Fakulteti 3-kurs 9-1 guruh talabasi djalilov abdurahmonning,,Sport mahoratini oshirish
Download 88.76 Kb.
|
djalilov s mahorati
Buxoro davlat universiteti sirtqi bo’lim ,,Jismoniy madaniyat” fakulteti 3-kurs 9-1 guruh talabasi djalilov abdurahmonning ,,Sport mahoratini oshirish” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: Evropa chempionlari kubogi nechanchi yildan boshlab o‘tkazilgan Reja:
UEFA chempionlar ligasi (inglizcha: UEFA Champions League) — UEFA tasarrufi ostida har yili oʻtadigan Yevropadagi eng nufuzli klublararo turnir. Musobaqaning birinchi oʻtgan 1955/56 mavsumdan 1990/91 mavsumgacha nomi Yevropa chempioni kubogi boʻlgan. 1991/92 mavsumda esa musobaqa „Amstel chempionlar ligasi“ nomini oldi va guruh musobaqasidagi play-off tizimidan voz kechgan holda oʻz formatini oʻzgartirdi[1]. Bu birinchi Chempionlar ligasi oʻyini edi, hozirgi vaqtdagi musobaqa ramzi va gimni oʻsha vaqtda ishlab chiqilgan. 1992/93 mavsumdan boshlab, musobaqa hozirgi nomi bilan nomlana boshlandi. Kubok/Liga gʻolibi 22 klubga nasib etgan. Ulardan 12 tasi turnirda bittadan koʻp gʻolib boʻlishgan. Musabaqa g'olibligi boʻyicha rekord 11 karra gʻolib boʻlgan Ispaniyaning Real Madrid jamoasiga tegishli. Amaldagi gʻolib ham Ispaniyaning Real Madrid jamoasidir. Tarixi Yevropa chempionlari kubogi 1955 yilda „L’Équipe“ gazetasi sport jurnalisti va tahriri Gabriel Ano tomonidan berilgan taklif natijasida tashkil etilgan[2]. Qit'a turnirini o'tkazish goyasi ingliz nashriyotlari Vulverxempton 1954-yilning kuzida Moskvaning „Spartak“ jamoasini va „Gonved“ni ustidan qozongan g'alabasidan keyin jamoani dunyoning eng kuchli klubi deb jar solishgandan so'ng kelgan. Ano o'z gazetasida bergan javobiga ko'ra, eng kuchli klubni aniqlash uchun mehmonda va uyida oyin otkaza oladigan musobaqa tashkillashtirish kerakligini bildirgan. Keyingi kuniyoq Ano boʻlajak turnirning loyihasini ommaga eʼlon qildi. 1955-yilning yanvarida birinchi Yevropa chempionlari kubogi oʻtkazildi[3]. Kubokning birinchi 1955/56 mavsumida turnir ikkita oʻyinlik boʻlib (uyda va mehmonda), chiqarib yuborish bahsi boʻyicha ketgan. To 1992-yilgacha musobaqada mamlakat chempionlari va soʻnggi Yevropa chempionlari kubogi sohiblari bahs olib borishgan. 1991/92 mavsumdan boshalb musobaqa formatiga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, guruh bosqichi qoʻshildi. Keyingi yili esa UEFA Chempionlar ligasi deb yangi nom oldi. Shu asnoda yana bir qancha oʻzgaritishlar kiritildi, guruh tarkibidagi saralash bosqichi talablari ham oʻzgardi. 1997/98 mavsumdan boshlab bir qancha davlatlardagi ikkinchi oʻrinni egallagan (UEFA koeffisiyentlar jadvaliga koʻra) jamoalar ham qatnasha boshladi. Saralash bosqichi tizimi shunday tuzildiki, past koeffisiyentga ega davlatlar chempionlari guruh bosqichi boshlanmasidan oldin bir yoki bir necha saralash bosqichlarida qatnasha oladigan boʻlishdi. Yuqori koeffisiyentga ega davlatlardan qatnashuvchilar esa kurashni kechroq boshlaydigan boʻlishdi. Hozirgi vaqtda eng yuqori koeffisiyentga ega davlatlar Chempionlar ligasida toʻrtta jamoasi bilan qatnasha oladilar. 1960-yildan to 2004-yilgacha Yevropa chempionlari kubogi egalari hozirda bekor qilingan Qitʼalararo kubok musobaqasida Janubiy Amerikadagi Libertadores kubogi egalari bilan gʻoliblik bilan bahs olib borishgan. Hozirda Chempionlar ligasi gʻolibi FIFA tasarrufida oʻtuvchi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnasha oladi. Saralash
