Fakulteti ­­ guruh talabasi


Buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash


Download 63.27 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi63.27 Kb.
#1560330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XURSHIDAGA

1.2.Buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash
Zahiraning ratsional miqdorini aniqlash uchun dastlab 1913 yilda taklif qilingan buyurtmaning optimal miqdori modellari (Economic order quantity models – EOQ)dan foydalaniladi. Barcha bu modellardagi optimallashtirish kriteriyasi sifatida buyurtmalar soni bilan bog`langan umumiy xarajatlarning minimumi xizmat qiladi. Umumiy nom – Uilson (Wilson) modellari nomiga ega bo`lgan modellar ham ancha nom qozongan va keng qo`llaniladi. Uilsonning bir nechta modellari ma’lum: asosiy model – buyurtmaning optimal miqdorini; bosqichma-bosqich to`ldirish orqali; defitsit orqali yuzaga keladigan yo`qotishlarni inobatga olgan holda aniqlash va buyurtmaning optimal miqdorini ulgurji chegirmalar mavjudligida aniqlash.
Barcha bu modellar doimiy xarakterdagi iste’molga qaratilgan. Iste’molning intensiv o`zgaruvida Uilson modellari buyurtmalar sonini baholashning yetarli darajadagi aniqligini bermaydi.
Asosiy model (uni yana klassik yoki ideal EOQ modeli deb ham atashadi) bir nechta asosiy shartlarga va dastlabki qarashlarga ega. Eng avvalo, model zahiralarni boshqarishning nazariy sikli uchun ishlab chiqilganini ta’kidlash joiz.
Quyidagi yo`l qo`yiladigan jihatlar zahiralarni boshqarishning nazariy sikli hisoblanadi:
1) barcha jihatlar bir turdagi tovarlarga mansub bo`ladi;
2) iste’mol (tovarlarni yuklash)ning doimiy tempi;
3) buyurtmani 
bajarishning doimiy vaqti;
4) buyurtmani yangilash siklining doimiy davomiyligi;
5) har bir buyurtma yakka holda yetib keladi;
6) iste’mol va yuk ortilishining tinimsiz sur’atda yuz berishi natijasida zahira darajasi nol bo`lgan paytdagina 
qabul amalga oshiriladi;
Sikl parametrlarining zahira iste’molni ta’minlash uchun har doim yetarli deb ko`rilishi.Zahirani boshqarishning nazariy sikli zahirani amalda boshqarishga to`g`ri kelmasligi oydinlashdi. Shunga qaramay, aynan nazariy sikl, ya’ni Uilson asosiy modelini qo`llash ideal shartlariga amaldagi holatni har tomonlama ko`rib chiqish va asoslangan boshqaruv qarorini qabul qilish uchun muhim bo`lgan ma’lumotlarni dastlabki qayta ishlashning vositasi sifatida qarash imkonini beradi.
Zahiraning optimal miqdori asosiy modeli nazariy sikl xarakteristikalardan tashqari ulgurji chegirmalarning yo`qligini nazarda tutadi. Buyurtmaning optimal miqdorini hisoblash formulasini chiqarish uchun buyurtmalar soni bilan bog`langan umumiy xarajatlar funksiya grafigini qurish muhimdir.

Download 63.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling