Fakultet tavsiyanomasi
Download 5,26 Kb.
|
FAKULTET TAVSIYANOMASI Xurramov Shomurod
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAKULTET TAVSIYANOMASI
- Agrobiologiya fakulteti dekani D.Jumanov
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Agrobiologiya fakulteti “O’simliklar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari karantini” ta’lim yo’nalishi bakalavr darajasini olgan Xurramov Shomurod Tog’aymurod o’g’li Surxondaryo viloyati Sherabod tumani IIB bo’limiga tavsiya etish yuzasidanFAKULTET TAVSIYANOMASI Xurramov Shomurod Tog’aymurod o’g’li 1994 yil 28-Sentabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug’ilgan, millati o’zbek. 2001-2010 yillarda Sherabod tumanidagi 50 umumiy o’rta ta’lim maktabida, 2010-2013 yillarda Surxondaryo viloyati Sherabod tumani pedagogika va iqtisodiyot kollejida tahsil olib, a’lo baholar bilan tamomlagan. Ma’lumoti oliy, 2018 yilda Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali Agrobiologiya fakulteti “5411500–O’simliklar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari karantini” ta’lim yo’nalishiga to’lov shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilib, 2022 yilda a’lo baholarga tamomlagan. Institutida tahsil olish davrida a’lo o‘qishi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda na’munali ishtirok etishi, intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o’zini ko’rsata olgan talabalar qatoridan bo’lgan. Bilimlarini qunt bilan o’rganishga harakat qilgan. U kamtarin va to’g’ri so’zliligi, mehribonligi tufayli hamkurslari hurmatiga sazovar bo’lgan. Xurramov Shomurod Tog’aymurod o’g’li nafaqat institut balki viloyat miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda muntazam faol ishtirok etib kelgan. Xurramov Shomurod Tog’aymurod o’g’li bugungi kunning iqtidorli kadrlariga qo’yilgan talablariga mos keladigan kadr sifatida Surxondaryo viloyati Sherabod tumani IIB bo’limiga ishga qabul qilishda tavsiya qilamiz. Agrobiologiya fakulteti dekani D.Jumanov Download 5,26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling