Urganch Davlat Universiteti ,,Fizika-matematika” fakulteti 151-Mexanika guruhi talabasi Atajanova Kumush Uktamovnaning ,,Impuls ta’siridagi to‘lqin jarayonlari” mavzusida yozgan bitiruvch malakaviy ishiga
TAQRIZ
Atajanova Kumushning bitiruv mlakabiy ishi tayinlangan vaqtlarda torning tebranish jarayoniga impuls tabiatli kuchlar ta’sir qilgan holni tadqiq qilishga bag‘ishlangan.
Bitiruv malakaviy ishida ikkinchi tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalarning yechimini topishda qo‘llaniladigan klassik usullardan biri bo‘lgan Fure usulidan foydalanib tayinlangan vaqtlarda impuls ta’sirga uchragan torning tebranish tenglamasining yechimi topilgan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, to‘rtta paragraf, xulosava adabiyotlardan iborat.
Ushbu ishda keltirilgan teorema va lemmalar qat’iy matematik isbotlangan. Kirish qismida masalaning dolzarbligi bayon qilingan.
Atajanova Kumushning bitiruv malakaviy ishini tayyorlash mobaynida uzluksiz ravishda ilmiy ijod qildi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi.
Ilmiy rahbar: Xasanov M.M.
Do'stlaringiz bilan baham: |