Xaritada koʻrsatilgan: Klublari Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan davlatlar Klublari Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etmagan davlatlar UEFA a'zolari bo'lmagan davlatlar Turnirdagi oʻrinlar soni UEFA koeffisiyentlar jadvaliga koʻra aniqlanadi: jadvalda 1-oʻrindan 3-oʻringacha egallagan assosatsiyalar, birinchi 4 ta jamoasi bilan ishtirok etadi; jadvalda 4-oʻrindan 6-oʻringacha egallagan assosatsiyalar, birinchi 3 ta jamoasi bilan ishtirok etadi; jadvalda 7-oʻrindan 15-oʻringacha egallagan assosatsiyalar, birinchi 2 ta jamoasi bilan ishtirok etadi; jadvalda 16-oʻrin va undan past oʻrinni egallagan assosatsiyalar, 1 ta jamoasi bilan ishtirok etadi; Jadvaldagi oʻrin jamoalar qaysi bosqichdan kurashni boshlashini ham belgilab beradi. Masalan, birinchi uchta assosatsiyalar birdaniga uchta jamoasi bilan guruh bosqichidan boshlaydi va toʻrtinchisi esa play-off. Jadvalda eng pastda turganlar esa faqatgina bitta jamoasi bilan ishtirok etadi. 2004/05 mavsumda „Liverpul“ Chempionlar ligasini yutgan, lekin Angliyada 5-nchi oʻrinni egallagan, 4-nchi oʻrinni esa „Everton“ klubi egallagandi. Angliya futbol federatsiyasi yoʻllanmani Evertonga berishga qaror qilgandi, lekin UEFA esa ikkala jamoa ham musobaqada ishtirok etishi mumkinligini bildirgan: „Liverpul“ 1-saralash bosqichdan, „Everton“ esa 3-saralash bosqichidan boshlagan. Shundan soʻng, UEFA gʻolib jamoa milliy chempionatida qaysi oʻrinni band etganiga qaramasdan keyingi mavsumdagi guruh bahsiga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshilishi haqida qaror qabul qildi[4]. Bundan tashqari u qarorga koʻra, birorta ham mamlakat bundan buyogʻiga toʻrttadan ortiq jamoasini bahsga qoʻshmasligini ham qarorida taʼkidladi. Chunki baʼzi davlatlar Chempionlar ligasida toʻrtta jamoasi bilan qatnashadi va vaziyat taqozosi bilan oʻsha davlatning jamoasi gʻolib boʻladigan boʻlsayu, lekin ichki chempionatida Chempionlar ligasida qatnashish huquqini beruvchi oʻrindan past oʻrinni egallagan boʻlsa, keyingi mavsumdagi musobaqada oʻsha chempionatda qatnashish huquqini beruvchi oʻrinni soʻngisini egallagan jamoa Yevropa ligasida qatnashadi. 2005/06 mavsumda „Liverpul“ va „Artmedia“ jamoalari musobaqa tarixidagi barcha saralash bosqichidan oʻtib guruh bosqichiga chiqa olgan birinchi jamoalar boʻlishdi. 2008/09 mavsumda esa „BATE“ va „Anortosis“ jamoalari ham bu natijani takrorlay olishdi. Turnirda qatnashish uchun jamoalar baʼzi talablarga javob berishlari kerak: Har qaysi jamoa oʻzining milliy assosatsiyasi litsenziyasiga ega boʻlishi, stadionga ega boʻlishi, UEFA tarafidan kurashga ruxsat berilganligi, talabga javob beruvchi infratuzilma va moliyaviy talablar. Bosqichlar Musobaqa bir necha bosqichlardan tashkil topgan va toʻrtta saralash bosqichdan boshlanadi. Jamoalar 2 tadan oʻyin (uyda va mehmonda) oʻynashlari kerak. Umumiy hisobga koʻra gʻolib boʻlgan jamoa keyingi saralash bosqichga oʻtadi. Barcha saralash bosqichidan oʻtgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshilgan jamoalar bilan birgalikda guruh bosqichiga oʻtadi. Qur’a natijasiga koʻra, jamoalar 4 tadan 8 ta guruhga boʻlinadi. Guruh bosqichi natijasiga koʻra, 1-nchi oʻrin va 2-nchi oʻrinni egallagan jamoalar play-offga chiqishadi. 3-nchi oʻrinni egallagan jamoa esa Yevropa ligasining 1/16 finaliga qoʻshiladi. Shundan soʻng, 1/8 finalga yana qur’a tashlanadi. Uning tartibiga koʻra:
Bir mamlakat ishtirokchilari va bir guruhdan chiqqan jamoalar bir-biriga qarshi oʻynashi mumkin. Guruhda 1-nchi oʻrinni egallagan jamoalar boshqa guruhda 2-nchi oʻrinni egallagan jamoa bilan oʻynaydi. 1-nchi oʻrinni egallagan jamoalar birinchi oʻyinni mehmonda oʻynashadi. Jamoalar 2 tadan oʻyin oʻynashadi, oʻyinlar natijasiga koʻra, bir jamoa 1/4 finalga yoʻl oladi. Bu bosqich uchun qur’ada hech qanday tartib belgilanmagan. Chorak finaldan soʻng yarim finalga oʻtiladi, keyin esa neytral maydonda bitta oʻyin bilan natijasi aniqlashuvchi final oʻyini oʻtkaziladi. Maydon UEFA tarafidan tuzilgan vaqtinchalik komissiya tarafidan topshirilgan arizalar boʻyicha tanlanadi. Maydon UEFAning 5 yulduzli reytingi talabiga javob berishi kerak boʻlgani tanlanishi kerak. 2009/10 mavsumdan boshlab Chempionlar ligasi formatiga bir qancha oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra: Uefa reytingida eng past oʻrinni egallagan mamlakatlardan jamlangan 6 ta klublar uchun dastlabki saralash bosqichi kiritildi. chempionlar va chempion boʻlmaganlar saralashiga boʻlindi: ikkinchi bosqichdan boshlab, oʻz mamlakatida chempion boʻlmagan dastlabki bosqich qatnashuvchilari faqatgina chempion boʻlmagan klublar bilan kuch sinashishadi. Guruh bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtuvchilar kvotasida oʻzgartirishlar kiritildi: UEFA reytingida eng katta reytingga ega boʻlgan, Angliya, Ispaniya, Germaniya chempionatlarida 3-nchi oʻrinni egallagan jamoalar uchun yana 3 ta joy qoʻshildi. UEFA reytingida 10-12 oʻrinni egallagan (Turkiya, Gretsiya, Daniya) mamlakat chempionlari uchun 3 ta joy qoʻshildi. 1/8 finaldagi 8 ta oʻyin ikki haftaga boʻlindi. 4 ta birinchi oʻyinlar fevralning 3-nchi haftasida, qolgan 4 tasi fevralning oxirgi haftasida oʻtkaziladi. Javob uchrashuvlari birinchi oʻyindan uch hafta oʻtganidan soʻng oʻynaladi. Final shanba kuniga toʻgʻri kelishi kerak. Mukofot pullari UEFA Chempionlar ligasiga chiqa olgan har bir jamoaga 2.1 mln. yevro bilan mukofotlaydi. Guruh bosqichida ishtirok etayotganlarga esa €3,9 mln. Guruh bosqichidagi har bir gʻalabaga €800 ming beriladi. Bundan tashqari UEFA har bir chorak finalchi uchun €3,3 mln., yarim final uchun €4,2 mln., finalga chiqqanlarga €5,6 mln. va gʻolib jamoaga €9 mln. mukofot pullari beriladi[5]. Homiylar
The Champions League logo is shown on the centre of the pitch before every game in the competition Turnirning tashkil topgan vaqtida homiylar soni 8 tadan oshmasligi kerakligi haqida qaror qilingan edi. Kelishuvga koʻra, bu kompaniyalar maydon perimetri boʻyicha 4 reklama lavhasi, aniq belgilangan miqdordagi biletlarda va oʻyinoldi va oʻyindan keyingi intervyularda kompaniyalarning ramzlari mavjud boʻlishi kerak. Shuningdek, bu kompaniyalar oʻyin oʻrtasidagi tanaffuslarda reklama uchun vaqt ham olishadi. Hozirgi vaqtda rasmiy homiylar quyidagi kompaniyalar sanaladi: Ford Heineken[6] MasterCard Sony[7] UniCredit Gazprom Shuningdek, turnir bilan quyidagilar hamkorlik qiladi : Adidas (UEFA bilan qilingan shartnomaga koʻra, uning tasarrufidagi barcha musobaqalarida toʻp yetkazib berishadi.) Konami (Chempionlar ligasining rasmiy video oʻyinlari yaratuvchisi) Jacques Lemans Kubok Yevropa chempionligi kubogi. 2006 yil. Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan jamoa kubokni 10 oy muddat oʻzida olib qolishi mumkin. Jamoaning gʻalabasidan esdalik sifatida kubokning nusxasi (haqiqiy kubokning 80 %idan katta boʻlmagan hajmda) beriladi. Umumiy 5 marta yoki ketma-ket 3 marta chempion boʻlgan jamoada kubokni oʻzida butunlay olib qolish huquqi mavjud. Birinchi kubokni fransuz gazetasi L’Équipe tomonidan turnirga taqdim etilgan. Keyinchalik Real Madrid umumiy hisobda 5 marta chempionlikni qoʻlga kiritganidan soʻng, kubokni oʻzida butunlay saqlash uchun oldi.
Kubokni butunlay saqlash uchun beshta jamoa olgan: „Real Madrid“ 5 ta ketma-ket gʻoliblikdan soʻng, 1960-yil. „Ayaks“ 3 ta ketma-ket gʻoliblikdan soʻng, 1973-yil. „Bavariya Myunxen“ 3 ta ketma-ket gʻoliblikdan soʻng, 1976-yil. „Milan“ 5 ta gʻoliblikdan soʻng, 1994-yil „Liverpool F.C.“ 5 ta gʻoliblikdan soʻng, 2005-yil Statistika Download 88.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling