Fakulteti guruh talabasi ning


Zahiriddin muhammad bobur va boburiylar davlatida iqtisodiyot masalalari


Download 73.71 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi73.71 Kb.
#1629812
1   2   3   4
Bog'liq
boburning ilmky qarashlari

Zahiriddin muhammad bobur va boburiylar davlatida iqtisodiyot masalalari
Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari o‘z davrining juda ko‘p sohalari uchun qomusiy xarakterga ega bo‘lgani kabi unda iqtisodiyot masalalari ham izchil aks etgan. Bu borada «Boburnoma»da qaysi shahar yoki qasaba (qishloq) haqida so‘z yuritilmasin, muallif uning iqtisodiy ahvoliga ham e’tibor qaratib, savdo yo‘llari, aholiga keladigan daromad turlari xususida so‘z yuritadi. Jumladan, Kobul shahrini ta’riflar ekan, «Koshg‘ar va Farg‘ona va Turkiston va Samarqand va Buxoro va Balx va Hisor va Badaxshondan karvonlar Kobulga kelurlar... Bisyor yaxshi savdoxonadur. Har yili etgi-sakkiz va o‘n ming ot Kobulga kelur», deb yozadi [Zahiriddin Muhammad Bobur, 2002]. Shu kichik qaydda Kobul shahri muhim iqtisodiy strategiya ob’ekti ekani, bu shahar savdo yo‘li ustida bo‘lib, Markaziy Osiyoning ko‘pgina shaharlaridan karvonlar kelib turishi, shu bilan birga, har yili o‘n mingga qadar ot keltirilishini qayd etgan. Bu qisqa va muhim ma’lumot Kobulning XVI asrdagi iqtisodiy holati haqida xabar beradi. «Boburnoma»dagi voqealar tasviriga e’tibor qaratilganda, o‘rta asrlarda davlat va inson hayotida soliqlarning o‘rni masalasida alohida javob borligini kuzatamiz. Iqtisodiyotning muhim bo‘lagi hisoblanmish soliqlar hukmdorlar uchun ham, soliq to‘lovchi boyu-kambag‘allar uchun ham hayot-mamot masalasi hisoblangan. Negaki, u zamonlarda soliq miqdori baland bo‘lsa, aholi och qolishi va halokatga yuz tutishi oddiy hol bo‘lgan. Shu bois Bobur Kobulda joriy qilingan islomiy soliq tizimini Hind zamini xususiyatlaridan kelib chiqib qo‘llagan, uning avlodlari ham Hindistonda adolatli soliq siyosati olib borish zarurligini to‘g‘ri tushunishgan va bu borada bir qancha islohotlar o‘tkazishgan. Buning uchun Bobur, eng avvalo, soliq siyosatining nazariy masalalarini ishlab chiqqan. Chunki Bobur Hindistonni qo‘lga kirita boshlagan paytdayoq tushunib etganki, bu yurtda soliq siyosatini boshqaradigan aniq bir tartibning o‘zi bo‘lmagan. Soliq yig‘ish bir roja (hokim)ning o‘z ishi bo‘lgan. Bobur soliq siyosati xususida bosh qotirarkan, u soliq yig‘ishning islomiy qoidalarga muvofiq holda ish ko‘rganini «Boburnoma» orqali bilamiz. Bobur soliq tizimining mohiyati, ularning davlat va jamiyat hayotiga o‘ta kuchli ta’sir o‘tkazishi mumkinligini yaxshi bilgani uchun ham Boburiylar davlatida soliq siyosati adolatli va keng xalq ommasi uchun mo‘‘tadil bo‘lishi nazarda tutilgan. Shuningdek, jahon madaniyatining nodir durdonalaridan biri bo‘lmish «Boburnoma»day ensiklopedik xarakterga ega keng qamrovli asarda muallif davlatni boshqarish, davlat xazinasini tashkil etish, olinayotgan soliqlarni daromadlar miqdoriga qarab belgilash kabi masalalar bilan bir qatorda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda xorijiy savdogarlarga nisbatan soliqlar sohasida imtiyozlar berish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratgan Bobur davlati barpo etilgunga qadar Hindiston hududida hukm surgan o‘nlab katta-kichik davlatlarning xazinani tashkil etish, uning daromadlaridan foydalanish, soliq tizimi va siyosati, soliqlarning turlari va ularni aholidan yig‘ib olish tartiboti bir-biridan keskin farq qilgan. Har bir roja (hokim)likning o‘z soliq yig‘ish usuli bo‘lgan. Soliqlarning turlari ko‘pligi, ularni yig‘ib olishning tartibi qat’iy emasligi va soliq miqdori juda katta ekanligidan aholi qattiq qiynalgan [Раззоқов, 2011; 166.]. Bobur Hindistonda davlat xazinasini adolat tamoyillari asosida tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli soliq islohoti o‘tkazgan, butun davlat miqyosida yagona soliq tizimini yaratib, soliqlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirgan. Avvallar har bir rojaning o‘z qoidalari bo‘yicha yig‘iladigan soliq va yig‘imlar Bobur davrida yagona islomiy qoida va tartibot asosida olinadigan bo‘lgan. Bobur o‘z davlati hududida yagona soliq tizimi va bir xil soliqqa tortish tartibini joriy etgan, soliqqa tortishning muhim manbai bo‘lgan ekin yeri maydonini o‘lchash, hunarmandlar daromadini aniqlash tizimini takomillashtirgan. Hindistonda Bobur va boburiylar saltanatida quyidagi soliq va yig‘imlar mavjud bo‘lgan: yer solig‘i, savdo (tamg‘a) solig‘i, zakot (musulmonlar uchun), jiz’ya (musulmon bo‘lmagan aholi uchun), o‘lpon to‘lovlari, tuz solig‘i va boshqalar. Shuningdek, urushlar natijasida keladigan o‘ljalarning beshdan bir qismini, musodara qilingan egasiz mol-mulklar davlat g‘aznasiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan .Bu bilan cheklanmagan olim moliya va soliq bo‘yicha ishlab chiqqan tavsiyalarini saltanatida o‘zi amaliyotga joriy ham etgan.
Zakot yil hisobidan beriladi, avval bergan zakotidan bir yil o‘tish sharti mavjud bo‘lib, bu muddat nisob yili deyiladi. Zakot beruvchi ozod shaxs bo‘lishi (qul zakot bermaydi), zakot hisobi beriladigan mulki to‘liq bo‘lishi, o‘zining kundalik ehtiyoji sarfidan ortiq bo‘lishi kerak. Zakot mollari to‘rt qismdan iborat bo‘ladi: naqdina (naqd pul va mollar), savoiym (chorva mollari), tijorat moli, yerdan olinadigan daromad [Бобур Заҳириддин Муҳаммад. Мубайян ва насрий баёни, 2014; 213-217]. «Mubayyin» asarida bu to‘rt qism mollarining har biriga izoh berilgan. Bundan tashqari, asarda zakot farzlari hamda zakot berish mumkin bo‘lgan shaxslar bayon qilingan: 1) faqir (o‘ta qashshoq, topgani ibodat bilan kun kechirishga yetmaydigan); 2) miskin (nochor kun kechiruvchi); 3) omil (zakot yig‘uvchi). Shuningdek, qarzdorga zakot berilishi mumkin, mukotab (ozod qilingan qul)ga ham zakot bersa savob bo‘ladi. Shu bilan birga asarda zakot berilmaydigan shaxslar bayoni ham keltirilgan, bular: asl (otaona yoki buvi va bobo), far’ (o‘g‘il, qiz va nabiralar). Bundan tashqari, xotin eriga, er xotinga zakot berishi mumkin emas. Bobur soliq tizimida muhim o‘rin tutadigan ikki holat: ushr va xirojga alohida to‘xtaladi. Ushr deb yerga ekiladigan ekin va daraxtlardan olinadigan hosilga qarab olinadigan soliq bo‘lsa, xiroj ikki xil tarzda soliq sifatida to‘lanadi. Ulardan biri «muqosama» deb nomlanib, kelishuvga muvofiq olingan hosilning bir qismi xirojga beriladi), ikkinchisi «muvazzaf» deb nomlanib, uni vazifa qilib berish tarzida izohlash mumkin. Bunda olingan hosilning natijasiga qaralmasdan, yer maydoniga nisbatan soliq solinadi. Bulardan tashqari, mahalliy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan soliqlar ham mavjud bo‘lib, «ahbob» deb atalgan bunday soliqlarni mahalliy hokimiyat yig‘ib olgan va hokimlik ehtiyojlari uchun sarf qilingan. Bobur «Mubayyin» asarida ko‘rsatilgan islom huquqshunosligi bo‘yicha zakot va soliq turlarini Hindistonda ham joriy qilar ekan, birinchi navbatda, aholining kundalik yashash tarzi, uning moddiy ahvolidan kelib chiqib soliq turlari belgilanishini tayinlaydi. Bu holat nafaqat Boburning hayotligida, balki uning vafotidan keyin ham avlodlari amal qilishi lozim deb qaralgan. Shuningdek, Bobur va boburiylar davrida juz’ya (g‘ayridinlardan olinadigan soliq) muayyan muddatga bekor qilingan. Masalan, buddaviy hind islom dinini qabul etsa, undan tabiiy ravishda juz’ya olinmagan. Mabodo ikkilansa, ikkilanish davri ham belgilanib, mana shunday bir qarorga kelish davri uchun ham soliq vaqtincha olinmay turgan [Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi, 2017]. Boburning qator farmon va hukmlari Hindiston iqtisodiyotini rivojlantirish va moliyaviy hamda harbiy ahvolini yaxshilashga ulkan hissa qo‘shgan. Bobur xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish davlatning iqtisodiy qudratini oshirishning muhim omili ekanligini yaxshi tushungan. Uning bu xususdagi qarashlari ham «Boburnoma»da atroflicha bayon etilgan. Shu bois savdogarlarga katta engillik va imtiyozlar berilgan. Savdo ahlidan olinadigan soliq va yig‘imlar miqdori mo‘tadil, adolatli va oshkora bo‘lgan. Sotiladigan mahsulotlar miqdorining oshishi soliqlar hissasining kamayishiga olib kelgan va savdo rivojiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Bobur Hindistonda qurgan davlatning iqtisodiy asoslari bilan boburish podshoh va ularning mulozimlarigina emas, balki u bilan diplomatik aloqada bo‘lgan mamlakatlar, jumladan, Xuroson va Eronda hukmronlik qilgan Safaviylar sulolasi ham o‘rganib, o‘ziga maqbul jihatlarni olgan. Keyinroq XIX asrda Hindistonni zabt etgan ingliz mustamlakachilari ham davlatning iqtisodiy asoslarini o‘rgangan. Unga, bir jihatdan, urush va bosib olish orqali egalik qilish bilan cheklanmay, Agra, Dehli va Kalkutta shaharlarida Angliya Ost-Indiya savdo-tijorat kompaniyasining bo‘limlarini ochgan. Ular mavjud iqtisodiy ahvolni o‘rganish barobarida soliq tizimidan, nochor kambag‘allarning ahvolidan kelib chiqib, davlatga qarshi turli fitnalar uyushtirishgan. Bu haqda hind olimlaridan biri L.P.Sharma «Boburiylar saltanati» asarida ma’lumot bergan [Шарма Л.П. Бобурийлар салтанати, 1998; 170]. Boburdagi shaxsiyatidagi gumanizm, ulug‘ allomalarga xos tafakkur tarzi islomiy e’tiqodi uning davlatchilik faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U buyuk davlat arbobi bo‘lish bilan birga talantli shoir, san’at va adabiyot oshig‘i, o‘ta qobiliyatli olim, so‘ngra ajoyib harbiy sarkarda ham edi. Hindistonning XX asrdagi buyuk davlat arbobi Javoharla’l Neru «Hindistonning kashf qilinishi», «Jahon tarixiga nazar» nomli asarlarida Hindiston xalqlari tarixi xususida to‘xtalar ekan, Bobur qurgan markazlashgan davlat xususida ham o‘zining ijobiy qarashlarini bildirgan. Boburning va uning nabirasi Akbarshohning shaxsini ulug‘lagan va hind davlatchiligi tarixidagi o‘rnini to‘g‘ri ko‘rsatib bergan: «Boburning hind xalqiga qilgan eng katta xizmati shuki, u xalqimizning ruhiy-ma’naviy olamini kengaytirib, ularni o‘z kulbalaridan tashqariga qarashga, dunyoning naqadar katta ekanini anglashga majbur qildi» Bobur bunyodkor shaxs edi. Uning Agra shahri va atrofida yaratgan bog‘lari, qurdirgan inshootlari, hind me’morchiligiga O‘rta Osiyo me’moriy san’atini olib kirishi orqali erishilgan olamshumul natijalar haqida dunyo olimlari to‘lqinlanib yozishgan. «Boburnoma»da muallif Hindiston bog‘lari, mevali daraxtlari va gullari, qushlari va hayvonlarini shunchalik ehtiros bilan va jonli satrlarda tasvirlaydiki, bu tasvir va ta’riflarda Boburning tabiatga, uning go‘zalligiga oshufta muhabbati shundoq ko‘rinib turadi. Ammo Javoharla’l Neru ham ta’kidlab o‘tganidek, u doimo o‘z Vatani – Farg‘onani, uning oqin suvlari-yu, yoqimli shabadasi, rohatbaxsh bog‘larini o‘ylardi. Bobur va boburiylardagi yerli xalqning dini, tili, qadriyatlari, madaniyati, urf-odatlarini hurmat qilish, ularga o‘zlari asrlar davomida shakllangan udumlarga muvofiq yashashga imkon berish, mamlakat hududida istiqomat qiluvchi barcha halqlarning millati, e’tiqodidan qat’i nazar, teng maqomga ega bo‘lishini ta’minlash, xalq uchun o‘z rojalariga qaraganda adolatliroq iqtisodiy sharoit yaratib berish kabi jihatlar erli xalqning manfaatlariga mos kelgan. Vazifalari aniq belgilab qo‘yilgan yagona soliq idoralari tizimining yaratilishi, soliqlarni pul shaklida yig‘ishning joriy etilishi, soliq yig‘imlari miqdorining aniqligi, hisob-kitoblarning puxtaligi soliqchilarning boshboshdoqligiga chek qo‘ygan. Bu tadbirlar soliq yig‘uvchilar soliqlarni o‘g‘irlashiga mone’lik qiladigan tizim yaratishga asos bo‘lib xizmat qilgan. Aholi uchun bu tadbirlarning ahamiyati beqiyos bo‘lgan. Negaki avvallari, ya’ni yurtlarida o‘z rojalari hukmronlik qilgan davrlarda, soliq yig‘uvchilarning tartibsizliklari, soliqni belgilangan miqdordan ko‘p olish, bir qismini o‘g‘irlab qolish holatlari ko‘p yuz berar va bundan xalq qattiq aziyat chekardi. Boburning soliq sohasida boshlagan islohotlarini uning nevarasi Buyuk Akbar (1556-1605) oxiriga yetkazgan. U saltanatning barcha xalqlariga nisbatan bir xil va adolatli soliq siyosatini yaratgan. Akbar amalga oshirgan soliq islohoti natijasida yagona soliq idoralari tizimi hamda soliqlarni to‘g‘ri hisoblash maqsadida bir xil og‘irlik va miqdor o‘lchov tartibi joriy etilgan. U musulmon bo‘lmagan aholi to‘laydigan «juz’ya» solig‘i va jon solig‘ini bekor qilgan. Avval natura shaklida olingan va miqdori hosilning uchdan bir qismiga teng bo‘lgan er solig‘ini pul shaklida yig‘ish tizimiga o‘tkazgan. Negaki endilikda soliq to‘lash uchun dehqon mahsulotini bozorda sotishi shart bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida, Hindistonda tovar-pul munosabatlari keskin rivojlanishiga va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishiga iqtisodiy zamin yaratgan.
XULOSA
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixiy ijtimoiy saboqlar davri hisoblanadi. Bu davrda Amir Temur boshchiligida yagona tug` ostida markazlashgan kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi. Bu davlatni idora etish va boshqarish uchun Amir Temur asosiy qonun-qoidalar to`plami "Tuzuklar"ni yaratdi. "Tuzuklar" islom dini mafkurasiga asoslangan bo`lib, mamlakatni obod etishga xizmat qildi. Xo`jalikni asosi bo`lgan dehqonchilik xunarmandchilik ichki va tashqi savdo kengaydi, fan va madaniyatning ravnaqi uchun ma'lum shart-sharoitlar yaratildi. Amir Temurdan keyin uning o`g`li Shohrux Mirzo va nabirasi Mirzo Ulug`bek davridagi islohotlar iqtisodiyotni barqarorlashuvi va ravnaq topishuviga shart-sharoit yaratdi. Ayniqsa, 1428 yilda Ulug`bek tomonidan o`tkazilgan pul islohoti katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. XV asrdagi iqtisodiy g`oyalar majmuasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning iqtisodiy qarashlari muhim o`rin tutadi. Alisher Navoiy dastlabki iqtisodiy qarashlari "Hiloliya" (1469) asarida o`z aksini topgan. So`ngra keyinroq "Vaqfiya" (1482) asarida ham boylikning to`planishi va taqsimlanishidagi adolatlilik va haqgo`ylik jamiyatning farovonligiga bevosita ta'siri ayniqsa ijtimoiy manfaatlarning ustunvorligi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosi ekanligi alohida ta'kidlangan. "Mahbub-ul qulub" asarida esa ijtimoiy tabaqalarga tavsif berilgan. Har bir kasb hunarning jamiyat ijtimoiy tuzilishidagi o`rniga baho berilgan. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalarning negizini islom ta'limotidagi mezonlar tashkil etadi

Download 73.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling