REJA:
KIRISH
1. O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY SIYOSATNING ASOSIY
YO’NALISHLARI.
2. O’ZBEKISTONDA AHOLI PUL DAROMADLARINING TARKIBI
VA UNING O’ZGARISHI.
3.
ISH HAQI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Daromad
aholi turmush farovonligini
ta'minlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning miqdori aholining iste'mol qobiliyatini
belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan olganda, daromadlarning turlari va shakllanishi har
bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy.
Ma'lumki, har bitta oilaning daromadi a'zolarning ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan
keladigan, davlat tomonidan beriladigan nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul
tushumlarini, mulkdan, qimmatli qog‘ozlar savdosidan tushadigan foiz, dividend, renta va
boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo‘li
bilan muayyan
markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o‘rtasida byudjet
orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni
qayta taqsimlashda ijtimoiy
to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan,
fermerlarga narxlami
kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Mamlakatimiz aholisi pul daromadlarining oshib borishi o‘z navbatida ular turmush
sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin yaratadi.