatsiya (N.Abduvaliyeva)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra: Jaxon tarixi Ilmiy rahbar
- MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI Tadqiqotning maqsadi
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI Tadqiqotning maqsadi ilk O‘rta asrlarga oid Pop yodgorligi (Munchoqtepa) xilxonalaridan topilgan ashyolarning tarixiy rekonstruksiyasi jarayonlarini yoritib berishdan iborat. Tadqiqotning obyekti sifatida Pop (Balandtepa) qadimiy shahrining arxeologik o‘rganilishi tarix olindi. Tadqiqotning predmetini Pop shahri qabristoni – Munchoqtepadagi arxeologik qazishmalar tahlili hamda ularning tarixiy rekonstruksiyasi bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Arxeolog B.Matboboyevning “Qadimgi Farg‘onaning ilk o‘rta asrlar davri madaniyati (V-VIII asrlar arxeologik manbalarining tarixiy tahlili asosida)” nomli doktorlik dissertatsiyasini Munchoqtepa xilxonalari xususida ma’lumot beruvchi muhim tadqiqot sifatida ahamiyatga ega. Farg‘onaning ilk o‘rta asrlar davri moddiy va ma’naviy materiallari, xususan Pop yodgorligi (Munchoqtepa) xilxonalaridan topilgan ashyolar etnografik manbalar bilan solishtirib o‘rganilgan. Munchoqtepa sag‘analarining ajoyib saqlanishi, ulardagi dafn etishga oid urf-odatlar ko‘rsatib berilgan. Munchoqtepa arxeologik kompleksiga umumiy tavsif berilib, qabr va sag‘analaridan aniqlangan materiallarni ta’mirlash, tiklash hamda saqlash sharoitlari tahlil qilingan. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqot qadimgi davr tarixi madaniyatini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlariga qo‘shilgan ilmiy xulosalardan biri deb qaralmog‘i lozim. Dissertatsiya ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda jahon xalqlarining moddiy va ma’naviy hayotida muhim rol o‘ynagan ilk o‘rta asrlar yodgorligi bo‘lmish Pop nekrpoli umumiy tarzda o‘rganilgan bo‘lib, undan Jahon va O‘zbekiston tarixi, Arxeologiya asoslari va boshqa tarixiy fanlar uchun o‘quv-uslubiy majmualar yaratish, shuningdek, tarix yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar seminar mashg‘ulotlariga tayyorlanishda foydalanishlari mumkin. Download 35.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling