Fakulteti "iqtisodiyot nazariyasi" fanidan mustaqil ish


Mavzuning maqsadi va vazifalari


Download 219.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana13.04.2023
Hajmi219.73 Kb.
#1351785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiyoti nazarsiya (2)

Mavzuning maqsadi va vazifalari. Hozirgi zamonda aholini daromadlari oshirish
davlatimizning asosiy maqsadi va fazifasidir. Shu sababli oxirgi yillarda bu natijalarni
oshirish uchun davlatimiz ko’p harakat qilyapti va bunga erishyapti. Aholi daromadlari
oshishi aholining xarid quvvatini oshiradi va iqtisodiyotizmizda bu o’zining ijobiy
tomonlari ko’rsatadi. Bu ishlarni bajarish uchun ko’proq davlat tomonidan shart va
sharoitlar yaratilishi kerak va zarur. Aholi orasida tadbirkorlik rivojlantirish bu yo’nalishda
ancha salmog’li buladi. Buning uchun banklar tomonidan beriladigan kridetlar foizni
pasaytirish va to‘lash muddatini uzaytirish kerak.
Mavzuning obyekti sifatida O’zbekiston moliya vazirligi tanlab olindi. 
Tadqiqot pretmeti aholini turmush darajasi yaxshilash va ish haqidani oshirish.
Ishning tarkibiy tuzulishi kirish, uchta mavzu, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan iborat.
3


1. O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY SIYOSATNING
ASOSIY YO’NALISHLARI.
O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab
berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo
hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda,
bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari
yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni
isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston
Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida “Harakatlar
strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi”
mavzuidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu
muddao mujassamdir.
Biz nimalarni maqsad qildik? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda
hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini
dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-
sanoat palatasi hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya
qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni
rejalashtirayapmiz.
Mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan
ishtirokchilar taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish,
o‘zaro fikr almashish uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-
shubhasiz, O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el
tajribasini o‘rganish asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga
tayyorligini ham namoyish qiladi. Shuni alohida aytish kerakki, mazkur g‘oya Xalqaro
mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Umumevropa kasaba
uyushmalari mintaqaviy kengashi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti kabi nufuzli xalqaro
tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Va uning ishida ushbu tashkilotlar
mutasaddilari, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiyot hamda huquq sohasidagi milliy
va chet ellik ekspertlar qatnashishi kutilayotir.
Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash
sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat
sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq
tasavvurga ega bo‘lishi uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirishi ham
ko‘zda tutilgan. Qolaversa, anjumanda yalpi majlislardan tashqari,
aholining real daromadi
va bandligini izchil amalga oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va
sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-
qizlarning
4


ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholi yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi
arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni
ro‘yobga chiqarish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari hamda yoshlarga oid
davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha munozaralar ham
rejalashtirilgan.
Dasturda, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar faoliyati Byurosi
(ACTRAV) shafeligida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari yetakchilari
uchrashuvi ham o‘tkaziladi. Keling, shu o‘rinda uchinchi ming yillikka kelib global
dunyoda kasaba uyushmalarining oddiy insonlar hayotidagi o‘rni, uning maqsad hamda
vazifalari aynan nimalarda ustuvor darajada namoyon bo‘layotganiga e’tibor qarataylik.
Eng avvalo, bu - to‘liq va mahsuldor bandlikni ta’minlash, mehnatga munosib haq
to‘lanishiga, ijtimoiy himoya va muloqotga erishish, qashshoqlikni yo‘qotish, inson
huquqlari hamda kasaba uyushmalari erkinligini kafolatlash, mehnat munosabatlaridagi har
qanday kamsitishlarni bartaraf etish, ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash, bolalar
mehnati hamda majburiy mehnatga butunlay chek qo‘yishga erishish, atrof-muhitni
himoyalash kabi vazifalardan iboratdir. Afsuski, bugun global mehnat bozori bu
maqsadlarga erishishda yangidan-yangi to‘siqlarga uchramoqda va ta’bir joiz bo‘lsa, ular
ijtimoiy mehnat sohasining zamonaviy qurilmasi poydevorini nuratmoqda.
Eng asosiy muammolar nimalarda ko‘rinadi? Birinchi muammo norasmiy bandlik
o‘sishi, norasmiy sektorning rivojlanishi va kengayishi bo‘lib, u soliq to‘lovlaridan
tushadigan daromadlar kamayishiga, rasmiy sektordagi raqobatdoshlik pasayishiga, eng
yomoni, ijtimoiy dasturlarning qisqartirilishi va yetarlicha moliyalashtirilmasligiga olib
kelmoqda.
Ikkinchi muammo masofaviy va ijara tariqasidagi mehnat, autsorsing hamda
autstaffing kabi mehnat mohiyatini tubdan yangilovchi formatning paydo bo‘lishi bilan
bog‘liq. Bu esa o‘z-o‘zidan, mehnat munosabatlari sohasining shakl-shamoyilini keskin
o‘zgartirib, ijtimoiy himoyani juda past darajaga olib keluvchi nostandart bandlik
shakllarida namoyon bo‘lmoqda.
Uchinchi global muammo raqamli texnologiyalarning ijtimoiy hayotda tobora faol
qo‘llanilayotganiga borib taqaladi.
E’tibor bering, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining tezkor rivojlanishi hisobiga yaqin 25 yilda sayyoramiz miqyosida ish
joylarining 47 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga
ko‘ra, yaqin 15 yildan so‘ng, deylik, buxgalteriya, sog‘liqni saqlash, advokatura, oliy
ta’lim va xalq ta’limi sohalaridagi mavjud mansabdor xizmatchilar o‘rinlariga deyarli
ehtiyoj qolmaydi... Demakki, bugungi dolg‘ali zamon bizning
oldimizga asosi bundan 100 yil
avval yaratilgan ijtimoiy himoyaning klassik tizimlarini qayta shakllantirishni taqozo etayotir.
Xalqaro miqyosda ijtimoiy himoya eng kam darajasining tan olingan 9 turi mavjud
bo‘lib, bular tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi
5


natijasida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi,
boquvchisini yo‘qotishi munosabati bilan beriladigan nafaqa, kasallik bo‘yicha nafaqa,
qarilik pensiyasi, oilaviy nafaqa, nogironlik bo‘yicha nafaqalarni o‘z ichiga oladi. E’tiborli
jihati shundaki, ushbu xizmatlarning 5 turi to‘liq, 2 turi esa qisman ijtimoiy sug‘urta tizimi
bilan qamrab olingan xodimning hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq afsuski, bugungi kunga
kelib, ijtimoiy sug‘urtalangan xodimlar soni borgan sari kamayib ketayapti.
Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55
foizi ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy ta’minotdan
foydalanish imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini
oladi. Bu esa ko‘plab davlatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya
ta’minoti yetarlicha rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir og‘ir muammo — taraqqiy
topgan yigirma birinchi asrda ham, afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan
huquqi dunyoning ko‘pgina mintaqalarida hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa,
aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum bo‘lgan qishloq joylariga taalluqlidir.
Demak, bu borada muhokama qilinishi lozim bo‘lgan mavzular yetarli.
Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda bo‘lmagan — xususiy
beg‘araz yordamni eng kam darajadagi ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish
haqidagi chaqiriq bilan murojaat qildi. Va, bu bilan, u o‘z tajribasida jismoniy shaxs
korxona va jamg‘armalarning beg‘araz yordamlaridan ijtimoiy himoya maqsadida
foydalanish mumkinligini e’tirof etdi. O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan,
ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat
tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi. 
Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan
tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida
ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha
mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda,
qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha
dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni
o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017 yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni
3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi.
2017 — 2020 yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turarjoy qurilishi bo‘yicha
dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Toshkent shahri, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda ko‘p qavatli uylarda 50
mingga yaqin arzon kvartiralar barpo qilinadi. Xususan, 2017 yilda xuddi shunday ko‘p
kvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan uylar qurilib, aholiga
topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy
6


foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlar ko‘lamini ko‘rsatadi, albatta. Biroq aholi
farovonligini ta’minlash faqat uy-joy masalasi bilan bog‘liq, desak, noto‘g‘ri bo‘ladi.
Negaki, uzoq yillar davomida aynan ijtimoiy sohada o‘nlab muammolar yig‘ilib keldiki,
oqibatda u odamlar normal hayot kechirishlariga monelik qildi. 
Bugungi kunda, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini
kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb masalalardan biri
bo‘lib turibdi. Ayni paytda maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod
tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib
borilayapti. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo,
Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo‘shimcha toza
ichimlik suvi bilan ta’minlab, mamlakat bo‘yicha aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan
talabini qondirish ko‘rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko‘tarish imkonini beradi. Bu
vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish
vazirligi tashkil etildi va Moliya vazirligi huzurida “Sof ichimlik suvi” jamg‘armasi
faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir masala - yo‘llar muammosini
olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy
ahamiyatga ega yo‘l hamda yo‘l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida
1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish,
10,4 ming kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shahar, tuman markazlari, shahar
tipidagi qo‘rg‘onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalar yo‘l qoplamalarini kapital va joriy
ta’mirlash ishlari ro‘yobga chiqarilayapti.
Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi asosida yaqin vaqt
ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi. Bu esa yo‘lovchilar uchun
qo‘shimcha qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini ta’minlashda ayni muddaodir. Qolaversa, 3
mingga yangi zamonaviy avtobuslar, 5,7 ming mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan
ortiq yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi. 
Havo va temir yo‘llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Toshkent
xalqaro aeroportining yangi terminali yaratilishi bilan bir qatorda, temir yo‘l liniyalari
qurilishi va elektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari “bizning eng oliy
maqsadimiz odamlarimizni rozi qilish” deya takror va takror ta’kidlab kelmoqda. Xalqona
va samimiy aytilgan bu so‘z aslida mamlakat ijtimoiy siyosatini belgilab beradi. O‘zingiz
o‘ylab ko‘ring, o‘tgan bir yildan ziyod vaqt ichida yurtimizda qanday olamshumul
voqealar yuz berdi. Tarixiy o‘zgarishlar sharofati bilan davlat xalqqa yaqinlashdi, u endi
xalq uchun ishlay boshladi. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati
bugun nainki xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat e’tirofiga ham sabab bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sektorning shu kabi boshqa
sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, xalqimiz dilidagi orzu-istaklar
ro‘yobiga xizmat qilayotir. Yurtimizda Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi,
aytish mumkinki, milliy davlatchiligimiz tarixida tub burilish yasadi. Zotan, bu yo‘l bilan
7


xalqimiz o‘z kelajagi poydevori yanada mustahkam bo‘lishini ta’minladi. Oliy va o‘rta
ta’lim tizimi ham isloh etilmoqdaki, bu rivojlangan dunyo davlatlari bilan bo‘ylashish,
dunyo sahnasida munosib o‘ringa ega bo‘lishimizga zamin yaratadi
.
Albatta, bunday yangilanishlar bugun barcha sohada yuz ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Kasaba
uyushmalari Federatsiyasi ham o‘z faoliyatini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va
texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili Davlat dasturi doirasida tashkil etib, aholi farovonligi
yo‘lida izchil ishlarni olib borayapti.
Bu borada dunyo tajribasi ham muhim ahamiyatga ega. Binobarin, Davlat dasturiga binoan,
milliy mentalitetimizga mos keluvchi ilg‘or xorijiy tajribalarni qonunchiligimizda mustahkamlab
qo‘yish va aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromad darajasini aniqlash,
“iste’mol savati” tushunchasini hayotimizga amaliy qo‘llash mexanizmlarini yaratish lozim
bo‘ladi.
Shuningdek, dasturga ko‘ra, aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pensiya va
ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich ko‘tarish, ichki bozorda iste’mol tovarlari va xizmatlar
narxlari keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.
Mehnat bozorida talab mavjud bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ayni
vaqtda ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga kengroq jalb etish
ham muhim vazifalar sirasiga kiradi. Shularga mushtarak ravishda kasaba uyushmalarining
ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalari Kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturiy hujjatlarida
belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, kasaba uyushmalarining mehnatkashlar uchun ijtimoiy kafolatlar
va ijtimoiy himoya sohasidagi faoliyati mana bularga yo‘naltirilmoqda.
Zaif qatlamlarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni
amalga oshirishga ko‘maklashish, yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar,
imkoniyati cheklangan bolalar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, ish beruvchilar
bilan hamkorlik qilish, bandlikning noan’anaviy shakllarida mashg‘ul kishilar (norasmiy sektorda
mashg‘ul, vaqtincha va mavsumiy xodimlar va boshqalar) hamda ularning oila a’zolari ijtimoiy
himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, pensionerlar,
nogironligi bo‘lgan shaxslar, balog‘atga yetmaganlar, yolg‘iz keksalar va yuqori darajadagi
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalarini ijtimoiy himoyalash,
“Korporativ ijtimoiy mas’uliyat” hamda “Ijtimoiy mas’ul korxona” konsepsiyasini ishlab chiqish
va uni keng qo‘llash shular jumlasiga kiradi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish jarayonida kam
ta’minlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini jamoa
shartnomalari va kelishuvlari orqali moddiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi.
1
Ijtimoiy to’lovlar - kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga
qaratilgan tadbirlar tizimi bolib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq
bo’lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlaming maqsadi jamiyatdagi munosabatlami
insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlari
1
https://fayllar.org
8


narxlarining o‘sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal
daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi aholi kambag‘al
qatlamini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu
ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni
qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o‘z
ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlami qondirishni ko‘zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qismini
aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-
mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga
va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan
siyosatdir.
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo‘nalishlarda
amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishlar I. A. Karimovning «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlami
chuqurlashtirish yo‘lida» kitobida to‘liq bayon qilib berilgan.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish - bu
narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan
daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.
Bunda respublikaning o‘ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini
o‘zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg‘arma banklardagi aholi
omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o‘zida qayta ko‘rib chiqish yo‘li
bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o‘zgartirishda joriy etilgan yangi yagona tarif
setkasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu barcha toifadagi xodimlaming mehnat haqi
miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro
bog‘lash imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya
qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini
muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini
bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik
zarur tovarlami me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga
ega bo‘ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda
sotishdan voz kechish erkin narxlarga o‘tish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy islohotlaming ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi
yo‘nalishi - aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash ya qo‘llab-
quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘rialishda aholining
ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari pensionyerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam
9


daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad
oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy
qo’lab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish - ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga,
ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga
asoslanib, ijtimoiy ko‘maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash
manbalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadli
va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam
ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo‘llanilib, shu maqsad uchun
davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda
jamg‘armalaming mablag’laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan
bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar
faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablag’lari, korxona
va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolaming ixtiyoriy o‘tkazgan mablagiari
hisobidan maxsus jamg‘armalar hosil qilindi.
2
2
B.Y. Xodiyev, Sh.Sh. Shodmonov. Iqtisodiyot nazariyasi. (Darslik). - Т.: «Barkamol fayz media», 2017, 674-678 
betlar.
10



Download 219.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling